Shavkat ergashevich omonov, xurram esonqulovich karabaev, sherzod baxramdjanovich gulyamov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/71
tarix18.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#44495
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71

    Abssessni shakllanish bosqichlari: 
1.
 
Ensifalit bosqichi; 
2.
 
Nekrotik parchalanish bo’shlig’ini shakllanishi; 
3.
 
Inkapsulyasiya; 
   Bu  abssess  travmatik,  rinogen  abssessdan  farq  qilib,  yomon  inkapsulyasiyaga 
uschraydi (gohida biriktiruvchi to’qimali kapsulasi bo’ladi), ko’proq tarqoq, to’liq 
chegarasiz miya moddasiga o’tadi, gohida esa katta hajmni egallaydi (1.83 rasm). 
                     
 
 
 
Peshona bo’lagini zararlanishida quyidagi belgilar kuzatiladi: 
1.
 
Markaziy nim falajlar yoki falajlar Qarama qarshi falaj- “bemor zararlangan 
o’choq tomonga qaraydi”. Yuz nervini periferik falaji. 
2.
 
Gipokinez; 
3.
 
Peshona ataksiyasi, turish va yurishni iloji bo’lmaydi. Tanani qarama- qarshi 
tomonga og’ishi aniqlanadi. 
4.
 
Peshona apraksiyasi (tugallanmagan ish); 
5.
 
Motor afasiya; 
6.
 
Tutqanoq xurujlari; 
7.
 
Ruhiy buzilish (tajovuzkorlik); 
8.
 
Es- xushni qisqa muddatga yo’qolishi; 
    Tavsif. 
    Abssess yakka yoki bir nechta bo’lishi mumkin. 
Abssessni klinik namoyon bo’lishi abssessni joylashgan sohasiga, kattaligiga, atrof 
to’qimalarga reaksiyasi va bosqichiga bog’liq bo’ladi. 
Miya abssessini 4 ta bosqichi bor. 
1.
 
Boshlang’ich  bosqichi-  infeksiya  va  toksikozga  birlamchi  reaksiya 
infeksiya’ni chegaralangan maydonga kirishi yoki intradural abssessni shakllanish 
bozqichiga  mos  keladi.  Bu  bosqich  bir  necha  kundan  2  haftagacha  davom  etishi 
mumkin. Bemorda umumiy va umumiy miya  belgilari kuzatiladi: ko’ngil aynish, 
1.83 rasm. Miya’ni peshona bo’lagini rinogen abssessi. MRT. 


qusish, ich qotish, ozini yomon his etish, subfebril harorat. Teri qoplamini oqarishi, 
charchoqli  ko’rinish,  yuzda  azob  chekayotganlik  belgisi,  uyquvsizlik,  anoreksiya 
kabi belgilar kuzatilishi mumkin. Meningial belgilar xarakterli hisoblanmaydi. 
2.
 
Latent  bosqichi-  bir  nechi  hafta  davom  etib,  infeksiya  bu  bosqichda  asta 
sekinlik  bilan  miya  moddasiga  kirishni  boshlaydi.  Kasallikni  subektiv  belgilari 
ko’pincha aniqlanmaydi. Umumiy miya belgilari aniqlanadi. Gohida bosh og’rig’i, 
kayfiyatni tushishi, ishtahani yo’qolishi kuzatiladi. Tana harorati va gemogramma 
o’zgarishsiz bo’ladi. 
3.
 
Ayon  bosqichi-  sekin-astalik  yoki  to’satdan  boshlanishi  mumkin.  1-3  hafta 
davom etishi mumkin, klinikasi ma’lumotlarga boyroq davr hisoblanadi. Bemorda 
umumiy,  umumiy  miya  va  o’choqli  belgilar,  orqa  miya  suyuqligi  o’zgarishlar 
rivojlanadi.  Bosh  miya’ni  peshona  bo’lagini  abssessni  asosiy  belgilari-  ruhiyatni 
buzilishi, vegetativ- vistseral buzulishlar hisoblanadi. Gohida hotirani buzilishi, es- 
xushi o’zgaruvchan bo’lishi, o’zini boshqarish noadekvat, eyforiya, kuluvchan, gi-
pokinez  (harakat  aktivligi  susayadi)  holatlari  aniqlanadi.  Tushkinlik  holati, sekin-
lashish, karaxtlik, bulimiya (ishtahani juda yuqori bo’lishi), tajavuzkorlikni yuqori 
bo’lishi, yutish va so’rish reflekslarini paydo bo’lishi, harorat yuqori bo’lishi, kalla 
ichi  gipertenziyasi  natijada  miya  to’qimasini  shishi  holatlari  aniqlanadi.  Peshona 
sohasida  chidab  bo’lmaydigan  va  ko’z  kosasini  tubida    perkussiyadan  keyin 
kuchayadigan va hech qanday analgetiklar bilan qoldirib bo’lmaydigan og’riq be-
zovta  qilishni  bo’shliydi.  Bradikardiya  absolyut  yoki  nisbatan  (haroratga  bog’liq 
bo’lmagan) bo’ladi. Bundan tashqari ko’z tubida dimlanish belgisi paydo bo’ladi, 
ko’rish qobiliyati pasayadi. 
      O’choqli belgilardan quyidagilar rivojlanadi: 
-
 
Yuz mushagini tortilib qolishi va qarama- qarshi tomonga falaji rivojlanadi, 
“ bemor zararlangan tomonga qaraydi”. 
-
 
Gemianopsiya  (qarama-  qarshi  tomonda  ko’rish  maydonini  yarmini  tushib 
qolishi aniqlanadi); 
-
 
Yuz nervini mimik jalaji; 
-
 
Peshona  ataksiyasi  (turib  yurish  qobilyatiga  ega  bo’lmaydi,  tanani  qarama- 
qarsh tomonga og’ishi); 
-
 
Peshona apraksiyasi (maqsadli va tugallanmagan harakatni buzilishi); 
-
 
Motor  afaziya, bemor  nutqni  tushinsa ham, lablari va  til bilan  harakat  qilib 
gapira olmaydi (chap peshona bo’lagini abssessi bo’lganida); 
-
 
Aleksiya (o’qish qobiliyatini yo’qolishi); 
-
 
Agrafiya (o’qish qobiliyatini yo’qolishi); 
-
 
Doimiy bo’lmagan tonik-klonik talvasalar kuzatiladi; 
-
 
Es- xushni qisqa muddatga yo’qolishi kuzatiladi; 
     O’choqli belgilari unchalik ham namoyon bo’lmaydi. 


4.
 
Termonal  bosqich.  Bir  necha  soatdan  bir  necha  kungacha  davom  etishi 
mumkin.  Sybratentorial  abssesslarda  yiring  miya’ni  qorinchalariga  quyilsa  yoki 
subaraxnoidal  abssess  ventrikulit  va  meningoensifalit  fonida  yuzaga  kelsa  o’lim 
holati  yuzaga  keladi.  Klinika  yashin  tezligida  meningit  klinikasi  bilan  qo’shilib 
shakllanadi. Davolash bu bosqichda kechiktirilgan va samarasiz bo’ladi. 
      Tashxis.  O’ziga  xos  shikoyatlar,  kasallikni  boshlanish,  klinik  va  nevrologik 
belgilar,  KT  va  MRT  tekshiruvlari,  orqa  miya  punksiyasi  natijalari  asosida 
qo’yiladi.  Orqa  miya  suyuqligi  bosim  bilan    tez  oqadi,  unda  oqsil-hujayra 
dissotsiatsiyasi,  leykositlar,  xloridlar,  qand  miqdorini  oshishi  qayd  etiladi. 
Bemorda  bosh  miya  transtektorial  yoki  chakka  bo’lagi  jarohati    bo’lishi 
mumkinligini esda tutish lozim! (1.84 rasm) 
Tashxis  qo’yish  uchun  ba'zan  burun  yondosh  bo’shliqlari  ochilganda  bosh  miya 
old chuqurchasi teshib ko’riladi. 
     Davolash.  Rinogen  bosh  miya  abssessida  yallig’langan  burun  yondosh 
bo’shlig’ida zudlik bilan jarrohlik amali bajarilib, bosh miyaga yaqin suyak devori 
olib tashlanadi va bosh miya teshib ko’riladi. Yiringli o’choq peshona bo’shlig’ida 
joylashganda,  peshona  bo’shlig’i  ochilib,  peshona  bo’shlig’i  orqa  devorining 
dekompressiyali  trepanatsiya  jarrohlik  amali  bajariladi.  Bosh  miya  qattiq 
pardasining  yuzi  ochilganda  quyidagilarga  e'tibor  berish  talab  etiladi:  uning 
rangiga,  qalinligiga,  fibroz  qarashlar  va  yallig’lanish  o’smalari  borligiga.    Bosh 
miya  qattiq  pardasi  kerakli  maydonga  yodning  spirtli  eritmasi  bilan  surtilgandan 
so’ng,  maxsus  yo’g’on  o’tmas  igna  yordamida    parda  teshiladi  (ignani  3-4  sm 
chuqurlikgacha  kiritish  mumkin).  Bosh  miya  abssessining  joyi  aniqlangandan 
so’ng  jarohat  maydoni  igna  bo’ylab  kengaytiriladi  va  abssess  bo’shlig’iga  teflon 
naycha  drenaji  o’rnatiladi  (ikki  bukib,  bukilgan  joydan  kesib,teshik  xosil  qilinadi 
va abssess bo’shlig’iga joylashtiriladi). Naychani tashqi teshigi orqali bo’shliq ichi 
dori vositalari bilan yuviladi.  
      Bosh miya abssessini ochish jarrohlik amali neyrojarroh  ishtirokida bajariladi. 
Abssess  maydoni  ochilgandan  so’ng  u  antibiotik  eritmasi  bilan  yuviladi,  jarohat 
maydoniga  0,2  g  eritromitsin  emulsiyasi  yuboriladi,  keyin  drenaj  o’rnatiladi. 
Abssess 
maydonini 
aniqlash 
maqsadida 
qo’shimcha 
tekshiruvlar 
(elektroensefalografiya, 
exoensefalografiya, 
 
komp'yuterli 
 
tomografiya, 
angiografiya) bajariladi. Hozirgi kunda bosh miya abssessi ko’pincha trepanatsiya 
teshigi orqali qobig’i bilan birga olib tashlanadi. 
Jarrrohlik amalidan keyin jonlantirish bo’limida davolanadi, yallig’lanishga qarshi, 
antibakterial,  detok-sikatsiya  va  degidratatsiya,  dezintoksikatsiya,  simptomatik 
davo tadbirlari olib boriladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə