Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71

yoki  staz  bo’lib  qolishi  misol  bo’ladi.  Lekin  infeksiya  aralash  yo’llar  orqali  ham 
arqalishini unutmasligimiz kerak. Bundan tashqari infeksiya’ni tarqalishida burun 
yondosh  bo’shliqlarining  suyak  devorlarida  osteomielitik  jarayonlar  asosiy  kalla 
ichi asoratlarni kelib chiqishida ro’l o’ynaydi. Ayniqsa ponasimon suyakning turk 
egari sohasida osteomielitik jarayon bo’ladigan bo’lsa kalla ichi asoratlari uchrashi 
ehtimoli ko’proq bo’ladi.  
       Peshona  bo’shlig’i  bilan  kalla  bo’shlig’ini  limfa  sistemasi bilan  bog’lab  tura-
digan intraadventisial  va perivaskulyar  maydonlar bo’ladi. Lekin burun bo’shlig’i 
bilan  kalla  ichini  bog’lab  turadigan  alohida  limfa  sistemasi  yoq.  Burunning  hid 
bilish  sohasi  limfa  tomirlari,  kichik  ingichka  hid  bilish  nervlarni  peri-  va  endon-
evral  anastomozlar  orqali  subdural  va  subaraxnoidal  maydonlar  bilan  bog’langan 
bo’ladi. Infeksiya shu yo’llar orqali ham tarqalishi mumkin.  
      Burun yondosh bo’shliqlarining venalari bir biri bilan anastomoz xosil qilgan. 
Yuz,  ko’z  kosasi,  kalla  bo’shlig’i  va  venoz  chigallar  bilan  bir-  biri  bilan 
bog’langan, bularning ichida ko’z kosasi venalari g’orsimon sinus va qattiq miya 
pardasini  venoz  chigallari  bilan  anastomoz  xosil  qilgan.  Ponasimon  bo’shliqning 
venalari  to’g’ridan  to’g’ri  g’ovaksimon  sinusga  venoz  qon olib  boradi.  Burun  va 
burun yondosh bo’shliqlarini mayda venalari esa sinus longitudinalis ga quyiladi. 
Infeksiya’ni  tez  tarqalishiga  esa  venalarda  klapan  sistemasi  yo’qligidadir  (1.81, 
1.82 rasmlar). 
 
 
 
     
1.81 rasm. Bosh miya qattiq pardasi vena sinuslarlarini yuzning asosiy 
qon tomirlari bilan bog’liqligi. 


 
 
 
       G’alvirsimon va yuqori jag’ bo’shliqlarini yallig’lanishida kalla ichi asoratlari 
ko’z  asoratlaridan  keyin  rivojlanadi,  ponasimon  va  peshona  bo’shliqlaridan 
to’g’ridan- to’g’ri rivojlanadi.  
      Kalla  ichi  asoratlarini  kelib  chiqishini  yana  bir  sabablaridan  burun  va  burun 
yondosh  bo’shliqlarini  jarohatlari,  burun  to’sig’i  abssessi  va  burun  furunkuli 
bo’lishi mumkin. Bundan tashqari shuni ta’kidlab o’tish kerakki, kasallikni atipik, 
latent va qaytalanuvchi shakllarini bo’lishi, tashxisotdagi xatoliklar kalla ichi aso-
ratlariga  sabab bo’ladi.  Asoslanmagan  antibiotiklarni o’zgartirish  yuqoridagi  aso-
ratga olib kelishi mumkin. Ko’z kosasi asoratlari klinik kechishi ko’pgina omillar-
ga: burun yondosh bo’shliqlarida jarayonning joylashishi va xarakteriga, bemorn-
ing  yoshiga,  murojaat  vaqtiga  va  gospitalizasiyasiga  bog’liq  bo’ladi.  Kalla  ichi 
asoratlari esa juda og’ir kechishi va maxsus belgillari bo’lmasligi bilan farq qiladi. 
Asoratni  lokal  joylashuvini  aytish  taxminiy  bo’ladi,  sababi  ko’pincha  asoratlar 
qo’shilib keladi yoki boshqa shakliga o’tadi.  
     Rinogen kalla ichi asoratlarining quyidagi klinik shakllari tafovut qilinadi: 
- araxnoidit (leptomeningit); 
- ekstradural abssess ; 
- subdural abssess; 
- serozli va yiringli meningit
- bosh miya abssessi; 
1.82 rasm. Bosh miyada sinuslarni joylashishi. 


- bosh miya qattiq pardasi sinuslarining trombozi;  
- rinogen sepsis. 
        Kalla ichi asorati rivojlangan bemorda quyidagi belgilar kuzatiladi: 
1. Boshini qattiq og’rishi; 
2. Ovqatlanish bilan bog’liq bo’lmagan qusish; 
3. Ko’zlarning yuqori qovog’i va qosh usti terisi sohasini shishi va qizarishi; 
1. Es-hushni xiralashishi; 
5. Ko’rish o’tkirligini buzilishi; 
6. Bosh miya nerv tolalarining falaji; 
7. Talvasa holatlari
8. Sovqotish, qaltirash, terlash; 
9. Bemorning umumiy ahvolini sinusitga mos kelmasligi va juda og’ir bo’lishi; 
10. Bosh miya suyuqligi bosimini oshishi belgilari; 
11. Qondagi o’zgarishlar (leykotsitoz, EChT oshishi). 
Rinogen kalla ichi asoratida  bemorlarni  tekshirish  tartibi: 
1)  Tashqi  tekshiruv,  burun  yondosh  bo’shlig’i  devorini,  ko’z  kosasi  yumshoq 
to’qimalarini, peshona va bo’yin sohasini  paypaslash; 
2) Old va orqa rinoskopiya ; 
3)  Burun  yondosh  bo’shliqlari  va  kalla  suyagining  rentgenografiyasi,  kalla 
suyagining old aksial rentgenogrammasi; 
4) Qon va siydikning umumiy tahlili; 
5) Oftalmolog ko’rigi; 
6) Nevropatolog  va neyrojarroh ko’rigi; 
7) Yuqori jag’ bo’shlig’i punksiyasi, peshona bo’shlig’ining trepanopunksiyasi (za-
rur bo’lganda); 
8) Bosh miya orqa  bo’shlig’ini teshib ko’rish; 
9)  Exoensefalografiya,  pnevmoensefalografiya,  ventrikulografiya,  angiografiya, 
kompyuter tomografiyasi (ko’rsatma bo’yicha) . 
 
6.1.
 
Rinogen araxnoidit. 
     Araxnoidit-  miya’ning  yumshoq  qavatini,  asosan  miya’ning  to’r  qavatini  in-
feksiya’ni toksinlarini hisobiga yallig’lanishidir.  
     Araxnoiditning turlari: 
-
 
Tarqoq; 
-
 
Chegaralangan; 
-
 
Kistali; 
-
 
Yopishqoq; 
    Agar araxnoidit qavatlar bilan miya’ni orasida chandiqlanish bilan birga kechsa, 
buni-  yopishqoq  araxnoidit  deb  ataladi,  agar  kista  shakllanib,  ichi  likvor  bilan 


to’lgan bo’lsa- kistali araxniodit deb ataladi. Tarqalishiga araxnoidit chegaralanga 
va tarqoq bo’ladi. 
     Klinikasi.  Kasallik o’tkir  yoki o’tkir  osti boshlanadi. Uch shoxli  nerv  innerva-
siyasi husobiga miya pardasini jalb qilinishi hisobiga doimiy bosh og’riq bezovta 
qiladi va kalla ichi bosimi oshishi kuzatiladi. Gohida peshona sohasida og’riq va 
olib ketivchi nervni parezi jarayonga qo’shilishi mumkin.  
      Jarayonga doimo qon tomir devori qo’shiladi, shuning uchun ham chandiq xo-
sil  bo’ladi.  Chandiqli  araxnoiditda  birinchi  bo’lib  bosh  og’rig’i  bezovta  qiladi, 
bosh miya’ni katta yarim sharlarini po’stlog’ini qitiqlanishi belgilari paydo bo’ladi. 
Orqamiya  suyuqligini  oqimi  buzilishi  hisobiga  kalla  ichi  bosimi  oshadi.  Lekin 
meningit  yoki  miya  abssessiga  nisbatan  kalla  ichi  bosimi  araxnoiditda  pastroq 
bo’ladi. Chegaralangan kista o’smaga o’xshash bo’lib, gidrosefalyaga olib kelishi 
mumkin.  
    Tashxis.  EEG  da  alfa-,  delta-  ritmlarini  orqada  qolishi  belgilari  namoyon 
bo’ladi.  Orqamiya  suyuqligini  punksiya  qilib  tekshirilganda  oqsil-  hujayra  dis-
sotsiyasiyasi  aniqlanadi.  Kalla  suyagini  rentgenogrammasida  barmoq  bilan  bosil-
ganlik belgisi- kalla ichi bosimini oshganligi belgisi kuzatiladi. 
     Davolash.  Rinogen  araxnoidit  bilan  og’rigan  bemor  yallig’langan  burun  yon-
dosh  bo’shlig’ida  jarrohlik  amali  bajarilgandan  so’ng  nevrologiya  bo’limiga 
ko’chirilib, unga intensiv davolash  tadbirlari buyuriladi.      
6.2.
 
 Ekstradural abssess. 
      Ekstradural  abssess-    miya’ni  qattiq  pardasi  bilan  bo’shliqni  suyak  devori 
orasida  yiringni to’planishi.  
       Asosan peshona, ponasimon va g’alvirsimon bo’shliqlarning yallig’lanishidan 
kelib chiqadi.  
      Klinikasi.  Asosan  oldingi  miya  chuqurchasida, gohida  esa  o’rta  miya  chuqur-
chasida  (sfenoiditda)  abssess  joylashishi  mumkin.  Abssessni  kattaligi  har  xil 
bo’lib,  birlamchi  o’choqdan,  infeksiya’ni  tarqalish  yo’lidan,  infeksiya’ni  turidan, 
organizmni reaktivlik holatiga bog’liq bo’ladi.  
Nevrologik  belgilari:  abssessni  joylashgan  sohasida    bosh  og’rig’i,  gohida  og’riq 
diffuz bo’lishi. 
Kalla ichi gipertensiyasi belgilari: bradikardiya, ko’ngil aynishi, qusish, ko’z tubini 
o’zgarishi (dimlanish belgilari). 
Ruhiyat  buzilish  belgilari:  xotira  va  diqqatni  buzilishi,  ruhiyatni  susayishi  va 
uyquchanlik,  gohida  tutqanoq  xurujlari,  ensa  mushaklarini  rigidligi,  Kernig  simp-
tomini musbatligi. 
     O’choqli simptomlar kam aniqlanadi.  


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə