Kirish bob pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud


Xulosa Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo`nalishi: dolzarb va kelajak yo`nalishlari mavjud. Dolzarb yo`nalish



Yüklə 75,38 Kb.
səhifə7/8
tarix03.07.2023
ölçüsü75,38 Kb.
#119128
1   2   3   4   5   6   7   8
71 mavzu

Xulosa

Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo`nalishi: dolzarb va kelajak yo`nalishlari mavjud.


Dolzarb yo`nalish o`quvchilar ta'lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog`liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Kelajak yo`nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o`quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g`oyani olib kiradi. Ikki yo`nalish ham bir-biri bilan bog`liq.
Kollejlardagi va akademik litseylardagi psixologik xizmat o`rta maxsus ta'limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o`quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta'minlaganligini psixologik xizmat to`g`ri tashkil etilgan deyish mumkin.
Psixologik xizmatni uch nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin: ilmiy nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazar. Ilmiy nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazarlarning birligi psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.
Ilmiy nuqtai nazar – psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo`nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o`tkazishdan iborat.
Tashviqot nuqtai nazari xalq ta'limi xodimlarining psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi. Bu yo`nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo`lib pedagoglar, metodistlar va didaktlar maydonga chiqadi.
Amaliy nuqtai nazarni maktab psixologlari amalga oshiradilar. Ularning vazifasi bolalarning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlash, o`quvchilarning o`qish faoliyatini osonlashtirish, o`quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o`quvchilarning qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, rivojlantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi "tarbiyasi qiyin" bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.
Psixologik tashviqot ishlari teleko`rsatuv va radioda chiqish, yakkama-yakka maslahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan iboratdir.
Psixologik xizmatning uchala vazifasi o`zaro chambarchas bog`liq, ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq.


Yüklə 75,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə