Kirish bob pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud



Yüklə 75,38 Kb.
səhifə2/8
tarix03.07.2023
ölçüsü75,38 Kb.
#119128
1   2   3   4   5   6   7   8
71 mavzu

O’smir yoshdagi o’quvchilarining shaxs xususiyatlari va individual-psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda faol ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ilg’or texnologiyalarga asoslangan “O’smir va zamon” pedagogik-psixologik dasturi majmuasi. Psixologik xizmat umumiy o’rta maktablari o’quvchilarini kasbiy yo’naltirishda asosiy komponentni tashkil etib, o’quvchilarni shaxsiy qiziqishlarini, iqtidorini hamda jamiyatni kerakli mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda kasb tanlashida yordam beruvchi psixologik-pedagogik va tibbiy tadbirlardandir. Kasbga yo’naltirishning maqsadlaridan biri o’quvchilarni va maktab bitiruvchilarini ongli va mustaqil ravishda aniq kasbni tanlashiga va ta’lim muassasalariga (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) o’qishga yo’naltirishga tayyorlashdan iboratdir. Qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqib kasbga yo’naltirishning quyidagi asosiy yo’nalishlarini aniqlash mumkin:
Kasbiy bilim- o’quvchilarga har xil kasblar, mutaxassisliklar, mansablar haqida ma’lumot berish; ta’lim turlari va kerakli tanlangan kasb va mutaxassislikni qaysi o’quv yurtida olish mumkin; bundan tashqari kasblarni insonning jismoniy, ruhiy va shaxsiy sifatlariga talabini hisobga olgan holda tanlash.
Kasbiy maslahat – o’quvchilarni kasbni va o’quv muassasasini shaxsiy xususiyatlarini va mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda tanlashda yordam ko’rsatish va ma’lumot berish.
Kasbiy tashxis – bilim (o’quv fanlariga, ilmga) va kasbiy qiziqish (kasblarga, mutaxassisliklarga) ni aniqlash va baho berish; o’quvchilarning tanlagan kasbi va kasbiy rejalari sababini bilish.
Kasbiy tarbiya – bolalar va o’smirlarda umumkasbiy o’quv ko’nikmalarini hamda kasbga nisbatan qiziqishini, mehnatsevarlikni, mas’uliyatni, ishchanlikni rivojlantirish va shakllantirish.
“O’smir va zamon” pedagogik-psixologik dasturi majmuasi” ning maqsad va vazifalari: Maqsad – o’quvchilarga ongli kasb-hunar tanlashlarida yordam berish. Vazifalari:
- yaqin va uzoq maqsadlarni aniqlashni o’rgatish;
- kasbiy maqsadlarga erishishda o’zining tayyorgarligini anglashi uchun yordam berish;
- tanlagan kasblar bo’yicha o’zining imkoniyatlarini va kasbga berilgan talablarni taqqoslashga yordam berish;
- kasbiy maqsadlarga erishish yo’llarida qiyinchiliklarni anglash va ularni bartaraf etish yo’llarini o’rgatish;
- o’z-o’zini rivojlantirish yo’llarini topishga yordam berish;
Mazkur dastur quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
• Kasbni ongli ravishda tanlash tamoyili;
•Tanlagan kasbning odamning qiziqishlariga, layoqatlariga, qobiliyatiga va jamiyatning ehtiyojlariga mosligi tamoyili;
• Faollik tamoyili – insonning o’zi kasbni tanlaydi;
• Rivojlanish tamoyili – kasb insoning kamolotiga imkon berishi kerak.
Bunda psixologning vazifasi quyidagilardan iborat:
- psixologik-pedagogik maslahat olib boradi;
- o’quvchilarning kasbiy qiziqishlari va layoqatlarini o’rganadi;
-o’quvchilarning kasbiy qiziqishlarini psixologik tashxis metodikalari yordamida o’rganadi va monitoringini olib boradi;
- o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha trening mashg’ulotlarini o’tkazadi;
- o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda psixologik maslahat ishlarini olib boradi;
- o’quvchilarda o’zining imkoniyatlarini xolisona baholash malakalarini shakllantiradi;
- sinf rahbarlariga o’quvchilarning qiziqishlari va layoqatlarini baholashda va tahliil etishda yordam beradi.

Yüklə 75,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə