Kirish bob pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud


Olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik tashxis komissiyalari to’g’risidagi nizom



Yüklə 75,38 Kb.
səhifə3/8
tarix03.07.2023
ölçüsü75,38 Kb.
#119128
1   2   3   4   5   6   7   8
71 mavzu

Olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik tashxis komissiyalari to’g’risidagi nizomga ko’ra Olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik tashxis komissiyasi (keyingi matnda Tashxis komissiyasi) O’zbekistonRespublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 mayda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203-sonli qarori, “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazlari to’g’risida”gi hamda mazkur Nizom asosida tuman, shahar hududida aqliy va jismoniy sog’lom bo’lgan olti yoshli bolalarni maktabda o’qishga saralab olish maqsadida tashkil etiladi.Tashxis komissiyalari har bir tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi(XTMFMTvaTEB) qoshida hamda umumta’lim maktablarida tuziladi. Tashxis komissiyasining tarkibi tuman (shahar) XTMFMTvaTEB tavsiyasiga asosan ta’lim muassasalari: psixolog, logoped, shifokor va boshlang’ich sinf o’qituvchisi mutaxassislardan iborat bo’lib, tegishli(viloyat) xalq ta’limi boshqarmasi buyrug’i bilan tasdiqlanadi.Tashxis komissiyasi o’z faoliyatini mazkur Nizom talablari, XTMFMT va TEB mudiri tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiradi.
Tashxis komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
­Tibbiy ko’rik xulosalariga muvofiq jismoniy va aqliy jihatdan mutloq sog’lom deb topilgan olti yoshli bolalarni maktabda ta’lim olishga ijtimoiy-psixologik va ma’naviy- ahloqiy jihatdan tayyorgarlik darajasini o’rganish.
­Joriy yilning 1 sentyabrgacha bo’lgan davrda olti yoshga to’ladigan, psixologik-pedagogik tashxis xulosasiga ko’ra maktabga tayyor deb topilgan bolalarga umumta’lim maktablarining 1-sinfiga o’qishga tavsiya berish.
­Tashxis natijalari asosida maktabda o’qishga tayyor emas deb topilgan olti yoshli bolalarning ota-onalariga ularni maktabga tayyorlash masalasida maslahat hamda korreksion-rivojlantiruvchi guruhlarida shug’ullanish yuzasidan tavsiyalar berish.
­Tuman (shahar) hududidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydigan va qatnamaydigan olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini maxsus psixologik tashxis metodikasi yordamida o’rganish.
­Tashxis komissiyasi ish yakuni bo’yicha hisobotni XTMFMT va TEB hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmalariga taqdim etish.
Psixolog olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini psixologik tashxis metodikalari asosida o’rganadi. Barcha mezonlar bo’yicha talablarga javob bergan bolalarga maktabda o’qishga tavsiya beradi. Maktabga tavsiya etilmagan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida yoki uy sharoitida maktabga tayyorlash xususida ota-onalarga maslahatlar beradi. Logoped bolaning tovush talaffuzi, fonematik eshituvi va grammatik qurilishini shakllanganlik holatini o’rganadi, bolaning og’zaki nutqini rivojlanish darajasini aniqlaydi, nutqning tempi, ravonligi va aniqlik holatini tekshiradi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi ilmiy-metodik kengashi to’g’risidagi nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi ilmiy-metodik Kengashi (kelgusida Kengash) O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazining kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis tizimining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va kollegial ko’rib chiqish, barcha bosqichdagi hududiy o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhlari, ta’lim muassasalari kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik xizmatining o’sib kelayotgan yosh avlodni kasb-hunar tanlash, kasbiy o’zligini anglashi va kasbiy tanlov bo’yicha mustaqil qaror qabul qilishi sohasidagi faoliyatlarining samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etiladigan maslahat Kengashi hisoblanadi. Kengash o’z ish faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonuniy aktlari, Xalq ta’limi vazirligi hamda O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazining me’yoriy va huquqiy hujjatlari hamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi. Kengash qarorlari tavsiya xarakteriga ega. Kengashning hududiy o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhlari, ta’lim muassasalarining kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik xizmati amaliyotiga tatbiq etilishi lozim bo’lgan tavsiyalari o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi direktorining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Ilmiy-metodik Kengashning vazifalari va ish mazmuni: Ilmiy-metodik Kengashning maqsadi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimida kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik xizmatni rivojlantirish bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik ishlanmalarni ekspertizadan o’tkazishdan iborat.
Ilmiy-metodik Kengashning vazifalari quyidagilarni tashkil etadi: kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining yetarlicha ishlab chiqilmagan jihatlarini aniqlash va tegishli ma’lumotlar bankini shakllantirish maqsadida barcha bosqichdagi kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari, ta’lim muassasalarining kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik xizmatini ilmiy-metodik, dasturiy, axborot ta’minotini tahlil qiladi; yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik xizmat sohasidagi huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik ishlanmalarni ekspertizadan o’tkazadi hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining o’quv-metodik, multimediya o’quv vositalari va shunga o’xshash tarqatma materiallarni ekspertizadan o’tkazish va ulardan ta’lim muassasalarida foydalanishni muvofiqlashtirish guruhiga taqdim etadi; kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxisning ilmiy-metodik, dasturiy va axborot ta’minoti bo’yicha ishlanmalarni rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi; kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis muammolarining turli jihatlari bo’yicha Respublika va hududiy o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhlari xodimlari, boshqa taalluqli tashkilot, muassasa va ta’lim muassasasi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ilmiy-metodik va didaktik ishlanmalarning qo’lyozmalarini ko’rib chiqadi va nashrga tavsiya etadi; ilmiy-metodik Kengashning yillik ish rejalarini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ilmiy-metodik Kengash ishini tashkil etish. Kengash tarkibi Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazining rahbar va mutaxassislari, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi, boshqa taalluqli vazirlik, idora, jamoat tashkilotlari, assotsiatsiyalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining vakillari, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar o’quv yurtlari rahbarlaridan tashkil topadi;

Yüklə 75,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə