Sharq olimlarining matematika fanini rivojlanishida



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#126680
1   2   3   4   5
102-106

www.pedagoglar.uz 
 
45-son 7–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 103 
Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, tabib ibn 
Xammar va boshqa Sharq mutafakkirlari, qomusiy olimlar xizmat qilishgan.
Musulmon Sharqdagi birinchi akademiya – “Baytul Hikmat”ni yer meridiani 
uzunligi darajasini о‘lchashda qatnashgan mashhur matematik al-Xorazmiy (783-
850) boshqargan. Astrolyabiya (usturlob) qurish haqidagi asar, “Kitob aljabr val 
muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri hamda qator ilmiy risolalar 
– “Hind hisobi haqida risola”, “Quyosh soatlari haqida risola”, “Musiqa haqida 
risola” va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy birinchi bо‘lib 
qator algebraik tenglamalarni yechdi, birinchi bо‘lib sonlar qatoriga yangi “nol” 
sonini kiritdi, bu sonlar nazariyasini kengaytirdi va manfiy sonlarga о‘tish imkonini 
berdi. Shu muvaffaqiyatlari uchun matematikaning yangi bо‘limi al-Xorazmiy 
sharafiga “algebra” deb atalgan. Al-Xorazmiyning mashhur “Kitob al-jabr van-
muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi qо‘yish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor 
matematikaning mustaqil sohasi sifatida qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy 
tushunchasi, uning zaruriy asoslaridan biri “algoritm” etimologik jihatdan al-
Xorazmiyning ismi bilan bog‘liq. Urganchda о‘ziga xos akademiya – “Bilimdonlar 
uyi” tashkil qilingan edi, unda astronomiya, falsafa, matematika, tibbiyot bо‘yicha 
tadqiqotlar о‘tkazilgan. Lekin bu holat Urganchda 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy 
Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi. 
Shunday qilib Sharqda, xususan, О‘rta Osiyoda, ilmiy faoliyatni akademiya 
shaklida tashkil qilish an’anaga aylandi va Urganchdagi akademiyaga о‘xshash 
muassasalar keyingi asrlarda ham yaratilgan (tuzilgan). Samarqandda akademiya 
Mirzo Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan XV asrda tashkil etilgan. 
Akademiya qoshida observatoriya, о‘sha davrning boy kutubxonasi va oliy о‘quv 
yurti – madrasa bо‘lgan. Madrasada diniy fanlar bilan bir qatorda matematika, 
geometriya, astronomiya, tibbiyot, geografiya va boshqa dunyoviy ilmlar о‘qitilgan. 
Ulug‘bekning akademiyasida mashhur olimlar – Qozizoda Rumiy,G‘iyosiddin 
Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, о‘tkaziladigan tadqiqot sohalari ham 
ularning yо‘nalishlariga mos bо‘lgan. Samarqanddagi Ulug‘bek akademiyasi 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə