Sharq falsafasi



Yüklə 88,4 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü88,4 Kb.
#166759
1   2   3   4   5   6
1-mavzu

Bilim shakllari – Inson o‘zini qurshagan olamni anglab etadi, uni har xil usullar yordamida o‘zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiytexnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy (ideal) usul; uning doirasida sub’ekt va ob’ektning bilishga doir munosabatlari ular o‘rtasidagi ko‘p sonli munosabatlarning biridir. O‘z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‘zining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, lekin bir-biriga o‘xshamaydi va har bir-biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Kundalik amaliy bilim. Tabiat haqida, shuningdek, odamlarning o‘zlari,ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam bo‘lsada, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo‘ladi, ma’lumotlar, qoidalar va shu kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U sog‘lom fikr, e’tiqodlar, belgialomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning an’analar, rivoyatlar, o‘gitlar va hokazolarda ifodalangan ko‘rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
O‘yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri hisoblanadi. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta hajmini o‘zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o‘yinlar, sport o‘yinlari, aktyorlarning o‘yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. O‘yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, ularning ma’naviy dunyosi va ma’lum bilimlari, o‘zaro til topish ko‘nikmalari va shu kabilarni shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi. Hozirgi zamonda o‘yin tushunchasidan matematika, iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng foydalanilmoqda.

Yüklə 88,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə