Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71

    G’ovaksimon  va  yuqori  sagittal  sinuslarni  kompleks  davolashda  bevosita  ta’sir 
etuvchi (geparin) va bilvosita ta’sir etuvchi (dikumarin, nitrofarsin, sinkumar, feni-
lin)  antikoagulyantlar  ishlatiladi.  Antikoagulyantlar  bilan  davolash,  avval  ularni 
miqdori  kamaytirilib,  davomiyligi  uzaytiriladi,  bu  dori  vositalarini  birdaniga 
to’xtatib  qo’yish  protrombinni  konsentrasiyasini  oshirib  trombinni  ko’z  xosil 
bo’lishiga olib keladi. 
     Agar tromboz burun chipqonida rivojlangan bo’lsa, unda bemorga konservativ  
davolash  tadbirlari  o’tkaziladi.  Unga  antibiotiklar  (ampitsillin,  amoksiklav, 
zinotsef,  klaferon,  rotsefin,  moksipim    mushak  orasiga  yoki  tomir  ichiga  )  bilan 
birga  antikoagulyantlar  (geparin,  fibrinogen)  buyuriladi.  Trombolizisni  te-
zlashtirish maqsadida streptokinaza yoki avelizin 250000-1500000 TB tavsiya eti-
ladi. Dorilarni  tomir ichiga yuborish  maqsadida umumiy uyqu arteriyasi yoki un-
ing shoxchalariga kateter o’rnatiladi. Tomir ichiga tomchilab 5% glyukozada  eri-
tilgan  4-5  mln  TB  ampitsillin,  1g  sigmomitsin,1g  tetraolean  10  000-15  000  TB 
geparin bilan birga yuboriladi.  
6.7.
 
Rinogen sepsis. 
       Rinogen sepsis - bu yiringli o’choqdan doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti bilan 
mikroblarni qonga tushishi natijasida yuzaga kelgan patologik holat. Rinogen sep-
sis kam uchraydi va birlamchi yiringli o’choq burun va burun yondosh bo’shlig’ida 
joylashganligi  bilan  ajralib  turadi.  Rinogen  sepsisdan  oldin  bemorda  odatda  ko’z 
kosasi  asorati,  ko’pincha  g’orsimon  sinus  yoki  ko’z  kosasi    yumshoq  to’qimasi 
venalarining  trombozi va tromboflebiti kuzatiladi. 
      Belgilari.  Sepsis  septitsemiya  va  septikopiemiya  klinik  shakllarida  kechib, 
o’tkir (6 haftagacha davom etishi) va surunkali ( 6  haftadan ko’p vaqt davom et-
ishi)  kechimga  ega. Septitsemiyada  yiringli  jarayonning  metastaz  o’choqlari  xosil 
bo’lmaydi,  ammo  u  qisqa  vaqt  ichida  metastaz  o’choqlarini  xosil  bo’lishi  bilan 
kechgan  septikopiemiya  shakliga  o’tishi  mumkin.  Bemorda  umumiy  ahvolning 
og’irligi (septik  holat), tana  haroratining doimiy baland yoki gektik bo’lishi, qal-
tirash, tana harorati pasayganda kuchli terlashni kuzatilishi, bosh og’rigi, holsizlik, 
ishtahani  yo’qolishi  belgilari  kuzatiladi  .Tomir  urishning  tezligi  tana  haroratiga 
qarab  o’zgarib  turadi.  Ba'zan  bemorning  koma  holatiga  tushadi.  Keyinchalik 
buyrak,  endokard,  jigar,  ichaklar  va  taloqda  patologik  o’zgarishlar  paydo  bo’ladi. 
Mahalliy belgilarga ko’z qovoqlarining shish, shishni ko’zning boshqa qismlariga 
tarqqalishi, ko’z shilliq pardasida serozli yoki gemorragik xemoz, ekzoftal'm, ko’z 
olmasini  old  va  yon  tomonga  siljishi,  harakati  keskin  cheklanganligi  va  og’rishi, 
ko’rish o’tkirligini pasayishi kabi belgilar kiradi. 
      Tashxis.  Rinogen  sepsis  tashxisini  qo’yish  uchun  bemor  shikoyatlari, 
anamnez  ma'lumotlari,  rinoskopiya,  rentgenografiya,  diagnostik  burun  yondosh 


bo’shliqlarini teshib ko’rish va kompyuter tomografiya tekshiruvi natijalariga aso-
san qo’yiladi. Bemorda sinusit aniqlanganda ikkilamchi sepsis, ya'ni rinogen sepsis 
tashxisi qo’yiladi. Bemorda isitmani 5 kundan ortiq davom etishi, uni hech bir sab-
absiz  ko’tarilib,  tushishi,  bemorda  qaltirash,  terlash  sepsis  kasalligidan  darak  be-
radi.  Sepsisni  va  ko’z  kosasi  qon  tomirlari  tromboflebiti  va  ko’z  kosasi  fleg-
monasidan   farqlash qiyin  emas. Agar ko’z  kosasi qon  tomirlarining  tromboflebi-
tida  ekzoftalm,  ko’z  qovoqlarining  shishi,  xemoz,  ko’rish  qobiliyatini  pasayishi, 
shox pardani zararlanishi, ko’z tubi venalarining kengayishi kuzatilsa, flegmonada 
mahalliy og’riq keskinroq bo’ladi, ko’z kosasida aylana shish paydo bo’ladi, shish 
maydoni igna  yordamida  teshib ko’rilganda undan  yiring va  tiniq suyukliq oqadi, 
klinik manzara odatda o’zgaruvchan bo’ladi. Aniq tashxis qo’yish uchun tana haro-
rati baland bemordan har 1 soatda 20 - 30 ml dan 3 marta bakteriologik tekshiruv 
uchun qon olinadi.  Qonda leykotsitoz  yoki  leykopeniya, trombositopeniya, bakte-
riologik tekshiruvning musbatligi  rinogen sepsis tashxisini tasdiqlaydi. 
      Davolash. Albatta infeksiya o’chog’ini sanatsiya qilish kerak bo’ladi, maqsadli 
antibiotikoterapiya,  antikoagulyantlar,  elektrolitlarni  quyish,  qon-tomir  dori 
vositalari, vitaminlar yuborish kerak bo’ladi.  
7.
 
ZAMONAVIY ENDONAZAL ENDOSKOPIYA JAR-
ROHLIK USULLARI. 
     Oxirgi  yillarda  endoskopiya  (funksional)  mikrojarrohlik  usullari  amaliyotga 
keng tadbiq etilmoqda. Bunday jarrohlik amallari burun bo’shlig’i shilliq qavati va 
burun  anatomik  tuzilmalariga  imkon  qadar  zarar  yetkazmaslik  tamoyiliga 
asoslangan  bo’lib,  bo’shliqlar  tabiiy  chiqish  yo’llarini  tiklash,  anatomik 
tuzilmalarni buzmaslik maqsadini ko’zlaydi. 
      Burun bo’shlig’i va burun yondosh bo’shliqlarini ko’zdan kechirish va shu so-
hada diagnostik va jarrohlik amalini bajarish uchun "Karl Storz", “Richard Wolf", 
"Karl Zeis" firmalari ishlab chiqqan qattiq va egiluvchan endoskoplar, uzunfokusli 
jarrohlik  mikroskopi  ishlatiladi.  Anatomik  jixatdan  murakkab  tuzilgan  burun 
bo’shlig’i va burun yondosh bo’shliqlarini ko’zdan kechirish uchun optik moslama 
asbobning yon tomonida joylashgan va ko’rish burchagi 0º, 30º, 70º, 90º, 120º, di-
ametri 4 va 2,7 mm teng endoskoplar ishlatiladi. 
      Shartli ravishda endoskopiya usulini ikkiga bo’lish mumkin: 
     1) diagnostik endoskopiyasi usuli
     2) jarrohlik endoskopiya usuli. 
      Diagnostik 
endoskopiya’ning 
maqsadi 
shilliq 
pardadagi 
patologik 
o’zgarishlarni  erta  aniqlash  va  sog’lom  shilliq  parda,  burun  chig’anoqlari  va 
boshqa anatomik tuzilmalarga zarar yetkazmay  kam jarohatli jarrohlik amalini ba-
jarishdan iborat. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə