Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71

      Diagnostik  endoskopiyaga  bo’lgan  ko’rsatmalarga  quyidagilar  kiradi:  burun 
orqali  nafas  olishni  qiyinligi,  burundan    ajralma  oqishi,  hid  sezish  funksiyasini 
buzilishi,  burundan  qayta-qayta  sababsiz  qon  oqishi,  burun  bo’shlig’i  o’smalari, 
polipozli  gaymoroetmoiditlar,  eshituv  nayi  faoliyatining  buzilishi,  sababsiz  bosh 
og’rig’i, jarrohlik amalidan oldin tek-shirish va jarrohlik amalidan so’ng davolash 
samarasini  nazorat  qilish,  foto-  va  videohujjatlarning  zarurligi  va  boshqalar.  Bir 
so’z bilan aytganda, burun va burun yondosh bo’shliqlarining deyarli barcha kasal-
liklarda diagnostik endoskopiya’ni qo’llash mumkin. 
       Endoskopiya  tekshiruvdan  oldin  burun  bo’shlig’i  tozalanishi,  kerak  bo’lsa 
shilliq  pardaga  qon  tomirlarni  toraytiruvchi  dorilar,  og’riqsizlantirish  maqsadida 
anestetik dori vositalari surtiladi. Amalda ko’pincha optikasi "0" teng qattiq endos-
kop ishlatiladi. 
      Burun bo’shlig’i endoskopiya tekshiruvi uch bosqichda olib boriladi: 
-
 
Birinchi bosqich. Burun bo’shlig’i dahlizi va umumiy burun yo’lini ko’zdan 
kechirish.  Ko’zdan  kechirilgandan  so’ng  endoskop  burun  bo’shlig’ining  tubi 
bo’ylab  burunhalqum  tomon  siljitiladi.  Pastki  burun  chig’anog’i  shilliq  pardasini 
holati baholanadi, ba'zan burun-ko’z yoshi kanalining teshigi ko’rinadi, yuqori jag’ 
bo’shlig’ida  ilgari  kengaytirilgan  jarrohlik  amali  bajarilgan  hollarda  pastki  burun 
yo’li va yuqori jag’ bo’shlig’i orasida xosil qilingan yo’l ko’zdan kechiriladi. En-
doskopni yanada chuqurroq siljitganda pastki burun chig’anoqlarining orqa qismla-
ri, eshituv nayining halqum teshigi, burun-halqum gumbazining holati baholanadi, 
adenoidlar bor-yo’g’ligi va  hajmi aniqlanadi. 
-
 
Ikkinchi bosqich. Endoskop yordamida o’rta burun yo’li ko’zdan kechiriladi. 
Buning uchun ba'zan o’rta burun chig’anog’ini ichkari tomonga siljitishga to’g’ri 
keladi. Ilgaksimon o’simta, katta g’alvirsimon pufak, yarimoy tirqish, g’alvirsimon 
qadoqcha  ko’zdan  kechiriladi,  o’rta  burun  chig’anog’i  shilliq  pardasining  giper-
plaziyasi  va  osteomeatal kompleks blokadasining darajasi  aniqlanadi. Yuqori  jag’ 
bo’shlig’ining tabiiy yo’lini ko’rish imkoni bo’lmaydi, chunki u odatda ilgaksimon 
o’simtaning erkin cheti orqasida joylashgan bo’ladi. 
-
 
Uchinchi  (yakuniy)  bosqichda    yuqori  burun  yo’li  va  hid  bilish  tirqishi 
ko’zdan kechiriladi. Ba'zan yuqori burun chig’anog’i va orqa g’alvirsimon kattak-
larning  chiqish  teshiklarini,  yuqori  burun  chig’anog’i  orqa  qismining  orqasida 
ponasimon  bo’shliqning  chiqish  teshigini  ko’rsa  bo’ladi.  Aniqroq  ko’rish  uchun 
optikasi 30º va 70º teng endoskoplarni ishlatish tavsiya qilinadi. 
      Yuqori jag’ bo’shlig’i diagnostik endoskopiyasi quyidagi maqsadda bajariladi: 
- yuqori jag’ bo’shlig’i yallig’lanishida topik tashxisni aniqlash
- yot jismni chiqarib olish; 
- turli  davolash muolajalarini o’tkazish (terapevtik sinusoskopiya). 


     Ko’pincha  yuqori  jag’  bo’shlig’i  endoskopiyasi  (sinusoskopiya)  bo’shliqning 
old devori orqali bajariladi. Muolaja qoziq tish chuqurchasi va ko’z osti nervi (uch 
shoxli asab tolasining birinchi shoxchasi) sohasidagi yumshoq to’qimalarni mahal-
liy  og’riqsizlantirish  ostida  yumshoq  to’qima  kesiladi  va  siljitilib,  suyak  to’qima 
topiladi.  Yuqori  jag’  bo’shlig’ini  teshish  uchun  mo’ljallangan  maxsus  diametri  4 
mm  ga  teng  gilzali  troakar  yordamida  bo’shliqning  old  devori  to’rtinchi  va 
beshinchi  tish  ildizlari  sohasida  aylanma  harakatlar  bilan  yyengil  teshiladi. Keyin 
gilza yorig’iga 0-70º optikali endoskop kiritilib, bo’shliq devorlari ko’zdan kechiri-
ladi,  shilliq  parda  holati  baholanadi,  zarur  bo’lganda  to’qimalarda  biopsiya  tek-
shiruvi  uchun  material  olinadi,  kista  va  yallig’lanish  o’smalari  olib  tashlanadi.  
Tekshiruv tugagandan so’ng troakar gil'zasi yana aylanma harakatlar bilan chiqarib 
olinadi va jarohat maydonini tikmay turib aseptik boylam qo’yiladi. Bemordan bi-
roz  vaqt  davomida  burnini  qoqmaslik  buyuriladi,  chunki  u  bu  holda  teri  ostiga 
havo kirishi va teri osti emfizemasi rivojlanishi mumkin. 
Endoskop yordamida burun va burun yondosh bo’shliqlari sohasida bajari-
ladigan jarrohlik amallariga ko’rsatmalar va bajarish 
qoidalari. 
     Endonazal  endoskopiya  jarrohlik  usulini  XX  asrning  70-yillarida  professor 
Messerklinger    ishlab  chiqdi.  Burun  bo’shlig’i  kasalliklariga  burun  yondosh 
bo’shliqlarining tabiiy yo’llari va burun bo’shlig’i tashqi devorining tor tirqishlari 
sohasidagi  rivojlangan  patologik  o’zgarishlar  sabab  bo’ladi.  Burun  bo’shlig’ining 
tabiiy  tor  joylari,  xususan  osteomeatal  kompleks  maydoni,  burun  yondosh 
bo’shliqlarining faoliyatini me'yorda ushlab turadi. 
     Sog’lom kishida burun bo’shlig’i shilliq pardasining kuchli himoya mexanizmi 
-  mukotsilliar  klirensi  tufayli  osteomeatal  kompleks  infeksiyaga  chidamli  bo’ladi. 
Shish,  burun  to’sig’i  qiyshiqligi,  burun  chig’anoqlari  giperplaziyasixilpillovchi 
epiteliy bilan qoplangan ikki qarama-qarshi tomondagi shilliq pardalarni bir biriga 
tegib  turishiga,  natijada  ushbu  maydonda  epiteliy  to’qima  tuklarining  harakati 
sekinlashadi  yoki butunlay  to’xtaydi,  natijada shilliq pardaning  mukotsiliar  faoli-
yati yo’qoladi, shilimshiq ajralma chiqarilmay, burun bo’shlig’ida to’planib qoladi. 
Shu  tariqa  yallig’lanish  jarayonini  burun  yondosh  bo’shliqlariga  tarqalishiga  sha-
roit yaratiladi. Shuning uchun endoskopiya usuli burun yondosh bo’shliqining aso-
siy  maydonlarida  minimal  hajmdagi  jarrohlik  amallarini  bajarishga  va  burun 
bo’shlig’i shilliq pardasini maksimal darajada asrashga  yordam beradi. 
     Funksional endoskopiya  jarrohlik amaliga ko’rsatmalar: 
-  surunkali serozli va ekssudativ sinusit; 
-  chegaralangan polipozli sinusit; 
-  bo’shliqlarni zamburug’li yallig’lanishi; 
-  bo’shliq kistasi; 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə