Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71

peshona  sohasida  tarqoq,  intensiv  doimiy  yoki  xurujsimon  bosh  og’rishi,  boshni 
harakatga keltirganda og’riqni kuchayishi, ko’ngil aynishi va qusish bilan kechu-
vchi hamda kalla ichida bosim oshishi hisobiga uzunchoq miya va adashgan nervni 
bosim bilan ezilishi hisobiga bradikardiya’ni bo’lishi, ko’z tubidagi dimlanish kabi 
belgilari bemorda kuzatiladi.  
      Bemorning  holati  majburiy,  “yalqov  it  holati”  ni  egallaydi.  Bunda  bemor  yon 
boshga,  oyoqlarini  qoringa  yig’ib  olingan,  qo’llari  bukilgan,  umurtqasi  yoysimon 
orqaga  egilgan,  boshni  esa  orqaga  tashlab  yotadi.  Es  xushi  qorong’ilashadi  yoki 
yo’qoladi, alahsirash va bosinqirash, monotonli qichqiriq, qo’zg’aluvchanlik yoki 
tormozlanish,  tovushlarga,  yorug’likka  va  taktil  ta’sirlarga  ta’sirchanligini  yuqori 
bo’lishi  kabi  belgilar  kuzatiladi.  Bel  sohasida  va  umurtqa  pog’anasini  o’tkir 
o’simtalarini bosib ko’rilganda og’riqli bo’ladi. 
    Meningial belgilar kuzatiladi: 
-
 
Ensa mushaklarini rigidligi
-
 
Kernig  simptomi  (bemor  oyog’ini  chanoq  son  bo’g’imiga  eg’ib  olganida, 
bemorni tizza bo’g’imini yozib bo’lmaydi yoki chegaralagan bo’ladi.); 
-
 
Yuqori  Brudzinskiy  simptomi  (bemorni  boshini  passiv  egilganda,  oyoqlari 
tizza va chanoq son bo’g’imlarida bukiladi);   
-
 
Lessajni  “ilib  qoyish”  simptomi-  (bolani  qo’ltiq  ostidan  ko’tarilganida 
oyoqlarini qorinlari tomon ko’tarib bukib oladi). 
     Bundan tashqari pay reflekslarini yuqori bo’lishi, patologik piramida simptom-
lari  (Babinskiy, Rossolimo, Oppengeyma  va  Gordona)  kuzatiladi va  alohida  bosh 
miya nervlarini nim falaji va falaji, klonik va tonik talvasalar kuzatiladi. 
     Ko’pincha  barcha  shifokorlar  fikrlarini  kalla  ichi  asoratlariga  qaratadilar, 
shuning uchun ham shikoyatga, burun va burun yondosh kasalligining xarakteriga 
unchalik ham e’tibor bermaydilar. Bemorda meningeal belgilar rivojlangan bo’lsa, 
kalla  ichi  asoratlarini  inkor  etish  maqsadida  burun  va  burun  yondosh  bo’shliqlari 
jiddiy tekshirilishi lozim. Bemorda obektiv burundan nafas olishni qiyinligi, burun 
yondosh  bo’shliqlarini  palpatsiya  qilinganda  og’riqli  bo’lishi,  burun 
chig’anoqlarini  shilliq  qavatini  shishi,  burun  yo’llaridan  ko’p  miqdorda  shilliq- 
yiringli ajralma ajrayotganligi ko’rinadi.  
     Tashxis.Tashxisni quyidagi tekshirishlardan keyin tasdiqlanadi: 
1.
 
Burun  yondosh  bo’shliqlarini  rentgenografiyasi  bo’shliqni  pnevmati-
zatsiyasini buzulganligini aniqlaydi. 
2.
 
Orqa miya suyuqligini tekshirish. 
Orqa  miya  suyuqligi  seroz  minengitda  tiniq,  bosim  bilan  otilib  chiqadi;  lim-
fotsitlarni miqdori oshishi bilan birga kechadi. 
Orqa miya suyuqligi yiringli meningitda xira, katta bosimda tez oqib chiqadi; oqsil 
miqdori  yuqori  bo’ladi  (Pandi  reaksiyasi);  neytrofillir  miqdori  1  mkl.da  10  ney-


trofillardan 1000 va ko’p bo’lishi, glyukoza va xlorid miqdorini kamayishi aniqla-
nadi. Og’ir holatlarda mikrobni o’sishigacha aniqlanadi.  
      Qiyosiy  tashxis.  Ko’p  holatlarda  rinogen  meningitni  sil  meningitidan  qiyosiy 
tashxislanadi. 
1.
 
Sekin astalik bilan boshlanadi. 
2.
 
Normal yoki subfebril harorat. 
3.
 
Ko’z  harakatlantiruvhci  nervni  nim  falaji  (ptoz,  anizokariya),  yorug’likka 
reaksiyasi yo’q. 
4.
 
Mantu reaksiyasini musbatligi. 
5.
 
Qora 
miya 
suyuqligini 
tarkibini 
o’zgarishi: 
 
par-
chalanish,yyengilksantoxromiya, limfasitoz bo’lishi, ko’p miqdorda oqsil bo’lishi, 
5-6  soatdan  so’ng  fibrin  to’rini  xosil  bo’lishi,  suyuqlik  bosimini  yuqori  bo’lishi, 
glyukoza va xloridlarni kamayishi aniqlanadi. 
6.5.
 
Miya abssessi. 
      
Miya abssessi- infeksiyadan markaziy nerv sistemasidan tashqarida rivojlangan 
ikkilamchi  yiringli  o’choqdan,  miya  moddasida  chegaralangan  yiringni 
to’planishidir.  
     Bosh  miya  abssessi  asosan  kattalarda  uchraydi,  bolalarda  kamroq  uchraydi  va 
barcha neyrojarrohlik bosh miya patologiyalari ichida 2-4%ni tashkil etadi. 
     Bosh miya’ni abssessini etiologik qo’zg’atuvchilari bakteriyalar, zamburug’lar, 
sodda  turkumdagilar  va  gelmentlar  hisoblanadi.  Bakteriyal  qo’zg’atuchilardan 
yashil streptokokklar (S. anginosus, S. constellatus va S. intermedius) hisoblanadi, 
asosan  70%  hollarda  uchraydi.  30-  60%  hollarda  boshqa  bakteriyalar  bilan 
qo’shilib  keladi.  Tilla  rangli  stafilokokk  10-15%  hollarda  monokultura  shaklida 
aniqlanadi. Anaerob bakteriyalar 40-100% hollarda aniqlanadi, shulardan 20-40% 
bakteroidlar va  pevolettalar tashkil etadi.  
     Infeksiya  kontakt  (miya  qavatlari  zararlangandan  so’ng,  chegaralangan  sohada 
ensefalit rivojlanadi, u esa miya abssessiga o’tadi) yoki gematogen tarqaladi. 
      Avval  qattiq miya pardasi bilan burun yondosh bo’shlig’ining shilliq qavatini 
bog’lab turuvchi diploetik venalarda tromb shakllanadi. 
      Miya  abssessini  rivojlanishi,  barcha  rinogen  kalla  ichi  asoratlarini  ichida  eng 
xavflisi  hisoblanadi.  Abssess  asosan  peshona  bo’lagida,  peshona  bo’shlig’ini 
yiringli  yallig’lanishidan  keyin  orqa  devorini  zararlanishi  (kontakt  yo’li  orqali) 
hisobiga kelib chiqadi. Abssess zararlangan bo’shliq tomonda uchraydi. 
     Peshona bo’lagi harakatni, xulq atvorni boshqaradi va shakllantiradi. Aynan shu 
yerdan  kortispinal  va  kortikonuklear  yo’llar,  har  xil  efferent  harakatlantiruvchi 
sistemalar boshlanadi. Shu yerdan postloq ostiga va miya o’zagiga ko’p miqdorda 
o’tkazuvchi yo’llar boradi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə