Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə21/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Birinchi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlami mazmun va sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishimiz zarur.
Ikkinchi. Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Ame- rika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Birlash- gan Arab Amirliklari, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalami yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat beramiz.
Uchinchi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash va boshqa nufiizli xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni jadallashtirishni davom ettirishimiz zarur.
Orol muammosini hal etishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan tuzilgan Orol dengizi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p tomonlama Trast fondiga katta ishonch bilan qaraymiz.
Biz 0‘zbekistonning 2021—2023-yillar mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘lishi masalasini izchil ilgari surish niyatidamiz.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani
с 3 s ni а 1 etgan edik. Joriy yilda Inson huquqlari bo‘yicha .amaiqan orumini yoshlar huquqlariga bag‘ishlab o‘tkazish va nn a us i u onvensiya loyihasini muhokama etishni taklif qilaman.
Inson inquqlari bo yicha milliy strategiyani qabul qilishni ham tezlashtirishimiz kerak.
To rtinchi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida faoliyatimiz samarasini yanada oshirishimiz zarur.
О zbekistonning 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik qilishi biz uchun tarixiy ahamiyatga ega. Biz Hamdo‘stlikda savdo-iqtisodiy va transport-tranzit sohalarida hamkorlikni kengaytirish, tashkilot tomonidan qabul qilingan qarorlaming amaliy natijadorliginioshirishvaa’zo davlatlar o‘rtasida gumanitaraloqalami yanada mustahkamlash uchun barcha salohiyat va imkoniyatlami ishga solamiz.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan munosabatlami rivojlanti- rish - O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, joriy yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Markaziy Osiyo, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlari bilan oliy darajadagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi kutilmoqda. Tashriflar doirasida mamlakatimiz manfaatlariga xizmat qiladigan istiqbolli loyihalar va dasturlar qabul qilinishi kolzda tutilgan.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi bilan ham­korlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mamlakatimizdagi xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillariga o^zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Hurmatli vatandoshlar, aziz mehmonlar!
2020-yilda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.
Biznine mard yengilmas va olijanob xalqimiz buyuk G‘alabani ta’minlashga beqiyos hissa qo'shgani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Bu qonli urushda jami 1,5 milliondan ziyod
O‘zbekiston farzandlari tinchlik va ozodlik uchun mardona jang qilgani, ulaming har uch nafaridan biri o‘z yaqinlari bag‘riga qaytmagani, el-yurtimizning front ortida ko‘rsatgan jasoratini xalqimiz hech qachon unutmaydi.
Biz urush va front orti faxriylarini faqatgina bayramlarda emas, balki doimo e’zozlab, ardoqlashimiz, ulaming sog‘ligi haqida har kuni, har soatda o‘ylashimiz lozim. Joriy yilda ularga har tomonlama e’tibor yanada kuchaytiriladi. Jumladan, mamlakatimizning eng yaxshi sanatoriylarida ulaming salomatligini mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratamiz.
Urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan haqiqiy jasorat va matonatni kino, teatr san’ati, badiiy-publitsistik asarlar, ilmiy tadqiqotlar orqali ko‘rsatish, aholi, ayniqsa, yoshlarimizga ta’sirchan tarzda yetkazish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahrining Olmazor tumanida muhtasham G‘alaba bog‘i bunyod etilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Xotira va qadrlash kuni va G‘alabaning 75 yilligini har tomonlama munosib va yuqori saviyada nishonlash uchun tayyorgarlik ishlarini puxta tashkil etishimiz kerak.
Muhtaram yurtdoshlar!
Biz bundan uch yil oldin mamlakatimiz taraqqiyotini yan- gi bosqichga ko‘tarish maqsadida buyuk ishlami boshlaganmiz. Xalqimizning aql-zakovati, kuch-qudrati va salohiyatiga tayanib, bu yo‘lda dastlabki, lekin o‘ta muhim va salmoqli natijalarga erishmoqdamiz. Endi ana shu yutuqlarimizni mustahkamlab, yanada dadil va ulkan qadamlar tashlashimiz shart. Chunki yurtimizdagi islohot va o‘zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydigan tus olib, hal qi- luvchi pallaga kirmoqda.
Samaradorlik hammamiz uchun bosh talab, asosiy mezonga aylanmoqda. Bu borada 2020-yil barchamiz uchun alohida sinov va mas’uliyat yili bo‘ladi. Endi kechagi yutuq va marralar bizni sira qoniqtirmaydi. Nega deganda, bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbe- kiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə