Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71

 
 
 
6.6.
 
G’orsimon sinus trombozi. 
     Rinogen  g’orsimon  sinus  trombozi-  bosh  miya  qattiq  pardasining  g’orsimon 
sinus  devorining  yallig’lanishi  natijasida  dastlab  sinus  devorlarida  tromb  xosil 
bo’lib, sinus bo’shlig’i yopilib qoladi. 
Bosh miyaga infeksiya qiyidagi yo’llar orqali o’tishi mumkin: 
-
 
Kontakt  yo’l  orqali-  povasimon  bo’shliqni  va  g’alvirsimon  bo’shliqni  orqa 
hujayralarining empiemasida osteomielitik jarayon rivojlanadi. 
-
 
Gematogen  yo’l  orqali-  burun  va  burun  yondosh  bo’shliqlarining  yuqori 
qismidan ko’p  miqroddagi venalar  orqali jarayon  g’ovaksimon  va kam  miqdorda 
1.84 rasm. Bosh miya’ning peshona bo’lagini abssessi. Sfenoidit. KT. 


yuqori  sagittal  sinuslarga  o’tib,  boshqa  venoz  qon  tomirlarni  flebit  bo’lib  davom 
etishiga sabab bo’ladi. 
-
 
Aralash.   
    G’ovaksimon  sinusda  tromb  rivojlanishi  natijasida  uning  ichki  bo’shlig’i  bi-
riktiruvchi  to’qima  bilan  to’lishni  boshlaydi.  Bu  esa  qon  oqimini  sekinlashuviga 
olib keladi.  
    Burun furunkulida va yiringli gaymoritda; jarayonning xuruj davrida yuqori jag’ 
bo’shlig’ini  asoratli  punksiyalarida;  kam  hollarda  o’tkir  sinusitlarda  venal  orqali  
g’ovaksimon  sinusga  infeksiya  kirishi  mumkin.  Gohida  g’ovaksimon  sinusning 
trombozi  etmoiditdan  keyin  ham  rivojlanishi  mumkin.  Klinik  namoyon  bo’lishi 
ko’z kosasini abssessini eslatadi, faraq bunda boshqa ko’z kosasi ham zararlanadi, 
to’z  parda  venalari  qon  bilan  to’lgan  bo’ladi,  bemorni  ahvoli  juda  og’ir  bo’ladi. 
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, hozirgi kunda kasallikni klassik klinik kechishi kam 
uchraydi, buni antibiotikoterapiya bilan bog’lash mumkin. 
      Klinikasi.  Klinik  namayon  bo’lishida  infeksion,  distsirkulyator  va  nevrologik 
sindromlar asosiy o’rin tutadi. 
-
 
Mahalliy belgilari.  
Kasallikni  mahalliy  belgilari  ko’z  kosasi  venalaridan  g’ovaksimon  sinusga  qon 
oqib  kelishini  buzilishiga  bog’liq  bo’ladi.  Shu  maqsadda  bemorda  konyunktivani 
shishi va qizarishi (xemoz), ekzoftal’m, ko’z olmasini harakatini chegaralanishi va 
ko’z mushaklarini falaji, ko’ruv nervi diskini dimlanishi, to’r parda qon bilan to’lib 
va  venalari kengayadi, ko’rish  qobiliyatini  pasayishi, g’ovaksimon  sinusni  chega-
ralab  turuvchi  III,  IV,  VI  juft  nervlarni  va  uch  shoxli  nervni  falaji  aniqlanadi. 
Gohida ikki tomonlama total oftal’moplegiya kuzatiladi. Ko’z qovog’ini, peshona 
va burun qanotlarining yupqa terisidan kengaygan, taranglashgan, og’riqli venalar 
to’ri aniqlanadi (1.85 rasm).  
-
 
Umumiy septik belgilar. 
Giperkoagulyasiya va fibrinolitik aktivlikni pasayishi fonida, ma’lum bir darajada 
zaxarlanish  va  tromblarni  proteolizi  natijasida  mikroorganizmlarni  metabolitik 
mahsulotlarini  qonga  so’lishi  septik  simptomokompleks  rivojlanishiga  sabab 
bo’ladi.  


 
 
 
 
-
 
Miya belgilari. 
   Miya  belgilari  kalla  ichi  gipertenziyasi  va  septikopiemiya  hisobiga  rivojlanadi. 
Bemorlarning asosiy shikoyatlari- kuchli tarqoq og’riqqa, ko’z kosasiga ko’pincha 
og’irlik bilan, sanchuvchi, pulsatsiyali og’riq tarqalishiga bo’ladi.  
   Septikopiyemiyada  bezgak  qaytalanadi,  istma  intermittir  shaklida  (haroratni 
to’satdan yuqoriga ko’tarilishi va keyinchalik uni pasayishi), ko’p miqdorda terlash 
(3 soatlik termometriyada 2-3ºC ga farq qiladi) kuzatiladi. Kalla ichi gipertenziyasi 
va  meningeal  belgilar  rivojlanadi.  Bemorni  umumiy  ahvoli  juda  og’irligi  sepsis, 
meningit va mahalliy belgilarga bog’liq bo’ladi. 
   O’tkir frontitda bosh venalarini kengayishi bilan yuqrori sagittal sinusni trombozi 
rivojlanadi.  Bunda  burun,  qo’voalarning,  kallaning  peshona  va  tepa  qismlarining 
yumshoq  to’qimalarini  shishi,  septik  va  meningeal  holatlarda  toniko-klobik  tal-
vasalar, boshning tepa qismida subperiostal abssess rivojlanadi.  
    Gemogrammada  o’tkir  yallig’lanish  belgilari  namoyon  bo’ladi.  Leykositar  for-
mula  chapga  siljigan,  hatto  yosh  hujayralargacha,  anizositoz,  poykilositoz  kuza-
tiladi.  Rinoskopiyada  va  rentgenografiyada  burun  yondosh  bo’shliqlarida  yal-
lig’lanish aniqlanadi. Jarayon boshqa sohaga ham o’tishi mumkin.  
      Meningial belgilar rivojlanadi. 
1.85 rasm. G’ovaksimon sinusning rinogen trombozida yuz terisini 
venalarini kengayishi. 


      Orqa  miya  punksiyasida  yiring  aniqlanadi,  lekin  orqa  miya  suyuqligi 
o’zgarishsiz  bo’ladi.  Tashxis  kechiktirilsa  va  mos  kelmaydigan  davo  tadbirlari 
o’tkazilsa bemor bir necha kunda nobud bo’lishi mumkin. 
      G’orsimon  sinusni  tromboflebiti  yengilroq  o’tadi,  septikopiemiyasiz  kechadi. 
Bir tomonlama  ko’zni  harakatlantiruvchi  nervni  zararlanishi  aniqlanadi va bemor 
ko’pincha to’liq tuzalib ketadi.  
      G’orsimon sinusni trombozida boshqa sohalarda yiringli o’choqlar rivojlanadi, 
birinchilar  qatordan  septik  pnevmoniya,  meningit,  keyinchalik  kalla  ichiga, 
buyrakka,  jigarga,  o’pkaga,  bosh  terisiga,  halqum  ortiga,  quloqqa  yiringli 
o’choqlarni metastazi aniqlanadi. Septik embol ichki buyunturuq, yuqori yarim ve-
na,  yurakning  o’ng  bo’lagiga  va  kichik  qon  aylanishni  kapillyarlariga  tarqashi 
mumkin.  
      Tashxis.  G’ovaksimon  sinus  trombozi  yoki  tromboflebiti  tashxisi  klinik 
ma’lumotlarga  va  birinchi  navbatda  septik  holatga,  meningit  belgilariga  va  bosh 
miya nervlarining zararlanish belgilariga asoslanib qo’yiladi.  
      Tashxisda birinchi navbatda- miya simptomatikasi, nevrologik, otonevrologik, 
oftolmologik,  rentgenografik  tekshiruvlar  va  MNS  ni  chegaralangan  nevrologik 
belgilarni aniqlanishi, ko’z tubidagi o’zgarishlar, anamnezni chuqur o’rganilish bi-
lan bir qatorda orqa miya suyuqligini tekshiruvi, LOR tekshiruvi xulosalari, burun 
yondosh  bo’shliqlarini,  hatto  ponasimon  bo’shlig’ining  zararlanishidagi  og’ir  be-
morlardagi rinoskopik belgilar to’g’ri tashxis qo’yishga sabab bo’lishi mumkin. 
     Davolash.  Agar  tromb  yuqori  sagittal  sinusda  joylashgan  bo’lsa, u  ochiladi  va 
tromb olib tashlanadi. Qon to’xtatish uchun tampon sinus bilan suyak orasiga tiqi-
ladi.  
     G’orsimon sinus trombozinda sinus o’ziga xos topografik joylashganligi uchun 
jarrohlik  yondoshuvi  mumkin  emas  va  jarrohlik  amaliyoti  burun  yondosh 
bo’shliqlarini birlamchi yiringli o’choqni eliminasiya va ishonchli drenaj qilish bi-
lan tugatiladi.     
    Keng  ta’sir  doirasiga  ega  bo’lgan  optimal  dozali  antibiotiklar  yuboriladi.  Og’ir 
holatlarda rinogen meningit qo’shilgan mahal endolyumbal dori vositalari yubori-
ladi.  
    Dezintoksikasiyon  davolash  maqsadida  hozirgi  kunda  ekstrakorporal  detoksi-
kasiya  (plazmaferez,  autoqonni  UFN  nurlantirish,  qonni  gemosorbsiyasi,  GBO) 
usulini qo’llash yaxshi samara bermoqda. 
    Degidratasiya  esa  magniy  sulfatni  mushak  orasiga  yuborishdan,  diuretiklarni, 
40% li glyukozani tomir ichiga yuborishdan iborat bo’ladi. 
    Giposensibilizatsiyalovchi, umumiy quvvatlovchi va immunoterapiya ( antistafi-
lokokkli  plazma,  gamma  globulin,  zardobli  poliglobulin,  stafilokokk  anatoksini) 
davo muolajalarini amalga oshirish kerak bo’ladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə