Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə127/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

25 - SH. Mirziyoyev, 4-jild
(TZBEKISTON XALQIGA RAMAZON
HAYITI TABRIGI
Qadrli va muhtaram vatandoshlar!
Awalambor, siz azizlami, yurtimizdagi barcha mo‘min- musulmonlami, nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka- ukalarimiz, opa-singillarimizni, azm-u shijoatli yoshlarimizni, iymon-e’tiqodli xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni bildiraman.
Ramazoni sharif ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida azal-azaldan alohida o‘rin egallab keladi.
Ushbu qutlug‘ oyda sabr-u qanoat, shukronalik, ruhiy poklanish, mehr va ko‘makka muhtojlarga yanada e’tiborli bo‘lish, savobli amallar qilishdek olijanob fazilatlar bu у il yurtimizda har qachongidan ham yaqqol namoyon bo‘ldi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.
Mard va matonatli xalqimiz koronavirus pandemiyasi, boshimizga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida «Alloh sabr-toqatli insonlar bilan birgadir», degan ilohiy o‘gitga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, yanada ahil va birdam bo‘lib, insonparvarlik, hamjihatlikning yuksak namunasini ko‘rsatganini jahon hamjamiyati e’tirof etmoqda. Bu bilan har qancha faxrlansak, arziydi.
Asrlar davomida xalqimiz ongida bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mustahkam iroda kabi ibratli fazilatlami shakllantirishda tabarruk Ramazon oyiga xos qadriyatlaming o‘mi va ta’siri albatta beqiyosdir.
Bu yil karantin tufayli Ramazon amallari va ibodatlarini ado etishda yuzaga kelgan ma’lum qiyinchiliklami to‘g‘ri tushunib, bu masalaga oqilona yondashgan, ayni vaqtda «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatida faol ishtirok etayotgan himmati baland tadbirkorlarimiz va fermerlarimizga, turli kasb egalari bo‘lgan kek- sa-yu yosh barcha vatandoshlarimizga shu ulug‘ ayyom kunlarida yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Aziz do‘stlar!
Ma’lumki, hozirgi kunda butun dunyo ahli kabi biz ham korona- virus pandemiyasi bilan bog‘liq mushkul vaziyatni boshimizdan o‘tkazmoqdamiz. Shu o‘rinda bir haqiqatni eslatib o‘tishni zarur, deb bilaman.
Karami keng Alloh taolo muqaddas Qur’oni karimda insonlami mas’uliyatli sinov kunlarida sabr va qanoatli bo‘lishga da’vat etib, «Albatta, qiyinchilik bilan birga yengillik ham bordir», deb marhamat qiladi.
Chindan ham, har qanday tashvish ortida yengillik va yorug‘lik borligini koronaviruskasalligidan sog‘ayib chiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimizning katta yordami va ko‘magi bilan o‘z hayotini yangitdan yo4lga qo‘yib olayotgan minglab yurtdoshlarimiz qalbdan his etmoqdalar.
Shu ma’noda, bugungi qiyinchiliklar albatta o‘tib ketadi, hali qancha xursandchilik kunlar, bayram va hayitlami barchamiz birgalikda nishonlaymiz, deb ishonaman.
Shubhasiz, har qanday mashaqqatni mehnat va matonat, sabr-u chidam bilan mardona yengib o‘tgan olijanob xalqimiz bu sinovlardan yanada kuchli va qudratli bo‘lib chiqadi.
Ana shunday qat’iy ishonch va ko‘tarinki kayfiyat bilan bugungi kunda yurtimizni taraqqiy ettirish yoMida davrning o‘zi talab etayotgan, biz boshlagan keng koMamli islohot va o‘zgarishlarni bir yoqadan bosh chiqarib, izchil amalga oshirib, oldimizga qo4ygan ulkan marralarga albatta erishamiz.
Siz, aziz va muhtaram vatandoshlarimni ezgu niyatlar ro‘yobga chiqadigan, xayrli amallar uchun behisob savoblar yog‘iladigan, 0‘zaro birdamlik, do‘stlik va ahillik tuyg‘ulari tarannum etiladigan shukuhli lyd-ul-Fitr bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman.
Fursatdan foydalanib, jahondagi barcha mo‘min-musulmon birodarlarimizni ham xalqimiz nomidan samimiy qutlab, ularga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka va farovon hayot tilayman.
Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ushbu saodatli onlarda qilayotgan toat-ibodatlari va duolari ijobat bo‘lsin!
Parvardigori olam doimo yo‘limizni ham, yuzimizni ham yorug4 qilsin! Yurtimizni, elimizni turli balo-qazolardan O‘zi asrasin!
Vatanimiz tinch, xalqimiz sog‘-salomat bo‘lsin!
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
2020-yil 24-may
MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT
VOSITALARI XODIMLARIGA

Muhtaram do4stlar!
Barchangizni 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sizlarga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Fursatdan foydalanib, jahon miqyosida yuz bergan pandemiya tufayli vujudga kelgan bugungi murakkab vaziyat va qiyinchiliklarga qaramasdan, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazib berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlami atroflicha aks ettirish yo‘lida o‘z professional burchini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, jumalistlar ahliga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizlarga ayonki, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda axborot sohasini tubdan isloh qilish va rivoj lantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Keyingi uch yilda bu borada o‘ndan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu fikmi tasdiqlaydi. Xususan, «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida o‘tgan bir yil davomida ko'plab vazirlik va idoralarda axborot xizmatlari zamon talablari asosida qaytadan, 201 ta tuman va shahar hokimliklarida esa birinchi marta tashkil etildi.
Ana shu xizmatlar tomonidan ijtimoiy jarayonlar haqida ishonchli axborot berish maqsadida matbuot anjumanlari,
brifinglar, mediaturlar tashkil etilmoqda, hayotimizdagi muammo ya hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda, ulaming veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, mobil messenjerlardagi sahifalari yangilab borilmoqda.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda katta auditoriyaga ega bo‘lgan qariyb 290 ta xususiy va idoraviy Internet nashrlari tashkil etildi. Ular boshqa material lar qatorida eng muhim rasmiy axborotlar, normativ- huquqiy hujjatlami o‘zbek, rus va ingliz tillarida tarqatmoqda.
Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshiri lay otgan keng ko‘lamli o‘zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e’tiborini qaratayotganini alohida qayd etish lozim.
Albatta, bugun biz hamma sohada, jumladan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida ham izlanishdamiz. Binobarin, bu yo‘lda yutuqlar bilan birga, kamchilik va nuqsonlar bo‘lishi ham tabiiydir.
Bu haqda gapirganda, milliy media maydonimizda zamonning o‘tkir talab va mezonlari, eng muhim tendensiyalarini ochib berish, tanqidiy tahlil, odamlar kutayotgan mavzu va muammolami dadillik bilan o‘rtaga tashlash hali ham yetakchi o‘rin egallamayotganini aytishga to‘g‘ri keladi. Afsuski, aksariyat axborot vositalarida ijtimoiy salmog‘i yengil bo‘lgan, hisobot va balandparvozlik ruhidagi materiallar hanuz ustunlik qilmoqda.
Yana bir muhim masala - ayrim jumalist va blogerlarimizda bilim va professional malaka, bahs madaniyati yetishmasligi jamoatchi- likni tashvishlantirmoqda.
Bu boradagi eng asosiy vazifa- ana shunday kamchiliklami chuqur o‘rganib, ulami bartaraf etish, mavjud miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlariga aylantirish, ommaviy axborot vositalarining samaradorligini oshirishdan iborat.
Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jumalistikaning butun dunyoda e’tirof etilgan, o‘zgarmas talab
va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi - xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydo- niga kirgan inson — u jumalist bo‘ladimi, bloger bo‘ladimi, bundan qat i nazar — ana shu qoidalarga amal qilishi shart.
Biz bo 1g usi jumalistlarimiz chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tilimiz bilan birga chet tillami, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.
Ana shunday yetuk kadrlami tayyorlashda eng awalo o‘zimizning boy ma’naviy merosimizga tayansak, albatta natija bo‘ladi. Bu borada jadidlar, xususan, bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug‘ alloma va publitsist Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy jumalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Siz azizlaming bugungi kasb bayramingiz bahona bir ezgu taklifni ilgari surmoqchiman. O‘zbekiston jumalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiyani ta’sis etsak, o‘ylaymanki, bu ham yoshlarimizni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuningdek, ayni vaqtda jahondagi yetakchi media kompaniyalarining kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlashga oid tajribasini chuqur o‘rganib, chet ellik jumalistlar bilan tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishimiz zarur.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə