Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71

     KT da abssess orbitani yuqori qismida joylashadi, asosan suyak devorini yuqori 
va  lateral  sohasida  joylashadi, bunqa  qo’shimcha  ravishda  ko’z  mushagini  yuqori 
va lateral to’g’ri mushagi, ko’z yosh bezi va orbital voronka jarayonga qo’shilgan 
bo’ladi. (1. 71 rasm).   
   
      Yuqori  jag’   bo’shlig’ini  yallig’lanishidan kelib  chiqqan subperiostal  abssess. 
Kattalarda  kam  uchraydi,  bolalarda  ko’proq  uchraydi.  Bunga  sabab  faqatgina 
yuqori  jag’  bo’shlig’idagi  patologik  jarayon  bo’lib  qolmasdan,  balki  odonogen 
yuqori  jag’  bo’shlig’ini  osteomielitik  o’zgarishi  ham  keltirib  chiqarishi  mumkin. 
Abssessni  klinik  nomoyon  bo’lishi  yuqori  jag’ni  empiemasi  bilan  namoyon 
bo’ladi.  Yallig’lanishga  yaqin  sohada  pastki  qovoqni  qizarishi,  shishi  aniqlanadi. 
Gohida  esa  yonoq  sohada,  ko’z  olmasi  konyunktivasini  pastki  qismlarida  xemoz 
rivojlanadi.  KT  da  ko’z  kosasini  ichki  va  medial  devorigacha  infiltrasiya 
aniqlanadi, ko’zning tubigacha tarqalmaydi (1. 72 rasm). 
     
          
 
 
 
 
 
5.5.Ko’z qovog’ining abssessi.
 
     Ko’p  hollarda  ko’z  qovog’ini  abssessiga  peshona  bo’shlig’ini  yiringli 
yallig’lanishi,  kam  hollarda  yuqori  jag’  bo’shlig’ini  yiringli  yallig’lanishi  sabab 
bo’ladi. Pastki qovog’ga nisbatan yuqori qovoq ko’proq zararlanadi. Biz bilamizki 
1.71  rasm.
  Ko’z  kosasini    va  burun  yondosh 
bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya).  Chap 
ko’z  kosasini  subperiostal  abssessi.  Ko’z 
kosasini  yuqori  va  lateral  devorlarida  yal-
lig’lanish  infiltratlari  (qora  strelka),  chap 
peshona boshlig’ini orbital devorini destruksiya 
maydoni (oq strelka), bo’shliq ichida gorizontal 
sath aniqlanadi. (G.Z. Piskunov 2006 y). 
 
1.72  rasm.
  Ko’z  kosasini    va  burun  yondosh  bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya).  O’tkir 
yiringli gaymorit asorati subperiostal abssess. A) chap orbitani pastki va medial devorida infiltarasi-
ya zonasi; b) chap gaymor bo’shlig’ida gorizantal sath aniqlanadi. (G.Z. Piskunov 2006 y).
 


ko’z  kosasi  bilan  tazoorbital  fassiya  mustahkam  birikkan.  Peshona  bo’shlig’i 
nekrozi  hisobiga,  osteomielit  rivojlanadi  va  ko’z  kosasini  qirrasi  bo’ylab  yiring 
harakatlanadi, ko’z kosasiga birikkan fassiya yiringni retrobulbar sohaga kirishga 
yo’l qo’ymaydi. Ko’z kosasini yiqori devorida nu  qson  borligi  hisobiga  yiring 
tazoorbital  fassiya  bo’ylab  harakatlanib  yuqori  qovoqning  yumshoq  to’qimasiz 
teshib chiqadi.  
    Ko’z qovog’ining abssessi tashxis qo’yishga qiyinchilik tug’dirmaydi. Qovoqlar 
shishgan,  giperemiyalangan  va  harakatsiz,  koyuktiva  qizargan,  agar  uzoq  davom 
etgan  jarayon  bo’ladigan  bo’lsa  flyuktuasiya  aniqlanadi.  Ko’z  sihasida  spontan 
og’riq  bo’ladi,  qovoqqa  tegib  ko’rilganda  og’riqli,  gohida  esa  ko’zni  harakatga 
keltirganda og’riqli bo’ladi. Ekzoftalm yo’q, ko’z olmasi harakati to’liq saqlangan.  
KT  da  qovoq  yumshoq to’qimasida havoli  puffakni ko’rish  mumkin  bo’ladi  (teri 
osti emfizemasi) (1. 73 rasm). 
                  
  
 
 
 
 
      
5.6
.
Ko’z qovog’i va ko’z kosasi devori oqmasi.
 
    Yuqori  qovoqlar  va  burun  ildizi  sohasining  oqmalari  frontit  yoki  etmoiditda 
xosil bo’lishi mumkin. Etmoiditda ko’z kosasi ichki devorining oqmasi rivojlanadi. 
Kam  hollarda  gaymoritning  asorati  sifatida  xosil  bo’lgan  pastki  ko’z  qovog’i 
oqmasi xosil bo’lishi kuzatiladi. Surunkali sinusitlardan keyin xosil bo’lgan oqma 
yallig’lanish  jarayonini  burun  yondosh  bo’shlig’idan  ko’z  qovoqlariga 
tarqalishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Birlamchi orbita fistulasida ko’z kosasi 
va  qovoqlarning  yallig’lanishi  kuzatilmaydi.  Ikkilamchi  oqmalar  subperiostal 
abssess  to’liq  rivojlanishi  yoki  yetilishi  natijasida  xosil  bo’lib,  ko’pincha  ko’z 
kosasi yuqori chetining o’rtasida, ba'zan uning tashqi bo’limlarida joylashadi.  
    
1.73  rasm.
  Burun  yondosh  bo’shliqlarini  aksial  (a)  va  koronar  (b)  proeksiyalari.  Ko’z 
qovog’ini abssessi, o’ng qovog’ini katta bo’lmagan havo bilan infiltrasiya aniqlanadi (oq strel-
ka),  peshona  bo’shlig’ining  pastki  devorida  suyak  nuqsoni  aniqlanadi  (qora  strelka),  ikkala 
peshona bo’shlig’i yiring bilan qoplangan. (G.Z. Piskunov 2006 y). 


5.7.Ko’z kosasi flegmonasi. 
   Rinosinusogen  ko’z  asoratlari  ichida  eng  xavflilaridan  biri  hisoblanadi,  ko’z 
kosasi  nozik  to’qimasini  infiltrasiyasi  va  yiringli  yallig’lanishi.  Yiringni  barcha 
kletchatkalarda  tarqoq  joylashishi  flegmonaga  xos,  abssessda  esa  chegaralangan 
yiringli o’choq shakllanadi.  
    Flegmonaga  olib  keladigan  sabablar  turlicha.  Bularning  ichida  eng  asosiysi 
bo’lib  burun yondosh bo’shliqlarini empiemasi hisoblamadi (ko’proq polisinusit). 
Bundan tashqari yuzning saramasi, yiringli jarayonlarni metastazi hamda jarohatlar 
bo’lishi  mumkin.  S.I.  Tal`kovskiy  bolalarda  flegmonani  rivojlanishi  sababi 
gaymorit  va  etmoiditning  asoratlari  deb  hisoblanadi.  Ayrim  adabiyotlarda 
flegmonani kelib chiqishiga yiringli dakriosistitning va panoftal`mitning asoratlari, 
ko’z  qovoqlarida  va  burun  yondosh  bo’shliqlarida  bajarilgan  jarrohlik 
amaliyotlarining asorati keltirib chiqarishga sabab bo’lgan. 
     Jarayonni  rivojlanishi  uchun  bir  nechta  yo’llar  mavjud.  Yallig’lanishni  burun 
yondosh  bo’shliqlaridan  kontakt  yo’li  orqali  tarqalishi  boshling’ich  bosqichda 
periostit  rivojlanadi,  keyinchalik  subperiostal  va  retrobulbar  abssess  va  nihoyat 
flegmona  bo’lib  davom  etadi.  Flegmonani  rivojlanishida  faqatgina  bo’shliqning 
suyak devori emas, balki periorbitani butunligi ham buziladi.  
    Lekin  infeksiya’ni  tarqalishi  uchun  eng  yaxshi  yo’l  bo’lib-  gematogen  yo’l 
hisoblanadi.  Burun  yondosh  bo’shliqlarining  shilliq  qavatlari  venalari  orqali 
infeksiya  ko’z  kosasiga  keng  anastomoz  chigallari  orqali  o’tadi  (vv.palpebralis, 
frontalis,  supraorbitalis,  angularis  v.  fatsilis  bilan  anastomoz  xosil  qilib  v. 
ophtalmica ga quyiladi). Bu venalarda klapan bo’lmaganligi uchun, infeksiya yuz 
venalariga  yoki  g’orsimon  sinusga  o’tib  ketishi  mumkin.  Shundan  so’ng 
retrobulbar  sohada  rivojlangan  tromb  parchalanishga  olib  keladi:  retrobulbar 
sohani atrofida nekroz kletchatkalari rivojlanadi, yiringlaydi va mayda abssesslarni 
rivojlanishiga  sabab  bo’ladi.  Bu  bilan  rivojlangan  fibrozli  ekssudatsiya  esa 
retrobulbar sohada infiltrasiya rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari yiring 
qovoq terisiga va konyunktivaga tarqalishi mumkin. 
      Klinik  namoyon bo’lishi bemorda septik holat  kuzatiladi: tana harorati  yuqori 
bo’lishi (39ºC dan yuqori) doimiy yoki gektik tipda, bezgak tutishi, bosh og’rishi 
va boshq. Mahalliy belgilariga esa ko’z olmasini oldinga bo’rtib chiqishi, hamma 
tomonlama uni harakatini cheklanishi, ko’z bosib ko’rilganda kuchli og’riq bo’lishi 
va  uni  ko’zning  tubiga  uzatilishi,  gohida  ko’z  mushaklarini  pariz  yoki  paralichi 
kuzatiladi,  shox  pardaga  yara  toshadi,  ko’rish  maydonini  torayishi,  to’r  pardani 
venalarini tromboflebiti kuzatiladi. Flegmonaning klinikasi turlicha kechishi bemor 
organizmining  umumiy  holatiga  va  burun  yondosh  bo’shliqlarini  mahalliy 
o’zgarishini u yoki bu darajada rivojlanishiga bog’liq bo’ladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə