10
Ma`lumki, O’rta Osiyoga islom dinini kirib kelishi
bilan joriy etilgan jonli
mavjudot tasvirini ishlashning ma`n qilinishi tasviriy san`atni rangtasvir,
haykaltaroshlik kabi turlarini rivojlanishiga to’sqinlik qilgan, biroq, xalq amaliy
san`ati, xususan naqqoshlik san`ati keng taraqqiy etishiga ham katta turtki bo’lgan.
Binolar, turli idish-tovoqlar,
buyumlar, qurol-aslahalar naqsh bilan bezatildi.
Shaharlar husniga ko’rk bo’lgan qadimiy obidalar, masjidu- madrasalar, xonoqo va
maqbaralar naqsh bilan bezatildi, ganch va yog’och o’ymakorligi keng ko’lamda
qo’llanildi.
Naqqoshlik amaliy sanʼatning qadimiy sohasi naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta
qogʻozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi
(ayniqsa, girih va islimiy kabi murakkab naqshlarda), andoza tayyorlaydi. Amaliy
sanʼat ustalari 2 xil usulda bezak yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan andoza
yordamida hamda naqsh (gul) toʻgʻridan-toʻgʻri
bezash jarayoni-daustalar
tasavvurining mahsuli si-fatida yaratiladi. Naqqoshlikda naqsh, bezakni malakali
naqqosh ustalar chizib beradilar, bunday naqshlarni meʼmorlik, gilamchilik,
kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqa dagi naqsh mujassamotlarida birday uchratish
mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari qunt, uzoq mashq-malaka
talab qiladi. Naqqoshlar oʻtmishda xalq ustalarining eng bilimdon, isteʼdodli qismini
tashkil etgan, ular ustodlarda taʼlim olgan, turli fanlar (adabiyot, musiqa, tarix,
kimyo, matematika)ni yaxshi bilgan. Oʻrta Osiyo hududidagi meʼmoriy yod-
gorliklar,
arxeologik
qazilmalar
naqqoshlikning
bu
yerda
qadimdan
rivojlanganligini koʻrsatadi. Amaliy bezak sanʼati turlari (kulollik, miskarlik,
zargarlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqalar)
hamda
meʼmorlikning taraqqiyoti N.ning ham rivojini taqozo etdi. Qoʻyqirilganqalʼa,
Tuproqqalʼa, Koʻhna Urganch, qad. Termiz, Ayritom, Bolaliktepa, Varaxsha,
Afrosiyob va boshqa joylardan topilgan turli xil uslubdagi naqsh namunalarining
jozibadorligi ajdodlarning yuksak madaniyatidan darak beradi. Naqqoshlik ayniqsa,
oʻrta asrlarda (9—12, 14—15, 18—19-asrlar)da keng tarqaldi. Kitobat sanʼatiaa
qoʻlyozmalarni moʻʼjaz asarlar bilan bezashda naqqoshlik musavvirlik asosiy oʻrin
11
tutadi; meʼmorlikda naqshlarni qoʻllash, ayniqsa, taraqqiy etib, oʻz qonunqoidalari
hamda uslublari, oʻziga xos ranglar uygʻunligiga va mustaqil mujassamotlariga ega
boʻlgan. O’zbek xalqining madaniyat durdonalari, tarixiy yodgorliklarini saqlash va
madaniy merosini to’plashni davlatimiz o’z zimmasiga oldi. Madaniy yodgorliklarni
saqlash jamiyati tuzildi. 1918 yili 5 dekabrda qadimiy arxitektura yodgorliklarini va
san’at asarlarini hisobga olish va saqlash haqida dekret chiqarildi.
Naqqosh ustalar
ham boshqa ustalar qatori machit, madrasa, turar joylarni, saroylarni ta’mirlashni
boshlab yubordilar. 1930-yildan so’ng ko’pgina jamoat uylari, choyxonalar,
madaniyat uylari, saroylarni va boshqa joylarni yog’och
naqsh va ganch bilan
bezatila boshlandi. Naqqoshlik san’atini rivojlantirishda ajoyib xalq ustalari
Farg’onalik Saidmaxmud Norquziyev, Toshkentlik Toxir To’xtaxo’jayev, Olimjon
Qosimjonov, Yoqubjon Raufov. Jalil Xakimov, Xivalik Abdulla Boltayev, S.
Xudoyberganov, X. Raximov, Samarqandlik Jalol va Bolta Jalilovlar, usta
Madaminjon Xusanov va boshqalar hamda ularning shogirdlari
yaratgan asarlar
hozir ham xalqqa xizmat qilyapti. Ular avloddan avlodga meros bo’lib kelayotgan
naqqoshlik san’atiga katta xissa qo’shdilar. Ular o’zbek naqshlarining elementlariga
yangicha elementlar (o’roq va bolta, kabutar, paxta, yulduz va boshqalar) yangicha
g’oyalar kiritdilar. Lekin o’zimizning an’anaviy o’zbek xalqining o’ziga xos milliy
san’atini saqlab qoldilar. Ular zamonaviy binolarga moslab o’zbek milliy naqsh
elementlari bo’lmish nozik majnuntol nixollari, anor bo’togi, guli butalar va boshqa
o’simliklarni tasvirladilar. XX asrning urtalarida naqqoshlik san’ati yanada rivoj
topdi. Devorlarga manzarali monumental tasvirning mashxur ustasi Chingiz
Axmarov Sharq miniatyurasining eng yaxshi namunalaridan hamda O’rta
Osiyo
xalqlarining badiiy merosidan ilhomlanib ajoyib devoriy rasmlar yaratdi. O’zbek
xalqi ikki ming yil davomida xalq amaliy san’atining shunday ajoyib namunalarini
yaratdi va yaratib kelmoqda. Naqqoshlar o’zlarining yuksak badiiy maxorati va
nazokati bilan bugungi kunda ham kishilarni xayratga solmoqdalar.
Ana shunday milliy san`atimiz bo’lgan xalq amaliy san`atining bizgacha etib
kelishi va rivojlanishida mashhur ustalar Usta Shirin Murodov, Yusufali Musaev,
Umrzoq Ahmedov, Ota Polvonovlarning hissalari beqiyosdir.