Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə9/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Oltinchidan, biznes muhitini yanada yaxshilash biz uchun eng muhim masalalardan biri bo‘lib qoladi.
Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora- tadbirlami qabul qildik. Hukumat ushbu tadbirlaming amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur.
Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi.
Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda. Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo‘llanar edi. Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p mablag‘ qoladi.
Endi tadbirkor tomonidan to‘Iangan ortiqcha soliq o‘z muddatida qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha budjetdan foiz to‘lanadi. Buning ahamiyatini mana shu zalda o‘tirgan va «oynayi jahon» orqali mening so‘zlarimni eshitayotgan tadbirkor­lar, o‘ylaymanki, hammadan ko‘ra yaxshi tushunadi.
Soliq kodeksi normalarini har bir soliq xodimi, tadbirkorlar va soliq to‘lovchilar puxta o‘zlashtirishi, buning uchun ulami munta- zam ravishda o‘qitish zarur.
Soliq xizmati xodimlari dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish va malakali kadrlami tayyorlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi qoshida Fiskal institutini tashkil etishni taklif qilaman. Bu jarayonga katta tajribaga ega bo‘lgan nufuzli xorijiy ekspertlami jalb etish zarur.
Shu bilan birga, tadbirkorlami ko‘p qiynaydigan soha - litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartiblarini jiddiy o‘zgartira- miz. Ochiq aytish kerak, mavjud 280 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar orasida faoliyat turlari hisobini yuritish, mablag' un- dirish yoki shunchaki nazorat qilish uchun joriy qilinganlari ham bor. Bu esa tadbirkorlaming haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shu sababli Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes- ombudsman 2020-yil 1-martga qadar litsenziya va ruxsatnomalar berish asoslarini tubdan qayta ko‘rib chiqib, ulaming sonini kamida 2 barobar qisqartirish bo‘yicha aniq taklif kiritsin. Shuningdek, «Ki- chik va o‘rta biznes to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarur. Unda kichik va o‘rta biznes mezonlari hamda bu soha vaki Harin i rag‘batlantirish mexanizmlari nazarda tutilishi kerak.
Bu yi ar bir hududda tadbirkorlarga yer uchastkalariga oid ma lumotlami ochiq va haqqoniy yetkazish bo‘yicha yangi tizim jo- riy etamiz. Unga ко ra, tadbirkoming faoliyat yuritishi uchun zarur bo Igan bo sh yer maydonlari, bino va inshootlar, ulaming qiymati va shartlari haqidagi to‘liq xaritani istalgan vaqt va hududda onlayn tartibida olish imkoniyati yaratiladi.
Xabaringiz bor, bundan 2 yil oldin korxonalaming moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga nisbatan e’lon qilingan moratoriyning mud- dati tugadi. Lekin, bu yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlami boshlab yuborish mumkin, degani emas. Kimgadir yoqadimi-yo‘qmi, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Barcha nazorat idoralari rahbarlari shu- ni qulog‘iga yaxshilab quyib olsin.
2020-yilning birinchi choragida, ilg‘or tajribalar asosida, barcha darajadagi nazorat qiluvchi idoralarda yangi zamonaviy tizim jo- riy etilishi shart. Ana shu tizim orqali har bir korxona va tadbirkor bo‘yicha alohida-alohida ish olib borib, ulaming qonuniy faoliyat yuritishini ta’minlash, tekshirishni esa eng so‘nggi favqulodda chora sifatida adolatli o‘tkazish lozim. Mazkur masala yuzasidan, nazorat idoralarining rahbarlari parlament oldida har chorakda shaxsan hiso- bot berib boradi.
Bankrotlik borasidagi hozirgi tartib-tamoyillar korxonalami tugatish va mol-mulkdan tushgan mablag‘lar hisobidan qarzlami qoplashni nazarda tutadi. Shuning uchun so‘nggi 3 yilda atigi 3 ta korxonada sanatsiya qo‘llangan, xolos. Endi bunday qoidadan butunlay voz kechib, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalami eng ilguor xorijiy tajriba asosida sogMomlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etamiz.
Tadbirkorlaming huquqlarini ta’minlashda Oliy Majlisning ikka- la palatasi ham ta’sirchan parlament nazoratini yo'lga qowyishi zarur.
Tadbirkorlik sohasida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ay rim jino- yat turlarini jinoyat toifasidan chiqarish siyosatini izchil davom etti- rishimiz lozim. Jumladan, soxta tadbirkorlik, raqobatchining obi о si- ni tushirish kabi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi. Shuningdek, bojxona qonun hujjatlarini buzish bilan bog liq jino- yatni birinchi marta sodir etgan, lekin toUovlarni to‘lagan shaxslami jinoiy javobgarlikdan ozod qilish kerak.
Yuridik shaxs bo‘Igan tadbirkorlik subyekti a’zolariga «jino- ly uyushma» degan ayblov qo‘yib, ularga og‘ir jazo tayinlash kabi allaqachon umrini o‘tab bo‘lgan tartiblami bekor qilish vaqti yetdi. Buning oqibatida yuzlab tadbirkorlar qanchadan qancha aziyat chekib, moddiy zarar ko‘rayotganlarini inobatga olsak, bu o‘zgarishlaming qanday katta ahamiyatga ega ekani yaqqol ayon bo‘ladi.
Oliy sud, Bosh prokuratura, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi 2020-yil 1-aprelgacha ana shu masalalar bo‘yicha tegishli qonun loyihasini puxta ishlab chiqishi lozim.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə