Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71

                               
  
 
 
 
KT  da  umumiy  xarakterli  belgi  bo’lib  retrobulbar  kletchatkani  diffuz,  bir  xil 
bo’lmagan  zichligini  oshishi  (5-58  Hu)  va  ko’z  olmasi,  ko’z  mushaklarini  va 
ko’ruv nervini chegaralarini (1.75 rasm) notekis bo’lishi kuzatiladi. Ko’z olmasini 
nisbatan siljishi kuzatiladi. 
 
 
 
 
 
       
     Yuqori  jag’  bo’shlig’ini  yallig’lanishidan  kelib  chiqadigan  ko’z  orbitasi 
flegmonasi.  Ko’z  kosasini  flegmonasi  bo’lishiga  sabab  ko’p  hollarda  yuqori  jag’ 
bo’shlig’ini  empiemasi  hisoblanadi.  Bunday  holatda  flegmonani  kelib  chiqishida 
yuqori  jag’  bo’shlig’i  bilan  ko’z  kosasini  bog’lab  turadigan  keng  venalar  to’ri 
hisoblanadi hamda yuqori ko’z yorig’i hisoblanadi. 
      Ayrim hollarda ko’z kosasi flegmonisini rivojlanishida yuqori jag’ bo’shlig’ini 
tishlar  yallig’lanishi  sababli  kelib  chiqadi.  Bunday  holatlarda  bo’shliqning  suyak 
devori yallig’lanadi va ko’z kosasini pastki devorini yallig’lanishiga sabab bo’ladi 
1.74  rasm.  Bolada  chap  tomonlama  o’tkir  etmoiditdan  so’ng 
rivojlangan chap ko’z kosasi flegmonasi. 
1.75  rasm.  Ko’z  kosasini   va  burun  yondosh  bo’shliqlarini KT  si  (aksial  proeksiya).  Chap  ko’z 
kosasini subperiostal abssessi va flegmonasi. A) retrobulbar kletchatkani diffuz infiltrasiyasi; b) ko’z 
orbitasini  yuqorimedial  qismida  puffakli  havo  (oq  strelka)  bilan  chegaralangan  zish  infiltrate aniqla-
nadi,  ko’z  kosasini  medial  qismlarini  destrusiyasi  (qora  strelka).  Bemorda-  chap  tomonlama  o’tkir 
yiringli gemisinusit. (G.Z. Piskunov 2006 y). 


yoki  tishning  alveolyar  qismi  to’g’ridan  to’g’ri  bo’shliq  ichiga  ochiq  bo’lib, 
yallig’langan  shilliq  qavatdan  yiring  vena  qon  tomirlariga  o’tadi,  shunday  qilib 
kontakt  yo’l  orqali  yallig’lanish  ko’z  kosasini  pastki  devoriga  va  orbitani 
kletchatkasiga  yetib  boradi.  1.76  rasm  da  o’ng  tomonlama  o’tkir  gaymoritdan 
keyingi rivojlangan ko’z kosasi flegmonasi keltirilgan.  
         
           
 
 
 
 
 
       
     G’alvirsimon  suyak    hujayralarini    yallig’lanishidan  kelib  chiqadigan  ko’z 
kosasi  flegmonasi.  G’alvirsimon  labirint  ham  gaymor  bo’shlig’iga  o’xshab  ko’z 
kosasi  flegmonasi  kelib  chiqishida  katta  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa  bunday 
yallig’lanish  bolalarga  xos  hisoblanadi,  lekin  bu  kattalar  kasallanmaydi  degani 
emas.  Bolalarda  bu  o’tkir  kasalliklardan-  qizamiq,  skarlatina  va  boshq.  keyingi 
asoratlardan  keyin  kelib  chiqadi.  Bu  hollarda  ajralib  turuvchi  belgilardan 
zararlangan tomonda ko’rish qobiliyatini pasayishi hisoblanadi, ayniqsa orqa guruh 
hujayralari  zararlangan  bo’lsa.  Agar  oldingi  guruh  hujayralari  zararlanadigan 
bo’lsa ko’z kosasi flegmonasiga ko’z yosh qopi flegmonasi qo’shiladi.  
     O’tkir  kattaral  yoki  yiringli  etmoiditda  flegmona  rivojlangan  bo’lsa,  qog’oz 
plastinkasi o’rnida digissensiya bo’rligidan dalolat bo’ladi. Shuni ta’kidlab aytish 
kerakki  KT  da  ko’z  kosasini  medial  devoriga  yaqin  retrobulbar  kletchatkada 
nisbatan  zich  infiltrat  aniqlanadi  va  shu  tomonda  g’alvirsimon  suyakni  qog’oz 
plastinkasi  ko’rinmaydi  (1.77  rasm).  Degissensiya  bor  sohadan  yallig’lanish 
qo’shni  retrobul’bar  kletchatkaga  o’tib  abssess  rivojlanishiga  sabab  bo’ladi, 
keyinchalik  yallig’lanish  tarqab  kletchatkani  barcha  sohalariga  tarqab  flegmona 
rivojlanadi.  
1.76  rasm. Ko’z  kosasini   va  burun  yondosh  bo’shliqlarini KT  si (aksial  proeksiya).  O’ng  or-
bitani  flegmonasi.  A)  retrobulbar  kletchatkani  diffuz,  bir  xil  bo’lmagan  zichligi  oshishi,  ko’z 
mushaklari va ko’z mushaklari aniq ko’rinmaydi, ko’z olmasi oldinga siljigan; b) o’ng yuqori jag’ 
bo’shlig’ida  shilliq  qavat  qalinlashgan  va  gorizantal  sath  aniqlanadi.  Bemorda-  o’ng  tomonlama 
o’tkir yiringli gaymorit. (G.Z. Piskunov 2006 y). 


    
    
    Peshona bo’shlig’ini yallig’lanishidan kelib chiqadigan ko’z kosasi flegmonasi.  
Bunday asorat nisbatan ko’proq uchraydi. Bunday kelib chiqishiga yuqori sagittal 
sinusni septik trombozi hisobiga ko’z kosasi flegmonasi rivojlanadi.  
   Yallig’lanish  peshona  bo’shlig’idan  sagittal  sinusga  o’tishiga  sabab,  bo’shliq 
ichidagi venoz qon diploetik venalar orqali tashqi peshona venasiga, bu esa yuqori 
uzunchoq sinus bilan anastomoz xosil qiladi, bu esa o’z navbatida oldingi va orqa 
etmoidal  venalar  orqali  yuqori  ko’z  kosasi  venasi  bilan  aloqador  bo’ladi,  kalla 
ichki  qismi    esa  miya  qattiq  pardasi  venalari  bilan  anastomoz  xosil  qilgan.    Shu 
yo’l  orqali  yallig’lanish  talqalishi  mumkin.  Peshona  bo’shlig’ini  pastki  devorini 
nuqsoni orqali yiring kontakt yo’l orqali ko’z kosasiga tarqalishi mumkin. 
    Ponasimon bo’shliq yallig’lanishidan kelib chiqqan ko’z kosasi flegmonasi.    
   Pomasimon  bo’shliqni  izolyatsiyalangan  shaklida  ko’z  kosasi  flegmonasi  juda 
kamdan-kam  uchraydi.  Ponasimon  suyakning  osteomieliti  hisobiga  bosh  miya 
vena sinuslarida tromb rivojlanadi, birinchi navbatda g’ovaksimon, ko’ndalang va 
sagittal sinuslarda tromb rivojlanadi, keyinchalik flegmona bilan asoratlanadi. 
    Klinik  belgilari  g’ovaksimon  sinusni  trombozini  eslatadi:  ikki  tomonlama 
ekzoftalm,  sklerani  sarg’imtir  bo’lib  qolishi,  ko’z  qovoqlarida  shish,  xemoz, 
ko’rish qobiliyatini yo’qolishi va ko’z mushaklarini paralichi rivojlanadi. Ko’rish 
qobiliyatini yo’qolishi yiring ko’ruv nerviga o’tayotganligidan dalolat bo’ladi. 
    
5.8.Retrobulbar abssess.
 
    Bu ham ko’z kosasi kletchatkasini o’choqli yiringli yallig’lanishidir. Suyak usti 
pardasi  orqali  subperiostal  abssessmi  teshib  chiqishidan  yoki  infeksiya’ni 
gematogen yo’l orqali tarqalishi sababli kelib chiqadi. Retrobulbar abssessni kelib 
chiqishidan  qat’iy  nazar  kuchli  umumiy  intoksikatsiya  belgilari  bilan  boshlanadi: 
gektik  harorat,  bezgak  tutishi,  EChT  yuqori  bo’lishi  va  boshqa  septik  belgilar 
bezovta  qiladi.  Mahalliy  belgilariga  ekzoftalm,  ko’z  olmasini  harakati 
chegaralangan, bunga sabab qon-tomir limfa sistemasini stazi hisobiga rivojlanadi. 
Shunday  qilib  retrobulbar  abssess  subperiostal  abssessdan  ajratish  qiyinchilik 
tug’dirsa, og’ir hollarda ko’z kosasi flegmonasidan ajratish qiyin bo’ladi. 
1.77  rasm.  Ko’z  kosasini    va  burun  yondosh 
bo’shliqlarini  KT  si  (aksial  proeksiya).  Chap 
tomonlama g’alvirsimon suyakning oldingi hujay-
ralarida qorayish aniqlanadi, retrobulbar kletchat-
ka  infiltrasiyalangan,  ko’z  olmasi  oldinga  va 
yuqoriga siljigan, ko’z mushaklari va ko’ruv ner-
vi aniq ko’rinmaydi (G.Z. Piskunov 2006 y). 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə