Shavkat mirziyoyev


Muhtaram yosh do‘stlarim!



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə129/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Muhtaram yosh do‘stlarim!
Bugungi kunda zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalami mukammal egallash har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi shartiga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Ana shu haqiqatni chuqur anglagan holda, biz navqiron avlodimizning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun bor kuch va imkoniyatlami safarbar etmoqdamiz.
Shu maqsadda ulug‘ allomalarimiz nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi, Farg‘ona shahrida «Loyihalar fabrikasi» faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, Prezident va ijod maktablari bo‘yicha dasturlarimiz izchil davom ettirilayotgani sizlarga yaxshi ma’lum.
Iqtidorli yoshlami yanada qo‘llab-quwatlash uchun har bir hududda Yoshlar texnoparklarini barpo etishni boshladik. Umumiy qiymati 30 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan «Yosh olimlar» amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi e’lon qilindi.
Karantin sharoitiga qaramasdan, 6 milliondan ortiq maktab o‘quvchilari, 468 ming talaba o‘quv dasturlarida belgilangan darslami o‘z vaqtida va sifatli o‘zlashtirdi. «Online-maktab» loyihasi doirasida 17 ta fan bo‘yicha 4 mingdan ortiq telemashg‘ulotlar о tkazildi. Bu
jarayonga eng malakali pedagoglar jalb etildi, jumladan, Toshkent- dagi Prezident maktabining xorijlik mutaxassislari tomonidan ham mahorat darslari olib borildi. Imkoniyati cheklangan bolalami о qitishga alohida e’tibor qaratilib, barcha darslar surdopedagog va surdotarjimonlar tomonidan tushuntirib borildi.
O‘zbekistonning bu tajribasi UNESCO, UNISEF, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda.
Bugungi shiddatli zamonda, global miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham ortib bormoqda. Shu bois biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan va mas’uliyatli vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida tub o‘zgarishlami amalga oshirmoqdamiz.
Jumladan, keyingi uch yilda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari soni 60 foizga oshib, 116 taga yetdi. Ular orasida nufuzli xorijiy universitetlaming filiallari borligi alohida e’tiborga loyiq. Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari soni izchil oshirib borilmoqda. Agar 2016-2017-o‘quv yilida bu raqam 58 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 150 mingtaga yetadi. Ya’ni, bu yil maktab bitiruvchilarining 25 foizi oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Holbuki, 2017-yilda bu raqam 9 foizga teng edi.
Millat genofondini saqlash va davom ettirishning muhim omili bo‘lgan yosh oilalami qo‘llab-quvvatlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. So‘nggi uch yilda 2 ming 668 ta yosh oilaga uy-joy uchun 121 milliard 244 million so‘m boshlang‘ich to‘lov mablagMari 20 yil davomida foizsiz qaytarish sharti bilan to4lab berildi.
Barchamiz guvohmiz - bugun dunyo misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan keskin o‘zgarib bormoqda. Ijtimoiy hayotimizda ko‘plab ijobiy jarayonlar bilan birga, yosh avlodning qalbi va ongini egallashga qaratilgan ma’naviy tahdidlar ham tobora xavfli tus olmoqda.
Bunday murakkab vaziyatda farzandlarimizni zararli ta’sirlardan asrash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashash eng dolzarb vazifamiz bo‘lib qolmoqda.
Yoshlarimizni ona Vatanimizga, mustaqillikg‘oyalariga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ulaming iste’dod va qobiliyatini, ezgu intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida boshlagan katta ishlarimizni bundan buyon ham qat’iyat bilan davom ettiramiz.
Ayni shu maqsadda yurtimizning barcha viloyat va tumanlarida, shahar va qishloqlarimizda yangi-yangi ta’lim dargohlari, madaniyat va san’at maskanlari, sport inshootlari barpo etilib, yoshlar ixtiyoriga berilmoqda.
Shular qatorida poytaxtimizda bunyod etilgan muhtasham G‘alaba bog‘i, «Shon-sharaf» muzeyi, Toshkent shahrining tarix muzeyi, betakror Adiblar xiyoboni farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga xizmat qilishi, shubhasiz.
Yoshlarimizni jismoniy sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun besh muhim tashabbus doirasida ko‘plab stadionlar, suv havzalari, sport majmualari va saroylari barpo etilmoqda.
Eng muhimi, farzandlarimiz o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanadigan, sog‘lom turmush tarzini o‘z hayotiy maqsadiga aylantirgan yigit-qizlar safi kengayib bormoqda.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə