Kirish bob pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud


Bajariladigan ishlar mazmuni



Yüklə 75,38 Kb.
səhifə6/8
tarix03.07.2023
ölçüsü75,38 Kb.
#119128
1   2   3   4   5   6   7   8
71 mavzu

Bajariladigan ishlar mazmuni

Muddati

Mas’ul shaxs

1.

O’quvchilarni o’qishga qiziqtirish uchun nimalar qilish kerak.

Yil
davomida

Psixolog

2.

Maktab o’qituvchilarini qiziqtiradigan masalalar bo’yicha maslahat berish.

Yil davomida talabga ko’ra.

Psixolog

3.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining maktabga moslashuviga yordam berish.

Noyabr, dekabr

Psixolog, sinf rahbarlari.

4.

SHaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilarga keng
ko’lamda maslahatlar berish.

Doimiy

Psixolog


Kasb-hunarga yo’naltirish ishlari.
Kasb-hunarga yo’naltirish −o’quvchilarning layoqati, qiziqishi va qobilyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashni tayyorlashga doir tadbirlar ish rejasi.



Bajariladigan ishlar mazmuni

Muddati

Mas’ul shaxs

1.

O’quvchilar bilan kasb tanlashga doir suhbatlar o’tkazish, ularni faoliyat ko’rsatayotgan o’rta maxsus o’quv yurtlari yo’nalishi bilan sinf rahbari va proforientator orqali tanishtirish.

Yil davomida


Psixolog, sinf rahbari,
proforientator.

2.

O’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish,o’zlashtirmovchilikning sababini aniqlash.

Yil davomida, talabga ko’ra.



Psixolog, proforientator.

2.2.Ta’lim sohasidagi psixologik xizmat me’yoriy hujjatlari.


Pedagog-psixolog faoliyatining me’yoriy hujjatlari "O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari to’g’risida"gi yig’ilishning 2-sonli bayoni ijrosini ta’minlash to’g’risida"gi buyruq va psixologik xizmat to’g’risidagi nizomni o’z ichiga oladi.
Psixologik xizmat to’g’risidagi NIZOM O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi 109-sonli “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo’yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 23-son, 184-modda) ga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarda Psixologik xizmat (keyingi o’rinlarda Psixologik xizmat deb ataladi)ning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Amaliyotchi psixologlar maktabda psixologik xizmatning 6 ta (psixologik ma’rifat, psixologik-pedagogik tashxis, psixologik profilaktika, psixologik Korreksiya va rivojlantirish, psixologik maslahat, kasb-hunarga yo’naltirish) yo’nalishi bo’yicha faoliyat olib boradi va ulardan mazkur yo’nalishlar doirasidagi ish hujjatlarining yuritilishi talab etiladi.
Mazkur yo’nalishlar doirasida psixolog tomonidan yuritilgan har bir hujjat, birinchidan, psixologning o’zi uchun o’quvchi shaxsining barcha jihatlari, uning oilaviy muhiti, atrofdagilarning ta’siri, xatti-harakati hamda xulq-atvoridagi o’zgarishlar, buzilishlar va boshqalar xususida to’plangan ma’lumotlar tizimining yaratilishiga, ushbu ma’lumotlarni birini ikkinchisi bilan taqqoslashdan olingan xulosalarning to’planib borishiga imkoniyat yaratadi.
Ikkinchidan, ish hujjatlarining mavjudligi psixolog faoliyatining bosqichma-bosqich, tizimli ravishda borishini va yuqori natijalar olishga erishilishini ta’minlaydi.
Rasmiy va me’yoriy hujjatlar:
-O’zbekiston Respublikasining ta’limga, voyaga yetmaganlar huquqlarini muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari, Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmon va farmoyishlari.
-O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi muassasalarida psixologik xizmat to’g’risida Nizom.
-O’zbekiston Respublikasida o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi.
-Me’yoriy hujjatlar to’plami (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, bayonnomalar).
-«Maktab va hayot» jurnalining to’plamlari.
-Hisobotlar.
Shuningdek, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish daftari yuritiladi.


Yüklə 75,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə