Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


Buxoro naqqqoshlik maktabi tarixi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

2.4.Buxoro naqqqoshlik maktabi tarixi. 
Buxoro naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. O‘tmishda Buxoro usta 
va me’morlari qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini 
yo‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda. 
Buxoro naqshlari g‘oyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, quticha, 
sandiq, belanchak, cholg‘u asboblari, uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib turarjoy va 
jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga 
soladi, uni o‘ylantiradi. Bu go‘zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan 
bo‘lib, asrlar davomida rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at rivoji bilan 
bog‘langan holda takomillashib bordi.

 
Buxoro. Labihovuz. Nodir Devonbegi Shatranj. Buxoro.XIX-XX asr boshlari. 
madrasasi.Peshtoq koshini.


22 
Buxoro, “Anor” turarjoy binosi devoridagi naqshning bir qismi. Buxoro G‘ishtlik 
masjidi, naqshning bir qismi, Jomiy masjidi, shift va ustun sharafasidagi naqshning 
bir qismi. Naqsh – arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Qush, hayvon, 
o‘simlik, geometrik va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil 
qilingan bezakdirShatranj doskasi - Buxoro, XIX asr. Egar - Buxoro, XX asr 
boshlari. Ganchkorlik, kandakorlik, kashtado‘zlikda, zardo‘zlik, kulolchilik, 
zargarlik, gilam to‘qish, to‘qimachilik, inkurustatsiya, panjaralar va hokazolarda har 
xil yo‘llar bilan naqshlar ishlanadi. Buxoro usta va me’morlari ikki ming yil 
davomida xalq amaliy san’atining shunday ajoyib namunalarini yaratdi va yaratib 
kelmoqda. Naqqoshlar o’zlarining yuksak badiiy maxorati va nazokati bilan bugungi 
kunda ham kishilarni xayratga solmoqdalar. 
Ana shunday milliy san`atimiz bo’lgan xalq amaliy san`atining bizgacha etib 
kelishi va rivojlanishida Buxoro usta va me’morl
a
r Usta Shirin Murodov, Yusufali 
Musaevlarning hissalari beqiyosdir. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə