Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə20/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Beshinchidan, fuqarolik masalalariga oid qonunchilik- ni takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlash borasida navbatdagi muhim qadam qo‘yish zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Ayniqsa, mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan, lekin O‘zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘la olmayotgan minglab yurtdoshlarimizning ana shu muammosini qonuniy hal etish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralami ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Xususan, 1995-yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekis- ton Respublikasi fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darker. Shu tariqa 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog'liq uzoq yillardan buyon yechilmasdan kelayotgan muammolari hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasi bu masalani Oliy Majlis Qonunchilik pala- tasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqib, joriy yil 1-mayga qadar tegishli qonun loyihalarini taqdim etishi lozim.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari!
Biz jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlami izchil davom ettiramiz. Bu borada 30-iyul «Xalqaro do stlik kuni» munosabati bilan yurtimizda bi- rinchi marta «Do stlik haftaligi»ni va «Do‘stlik» xalqaro forum- festivalini o‘tkazishni taklif etaman.
Mamlakatimizda «jaholatga qarshi — ma’rifat» degan ezgu g oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo‘lib qoladi.
Joriy yilda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, kalom ilmi asoschisi Abu Mansur Moturidiy va uning davomchisi Abu Muin Nasafiyning hayoti, ilmiy merosiga bag‘ishlangan hamda diniy bag‘rikenglik mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
Imom Buxoriy bobomizning Samarqanddagi yodgorlik majmua- sini bu mo‘tabar zotning musulmon dunyosidagi ulug4 maqomiga mos ravishda mutlaqo yangi loyiha asosida qayta barpo etish ishlarini ham boshlaymiz. Shuningdek, buyuk alloma Bahouddin Naqshband bobomizning 700 yillik tavallud ayyomini yuqori saviyada o‘tkazishimiz kerak.
Sizlarga ma’lumki, keyingi yillarda yurtimizda olib borilayotgan insonparvar siyosat tufayli to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, bilib-bilmay xatoga qo‘l urgan fuqarolami sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda ham diniy ekstre- mistik yo'lga kirib qolganidan chin dildan pushaymon bo‘lgan shaxslaming ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va hal etish, ulami jamiyatga moslashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Jahonda shiddat bilan o‘zgarayotgan notinch va murakkab vaziyat, turli mojarolar jonajon Vatanimiz xavfsizligini, el-yurtimizning osoyishta hayotini ta minlash hamda mavjud tahdid va xatarlarga munosib javob berishga doim tayyor turishimizni taqozo etmoqda.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining yaqinda o’tkazil- gan majlisida bu boradagi ustuvor vazifalar va amaliy chora-
tadbirlami belgilab oldik. Qurolli Kuchlarimiz ushbu vazifalami samarali ado etadi, deb ishonaman.
Biz O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlagan keng ko‘lamli ishlami, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat yo‘lini davom ettiramiz. Olis va yaqindagi barcha davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va ko‘pqirrali sheriklikni yanada kuchaytiramiz.
Bu borada quyidagi ustuvor jihatlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə