Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71

     Agar abssess oldingi miya chuqurchasida joylashgan bo’lsa hud bilish buzuladi, 
yuz  mushaklari  bo’shashadi,  shox  parda  reflekslari  bo’shashadi,  qalqib  ketish  va 
manqalanish, ayrim  bosh miya nervlarini funksiyasini pasayishi kabi belgilari ku-
zatiladi.  Isitma  va  qon  tarkibini  o’zgarishi  ekstraderal  abssess  uchun  xarakterli 
hisoblanmaydi. 
     Ekstradural  abssessni  aniqlash  uchun  mahalliy  belgilar  ko’proq  informatsiya 
beradi:  yiring  joylashgan  sohani  suyak  qismiga  perkussiya  qilinganda  og’riqli 
hisoblanadi;  peshona  sohasida  to’qimalar  shishi  aniqlanadi;  mahalliy  bosib 
ko’rilganda mahalliy og’riqlar aniqlanadi.  
     Tashxis.  Rentgenogrammada  suyak  destruksiyasi  aniqlanadi.  Rinogen  kelib 
chiqishi burun bo’shlig’idan chiqqan sekretga bog’liq bo’ladi.  
     Davolash. Ekstradural abssessda barcha o’zgargan patologik to’qima olib tash-
lanadi  va  keng  qilib  ochib  qo’yiladi,  jarohatga  drenaj  qo’yolib  bo’shliq  antibioti-
klar bilan yuvib turiladi. 
6.3.
 
Subdural (qobiq ichi) abssessi. 
     Subdural abssess- yiringni miya’ning qattiq pardasi ostida yiring to’planishidir. 
Buning  kelib  chiqishi  asosan  ekstradural  abssess  tomondan  jarayonning  o’tishi, 
yoki qattiq miya pardani bo’shliq shilliq pardasi orqali boradigan venalari sababli 
infeksiya qattiq miya parda ostiga o’tishi mumkin.  
    Klinika.  Subdural  abssessni  yumshoq  miya  pardasidan  chandiqlar  yoki  granul-
yasiya  chegaralab  turadi.  Asosan  peshona  bo’shlig’ida,  frontitni  asorati  sifatida 
shakllanadi. Alohida uchrashi juda kam hollarda qayd qilinadi, ko’pincha boshqa 
asoratlar bilan qo’shilib keladi.  
    Subdural abssessni klinik namoyon bo’lishi qattiq miya pardani qaysi sohasi yal-
lig’lanish joyiga qarab va miya’ni peshona bo’lagini shishi yoki ezilishi hisobiga 
bog’liq bo’ladi. 
     Kasallikni  asosiy  belgilari  bo’lib  isitma  holati, kalla  ichi  bosimini  oshishi  (ab-
ssessni joylashgan joyiga qarab bosh og’rig’i, gohida diffuz bo’ladi; bradikardiya, 
ko’z  tubini  dimlanishi),  ruhiyatni  buzilishi,  meningeal  belgilarni  remitir  tipda 
kechishi.  Oldingi  miya  chuqurchasini  zararlanishi  ko’rish  qobiliyatini  pasayishi, 
ko’z olmasini harakatlantiruvchi nerv paralichi, motor afaziya, es-hushni buzilishi, 
patologik reflekslarni paydo bo’lishi, yuz va qo’l mushaklarini talvasa va paralich 
belgilari kuzatiladi. 
     Orqa miya suyuqligi tekshirilganda pleositoz va neytrofillarni oshishi, oqsil mi-
qdorini oshishi kuzatiladi.  
      Davolash. Yallig’langan bo’shliq sanasiya qilinganidan so’ng subdural abssess 
ochiladi. Jarrohlik mahalida qattiq miya pardasi yiring ustida subdural bo’shliqqa 
olib  boruvchi  sariq-  oq,  sariq-  yashil  rangli,  yupqalashgan,  usti  fibroz  yiring-  ne-


krotik qoplamali, granulyasiya bilan qoplangan, gohida shishgan, osilib chiqib tu-
radigan, pulsatsiyasiz, nekroz maydonlari, oqma bilan asoratlangan bo’lishi mum-
kin. Gohida o’zgargan qattiq miya pardasidan yiring chiqib turadi. 
     Subdural  abssessda  oqma  bo’lmasa  qattiq  miya  pardasini  3-4  yo’nalishda  4 
smdan chuqur bo’lmagan holatda diagnostik punksiya qilinadi. Qattiq miya parda-
ni ochilishi va rinogen abssessni drenajlash peshona bo’shlig’ini tashqi yo’l bilan 
oshilgandan  so’ng  amalga  oshiriladi.  Kapsulasi  yaxshi  shakllangan,  katta 
bo’lmagan  va  yuzaki  joylashgan  abssesslarni kapsulasi  bilan olib tashlanadi.  Bo-
lalarda  abssessni  kapsulasi  nozik  bo’lganligi  uchun  va  qattiq  miya  pardasi  bilan 
suyak  devori  orasi  yopishib  turganligi  uchun  abssessni  olib  tashlash  birmuncha 
qiyinchilik tug’diradi.  
6.4.
 
 Rinogen meningit. 
     Meningit-  meningeal  simptomlar  bilan  kechuvchi,  miya  qavatlarini  yal-
lig’lanishidir.  Yumshoq  miya  pardasini  yallig’lanishi  leptomeningit;  to’r  qavatini 
yallig’lanishi-  araxnoidit;  qattiq  miya  pardasini  yallig’lanishi-  paximeningit 
deyiladi.  Agar  yallig’lanish  jarayoni  yumshoq  va  to’r  qavatlarda  bo’lsa,  bunday 
holatdlarda meningit deb ataladi. 
     Yiringli  meningitni  qo’zg’atuvchilar  asosan  kokklar  hisoblanadi  (streptokokk, 
stafilokokk,  diplokokk),  kam  hollarda  mikroorganizmlar  keltirib  chiqaradi.  Lekin 
hozirgi  kunda  zamonaviy  tekshiruv  usullari  hisobiga,  ko’p  hollarda  surunkali  vi-
rusli infeksiya keltirib chiqarishi adabiyotlarda yozilib kelinmoqda.  
     Yiringli  meningit  asosan  peshona  va  etmoidal  bo’shliqlarda  yallig’lanishlar 
hisobiga, gohida og’ir kechuvschi subdural va miya abssesslari kabi asorat keltirib 
chiqarishi mumkin. 
     Tavsifnoma.  
 
Birlamchi-  o’tkir  kasalliklarda,  burun  va  burun  yondosh  bo’shliqlaridagi 
birlamchi  o’choqlardan  bakterial  infeksiya  to’gridan-  to’g’ri  subaraxnoidal 
bo’shliqqa tushishi natijasida kelib chiqishi.  
 
Ikkilamchi- boshqa kalla ichi asoratlari fonida- subdural yoki miya abssessi, 
sinustrombozda kelib chiqishi, kechishi og’irroq bo’ladi. 
 
Yiringli. 
 
Seroz (toksinlarni o’tishi hisobiga kelib chiqadi)- seroz meningit bitta kasal-
likni bosqichi deb qaraladi, ya’ni bundan so’ng yiringli meningit shakllanadi. 
      Klinikasi.    Rinogen  meningit  klinik  kechishi  ikkilamchi  yirinli  meningitdan 
farq qilmaydi. 
      Kasallik o’tkir boshlanib, bir necha soat ichida rivojlanadi. Doimiy yuqori ha-
rorat, umumiy  holatni og’irligi, umumiy  holsizlik,  bo’shashganlik, teri qoplamla-
rini  oqarishi  va  bir  qancha  umumiy  belgilar  bemorlarni  bezovta  qiladi.  Bunda 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə