Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

 
 


23 
2.5. Samarqand naqqqoshlik maktabi tarixi.
Samarqand naqshlari
Toshkent, Farg’ona naqshlariga o’xshab ketadi. 
Samarqand naqshlari o’ta guldorligi barg va gullarining badiiy xarakatchanligi, 
jonliligi bilan farq qiladi. Unda murakkab girixlar, Farg’ona naqshlariga 
o’simliksimon naqshlari bilan aniq bir ritmik takrorlanuvchan naqshlar 
kompozisiyasi bilan Toshkent naqshlariga o’xshash. Avval zangori rang gammasida 
ko’p naqsh bajarilgan bo’lsa. Hozir esa yashil rang gammasida ko’proq naqshlar 
bajariladi. Samarqand naqqoshlik maktabini yaratishda Usta Raxmonxol, usta 
Jamoliddin (Mirjamol), usta Maxmud, usta Abdujabbor, usta Abduzoxid, usta 
Sharif, usta Aminjon, usta Baqo keyinchalik usta Jalol va Bolta Jalilovlar kabi 
naqqoshlar asos soldilar va bebaho xissalarini qo’shdilar.
Samarqand. Sherdor mdrasasi va naqshli koshinlari. 
Muxammad Murod Samarqandiy
1616 yilda Buxoroda bo`lgan. U Sa'diyning 
”Bo’ston” asariga miniatyura chizgan. So`ng bu asar Juybor shayxlaridan 
Abduraxim Xo`jaga tuxfa qilingan. O`rta asr o`zbek miniatyura san'atining yana bir 
ko`zga ko`ringan taniqli musavviri Muxammad Murod Samarqandiy o`zining g’oyat 
kuchli tasviriy qobilyati, asarlarni jonli, ifodali realligi bilan ajralib turadi. 


24 
Shoxi-Zinda majmuasidagi me’moriy naqsh bezaklar 
Farg’ona va Toshkent naqsh maktablarida Xiva naqsh maktabiga nisbatan 
umumiylik ko’proq shakllangan. Shuning uchun ham Farg’ona maktabini Xiva 
maktabiga oid ma’lumotlar bilan boyitish muhim ta’limiy va tarbiyaviy samara 
beradi. Zero bu muayyan darajadagi murakkabliklar zamirida ta’lim mazmunini 
boyitadi. Amaliy san’at tarixini tahlili shuni ko’rsatadiki, O’zbekistonda badiiy 
naqqoshlikka nisbatan ganch o’ymakorligida integrasion jarayonlar XX asrning 20 
— 40 yillarida qo’llanila boshlangan. Bunga O’zbekistan san’ati va madaniyati 
tarixidan ko’plab misollar keltirish mumkin. Misol uchun, 1943 yilda qurilgan 
Alisher Navoiy nomidagi opera va balet Katta teatrida naqqoshlik, ganch va yog’och 
o’ymakorligining o’ziga xos tomonlari o’zining bor tarovati bilan ko’rsatilgan 
bo’lsada, ustalarning ijodiy hamkorligi umumiylikka ham keng yo’l ochib berdi. Shu 
muhitda ijodiy mehnat qilganlar davrasida Xiva naqqoshlik maktabining yorqin 
vakillaridan biri Abdulla Boltayev ham o’z o’rniga ega bo’lgan xalq ustasi sifatida 
e’tirof etiladi. A.Boltayev 1943 yilda bu ulkan san’at koshonasining qurilishiga 
taklif qilingan O.Polvonov, Usta Shirin Murodov kabi xalq ustalari, Shchusevdek 
dunyoga dong’i ketgan me’mor san’atkorlar bilan ijodiy hamkorlik qildi. Teatrning 
"Xiva" zaliga kirarkansiz, Abdulla Boltayev ishlagan sirli naqshlarni, eshiklarga 
o’yilgan anvoyi gullarni ko’rib ustaning hunariga, san’atiga taxsinlar aytasiz. Bu 
gullar shunday bejirim, rang-barang ishlanganki, ularning biri ikkinchisida sira 
takrorlanmaydi. Xiva naqqoshligiga xos shox poya (tanob, raftar), barg, gul va 
g’unchalariga o’xshash aylanma islimiy naqshlarni Abdulla Boltayev zo’r mahorat 


25 
bilan chizgan. Bu ijodiy ishi va naqqoshlik san’ati soxasidagi samarali xizmatlari 
uchun Abdulla Boltayev 1948 — 1954 yillarda bir qancha Davlat mukofotlariga 
sazovor bo’lgan. A.Boltayevning badiiy-ijodiy merosidan oliy va o’rta-maxsus, 
umumiy o’rta ta’lim hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi amaliy 
san’at to’garaklarida foydalanish o’quvchi-yoshlarni badiiy-estetik tarbiyalashni 
metodik jihatdan boyitishga xizmat qiladi. Abdulla Boltayev iste’dodli shoirlar 
she’rlarini ganchlarga singdira olgan va bu uslublarni juda ko’plab shogirdlariga 
o’rgatgan. Ularga "Panj gul", "Gul istimi", "Sham grey", "Olma gul", 'Turuj islim", 
"Nor gul" kabi o’n bir xil gullar naqshini yog’och, marmar, ganchga o’yib, ishlash 
sirlarini o’rgatgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, usta faqat o’zidan oldin 
yaratilgan an’anaviy naqshlarni chizuvchi naqqosh bo’lib qolmasdan, o’z 
fantaziyasiga tayanib yangi-yangi naqshlar yaratganligini, birinchilardan bo’lib 
paxta ramzini naqshga tushirganligi haqidagi ma’lumot ham o’quvchi-yoshlarni, 
ham talabalarni birdek qiziqtirishi tabiiy. Respublikamizda ko’pgina amaliy san’at 
ustalari Abdulla Boltayev ishlagan naqshlardan foydalanganlar, ularning ba’zi bir 
joylarinigina ijodiy rivojlantirishga muvaffaq bo’lganlar. A.Boltayev chizmalari 
asosida ishlangan o’yma bezaklar badiiy kulolchilik buyumlari, mis idishlar 
Moskvadagi Sharq xalqlari san’ati muzeyi, Toshkentdagi O’zbekiston Davlat 
muzeyi, Madaniyat vazirligi badiiy ko’rgazmalar direksiyasi, o’lkashunoslik 
muzeylarida saqlanadi.


26 


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə