Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə3/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Birinchidan, barcha darajadagi rahbarlar, erishilgan dastlabki ijo- biy ko‘rsatkichlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlikka aslo berilmasligi kerak.
Yangi Parlament va hukumatning kelgusi 5 yildagi faoliyatining pirovard maqsadi — O‘zbekistonda yashayotgan ko‘pmillatli xalqimiz hayotini yuksaltirishdan iborat bo‘ lishi shart.
u munosa at bilan deputatlarimizga murojaat qilib aytmoq- chiman. say ovoldi uchrashuvlarida aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalami hal etish bo‘yicha aniq dastur va «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish hamda ulami mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda to liq amalga oshirish zarur. Aks holda sizlarga ishonch bildirgan saylovchilar oldida deputatning obro‘si bo‘lmaydi, partiyaning mavqeyi tushib ketadi. Chunki bugun xalqimizning tafakkuri ham, dunyoqarashi ham, talab va ehtiyojlari ham butunlay o'zgardi. Odamlarimiz hamma narsaga ziyrak va teran nazar bilan qaramoqda.
Ikkinchidan, boshqaruv tizimi sifatini oshirishda «Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan asosiy tamoyilni amalda to‘liq ta’minlash bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz zarur.
Virtual va Xalq qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ziyod murojaat kelib tushayotgani xalq bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishni talab etadi.
Endi davlat idoralari rahbarlari va hokimlaming ushbu murojaatlami qay darajada hal etayotgani bo‘yicha hisobotini parlament va xalq deputatlari kengashlarida muntazam eshitish tizi­mi yo‘lga qo‘yiladi.
Mahalliy budjetlaming qo‘shimcha daromadini taqsimlash, nafaqa oluvchilami adolatli belgilash, ijro organlari rahbarlari ishiga baho berish bundan buyon Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida amalga oshiriladi.
Har bir deputat Xalq qabulxonalari bilan doimiy ishlab, o‘z hududida yashayotgan aholi muammolarini yechishda faol ishtirok etishi, odamlaming dard-u tashvishlarini tinglashi kerak. Shunda deputatlar o‘z saylovchilariga bergan va'dalari ustidan chiqadi, xalqning ishonchini oqlaydi, mehrini qozonadi. Shunda men ham nafaqat Prezident, balki oddiy saylovchi sifatida sizlardan juda minnatdor bo‘lar edim.
Uchinchidan, biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.

Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha - ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik.
Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi.
Sharq donishmandlari aytganidek, «Eng katta boylik - bu aql- zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!»

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə