Kirish bob pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud



Yüklə 75,38 Kb.
səhifə1/8
tarix03.07.2023
ölçüsü75,38 Kb.
#119128
  1   2   3   4   5   6   7   8
71 mavzu


Mundarija:

Kirish……………………………………………………………………3


1 BOB Pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud
Qaror, Farmoyishlar.
1.1.Psixologik xizmatni tashkil etish bo’yicha yangi me’yoriy hujjat......6
1.2. Mutaxassislik yo’riqnomasi……………………………………….20
2 BOB Istiqbol va joriy ish rejalari
2.1. Psixoprofilaktik ishlar……………………………………………..24
2.2. Ta’lim sohasidagi psixologik xizmat me’yoriy hujjatlari………….31
Xulosa………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyot………………………………………………...35

Kirish
Ma’lumki, mamlakatimizda istiqlol yillarida, barcha jabhalarda bo’lgani kabi, ta’lim tizimida ham keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tarbiyalanuvchi, o’quvchi-yoshlar qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, aniq maqsadni ko’zlagan holda ular bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ushbu yo’nalishda oila, mahalla va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish, jamoatchilik e’tiborini o’quv-tarbiya jarayoniga, tarbiyalanuvchi, o’quvchi-yoshlar shaxsini rivojlantirishga jalb etish yo’nalishidagi ishlar kuchaytirilmoqda. Ta’kidlash joizki, yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat ham oxirgi o’rinda emas. Ushbu yo’nalishida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida bir nechta yangiliklar yaratildi.
Amaliy psixologning faoliyati uning huquqlari va burchlari majmuasi bilan boshqarilib turilishi lozim. U quyidagilardan iborat:
- Psixolog o`z faoliyatini O`zbеkiston Rеspublikasi hukumatining xalq ta'limi sohasi bo`yicha qabul qilgan hujjatlariga amal qilgan holda bajarishi shart. Psixolog oliy o`quv yurtining psixologiya sohasini (qisqa kursni) bitirganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo`lishi lozim.
- Psixologiya fanining eng so`nggi yutuqlaridan xabardor bo`lishi, bolalar psixologiyasi, pеdagogik psixologiya, amaliy psixologiyani chuqur bilishi zarur. Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorrеksion ishlarning hozirgi zamon ilmiy yutuqlariga asoslangan mеtodlar bilan qurollanishi, xalq ta'limi tizimida doimo o`z malakasini oshirib borishi kеrak.
- Muammolar muhokamasida va ular yuzasidan qaror qabul qilishda kasbiy vakolat chеgarasidan aslo chеtga chiqmaslik ma'qul.
- Shu sohaning mas'ul mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarga rioya qilgan holda barcha ko`rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarishi shart.
- Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o`quvchi va talaba manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kеlib chiqishi zarur.
- Diagnostik va korrеksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar kеltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kеrak.
- Ma'muriyat, ota-onalar, o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi lozim.
- Bog`chada, maktabda va oliy o`quv yurtida o`tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pеdagogik kеngash, ilmiy kеngash, ma'muriyat (rahbariyat, dirеktor, rеktor)ga ma'lumot bеrish va Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.
- Ma'muriyatga, pеdagogik kеngashga, ilmiy kеngashga o`quvchi va talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur.
- Bolalar, o`quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda baholi qudrat ko`mak bеrishi darkor.
- Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar bеrish, nizoli vaziyat va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar bildiradi.
- Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini yuksak pеdagogik odob bilan tushuntirishi, bеrilayotgan ko`rsatmalarga ularni ishontirishi shart.
- Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilingan holda o`tkaziladigan ishlarni qayd qilish va bеlgilashi lozim.
- O`z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o`z muddatida axborot bеrib borish, qabul qilingan hisobot shakllariga hеch og`ishmasdan rioya qilishi kеrak.
- Bog`cha, maktab, yangi tipdagi o`quv yurti va oliy o`quv yurtlarida maxsus
talablarga javob bеruvchi, jihozlangan psixologik kabinеtni tashkil qilishi maqsadga muvofiq.
- Amaliy psixologlarning sеminarlari va ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok qilishi kеrak.
- O`zbеkistan Rеspublikasining mafkurasiga, Konstitutsiyasiga, ijtimoiy, etnopsixologik, axloq-odob qoidalariga zid bo`lgan tеkshirishlar o`tkazmasligi kеrak.
- Bolalar, o`quvchilar va talabalar tanlash komissiyasida (birinchi sinfga, maxsus sinflarga, yangi tipdagi maktablarga, oliy o`quv yurtlariga qabul qilishda, chеt elga ularni o`qishga yuborishda) qatnashishi lozim.
- Ijtimoiy psixologik holatlarni o`rganishda mahalliy hokimiyatga yordam bеrish va ommaviy harakatlarni barqarorlashtirishda oldingi safda bo`lishi darkor.

1 BOB Pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud Qaror, Farmoyishlar.


1.1.Psixologik xizmatni tashkil etish bo’yicha yangi me’yoriy hujjat
Psixologik xizmatni tashkil etish bo’yicha yangi me’yoriy hujjat, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo’yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 109-sonli qarori (184-modda) ga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi muassasalarida psixologik xizmat to’g’risida”gi Nizom ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010 yil 5 iyuldagi 29, 131-QQ, 17G’QQ -sonli Qo’shma Qarori bilan tasdiqlandi va amaliyotga tatbiq etildi. Nizomda psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatning tashkiliy asoslari belgilandi, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarining psixologik salomatligini muhofaza qilish, pedagogik jamoalarda sog’lom psixologik muhitni ta’minlash hamda mazkur ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan amaliyotchi psixologlarning huquq va vazifalari to’g’risida atroflicha tushunchalar berildi. Umumta’lim maktablarida psixologik xizmat xonasini tashkil etish yuzasidan Yo’riqnoma ishlab chiqildi. Yo’riqnoma asosida har bir tumanda bittadan namunaviy psixologik xizmat xonasi tashkil etildi.
2012 yil 24 apreldagi 130-sonli "O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari to’g’risida"gi yig’ilishning 2-sonli bayoni ijrosini ta’minlash to’g’risida"gi buyruqda bolalarning iqtidorini erta yoshdan aniqlashning samarali metokalarini amaliyotga joriy etish bo’yicha ilmiy laboratoriya tarkibi, o’smir yoshdagi o’quvchilarning shaxs xususiyatlari va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faol ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ilg’or texnologiyalarga asoslangan "O’smir va zamon" pedagogik-psixologik dasturi majmuasi, olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik tashxis komissiyalari to’g’risida nizom, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi ilmiy-metodik kengashi to’g’risida nizom, ta’lim muassasalari amaliyotchi psixologlarining eng yaxshi ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish bo’yicha yo’riqnomalar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari to’g’risida”gi yig’ilishining 2-sonli bayoni ijrosini ta’minlash to’g’risida BUYRUQqa binoan O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibidagi umumiy o’rta ta’lim sifatini ta’minlash va maktab bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlariga to’liq qamrab olishni tashkil etish sho’basining ish rejasiga muvofiq bolalarning iqtidorini erta yoshdan aniqlashning samarali metodikalarini amaliyotga joriy etish maqsadida Respublika tashxis Markazi qoshida psixologiya, defektologiya va kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha tadqiqot olib borayotgan olimlarni jalb etgan holda jamoatchilik asosida ilmiy laboratoriya tashkil etilgan. Ilmiy laboratoriya xodimlariga iqtidorli bolalar rivojlanishining psixologik-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va tajriba - sinovdan o’tkazish; bolalarning iqtidorini erta aniqlash bo’yicha metodikalarni amaliyotga samarali joriy etish bo’yicha o’quvlar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Yüklə 75,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə