Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

 
 


29 
 
Ilovalar 
Yo’l ichida chizilgan haqshlardan namunalar. 
 


30 
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti San’atshunoslik 
kafedrasi Amaliy san’at yo’nalishi 4-kurs 419-guruh talabasi Norqobilova 
Madinaning naqqoshlik fanidan “Naqqoshlik maktablari va ularning tarixi” 
mavzusidagi kurs ishiga
 
Taqriz 
Ota-bobolarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq 
olish bilan bir qatorda ular orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini, tilaklarini 
kuylaganlar. Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini juda chuqur va har taraflama 
o‘rganib, uylarni ajoyib naqshnigorlar bilan boyitganlar. Naqshlangan uyda kishilar 
xotirjam, ruhiy osoyishtalik og‘ushida bo‘lishi, uzoq umr ko‘rishini donishmand 
bobolar asrlar davomida hayotiy tajribalar asosida ilg‘aganlar. Keksa 
ustalarimizning aytishlaricha, qadimda naqqoshlik san’ati shunchalik rivojlangan 
ekanki, ular chizgan yoki bo‘yagan naqshlari orqali bir-birlari bilan unsiz ovozda 
gaplasha olar ekanlar. Rang-barang, o‘simliksimon, geometrik naqshlar, ularning 
o‘zaro joylashishida chuqur mazmun singdirilgan. Tasvirlangan naqshlarda 
ramziylik ustivordir. 
Norqobilova Madinaning naqqoshlik fanidan “Naqqoshlik maktablari va 
ularning tarixi” mavzusidagi kurs ishi rejaga asosan bajarilgan, u II bob, 7
paragrafdan iborat bo’lib, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ilovalardan tashkil 
topgan. Kurs ishining I-bobi
 “
O‘rta Osiyo naqqoshlik san’ati tarixi

deb nomlangan 
bo’lib, unda: Qadimgi O‘rta Osiyoda naqqoshlik san’atining rivojlanishi, O’zbek 
xalqining madaniyat durdonalari, tarixiy yodgorliklarini saqlashda usta 
naqqoshlarning ijodiy faoliyati mazmuni 
 
yoritilgan. Kurs ishining II-bobi 
“Naqqoshlik maktablari va ularning o’tmishi bugungi kundagi ahamiyati“ deb 
nomlangan bo’lib, bobda: O’zbekiston naqqoshlik maktablari va ularning 
shakllanish tarixi shuningdek Farg’ona, Toshkent, Buxoro va Samarqand naqqoshlik 
maktablari tarixi ularning usta naqqoshlari ijodiy faoliyati nazariy va amaliy jihatdan 
yoritib berilgan.
Kurs ishi lotin grafikasida yozilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati mavzuni 
yoritib berishga mos keladi.
Ushbu kurs ishini to’liq yakunlangan deb hisoblab, uni kafedrada himoya qilish 
uchun tavsiya etaman. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə