Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə5/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Birinchidan, 2020-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash - iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir.
Biz shu yildan boshlab inflyatsiyaviy targetlash tizimini joriy qilishga o‘tdik. Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy
bank, Moliya vazirligi iqtisodiy o‘sish bilan inflyatsiya o‘rtasida muvozanatni ta minlashi, tashqi xavf-xatarlami hisobga olishi zarur.
Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani erkin raqobatga salbiy ta'sir qilmoqda. Shuni hisobga olib, endi asosiy e’tibomi narxlami belgilashga emas, balki korxonalar о rtasida sog‘Iom raqobatni ta’minlash orqali narxlami pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratishimiz kerak.
Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo4I ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlami yangilash hamda Iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi.
Iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘li - meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish hamda «daladan do‘kongacha» bo‘lgan uzluksiz zanjimi yaratishdir. Hukumat barcha darajadagi hokimliklar bilan ushbu vazifa ijrosini to‘liq ta’minlashi kerak.
Budjet mablagUarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish zarur.
Joriy yilda davlat tashqi qarzining yuqori chegarasini belgiladik. Bundan buyon xalqaro moliya tashkilotlaridan olinadigan mablag‘lami qaytarish imkoniyati va ulaming natijadorligiga jiddiy e’tibor qaratiladi.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda xalqaro ekspertlami jalb etgan holda, «Davlat moliyaviy nazorati tog‘risida» va «Davlat qarzi to‘g‘risida»gi qonunlar loyihalarini ishlab chiqsin.
Islohotlarimizga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan «yashirin iqti- sodiyot»ga barham berilmas ekan, sog lom raqobat ham, qulay in- vestitsiya muhiti ham shakllanmaydi.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda, xorijiy mutaxassislami jalb etgan holda, «yashirin iqtisodiyot»ning vujudga kelish omillarini chuqur tahlil qilib, unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlasin.
Shuningdek, «yashirin iqtisodiyot» uiushi yuqori bo‘lgan alkogol va tamaki bozorini tartibga solish uchun tovarlami raqamli markirovka qilish tizimini joriy etish ishlari boshlandi. Bu tizim kelgusida farmatsevtika mahsulotlari uchun ham qo‘llaniladi. Vazirlar Mahkamasi qiymati 200 million dollar bo‘lgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan amalga oshirilayotgan ushbu «raqamli markirovka va onlayn kassa» loyihasini alohida nazoratga olsin.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə