|
Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va sanII BOB. NAQQOSHLIK MAKTABLARI VA ULARNING O’TMISHIKURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari II BOB. NAQQOSHLIK MAKTABLARI VA ULARNING O’TMISHI
BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI.
2.1.O’zbekiston naqqoshlik maktablari va ularning shakllanish tarixi.
Xiva, Qo‘qon, Buxoro xonliklari davrida xalq amaliy san’ati ustalari shu
shaharlarga yig‘ila boshladilar. XIX asr arxitektura yodgorliklarini kuzatsak, ular bir
xil uslubda yaratilganligini ko‘ramiz. Chunki o‘sha vaqtlari naqqoshlar
ish axtarib boshqa shaharlarga borar edilar yoki buyurtma bo‘yicha boshqa
shaharlarga borib binolarni bezatar edilar. Ko‘pincha Farg‘ona va Buxoro
naqqoshlari Samarqandga, Qo‘qon, Marg‘ilon ustalari Toshkentga kelib ko‘pgina
binolarni bezar edilar. Bu esa naqqoshlik maktablarining yanada rivojlanishiga
o‘ziga xos kompozitsiyalarning yaratilishiga, ranglar majmuasini yanada boyitishda
juda katta rol o‘ynadi. Lekin bu naqshlar bir-biriga o‘xshasada har bir
shahar va har bir ustaning o‘ziga xos rang majmuasi, koloriti, uslubi, kompozitsiyasi
jihatidan farq qiladi. Agar biz XX asr orasida yaratilgan ishlangan naqshlarni
kuzatsak, har bir tuman va viloyatning o‘ziga xos naqqoshlik maktablari
yaratilganligini ko‘ramiz.
SHAYXZODA MAHMUD
– (XV asr oxiri XVI asr) - naqqosh va musavvir.
Behzod, Oqa Miraklardan ta’lim olgan. Avval Sulton Husayn Mirzo saroyida ijod
etgan, keyinchalik (1529-yil Ubaydullaxon Xirotni egallagach) Mir Ali Hiraviy
bilan birga Buxoroga kelgan, Behzod an’analarini davom ettirib samarali ijod etgan
va o‘ziga xos maktab yaratgan. Musavvir Hofiz Sheroziyning «Devon»i,
Abdurahmon Jo-miyning «Tuhfat Ul-afkor» (AQSH, Vashington, Sakkler
galereyasida), «Haft manzar», Nizomiy Ganjaviyning «Mahzan Ul-asror» (Parij
milliy kutubxonasida), Sa’diy Sheroziyning «Bo‘ston» (Fransiya, Gulbekiyan va
Kayr to‘plamida), «Ravzat Ul-muhibbin» (Hindiston, Xaydarobod, Salar Jang
muzeyida) qo‘lyozmalariga miniatyuralar yaratgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|