Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə24/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Birinchidan, quyi palata har bir qonun loyihasi bo‘yicha xolis bahs-munozara va tortishuvlar makoniga, turli ijtimoiy manfaatlar o‘rtasidagi kurash maydoniga, chinakam «demokratiya maktabi»ga aylanishi zarur.
O‘tgan besh yil davomida palata faoliyati sezilarli darajada jonlanib, 540 ta qonun yoki 2010 - 2014-yillarga nisbatan 2 barobar ko‘p qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Agar 2015-yilda qabul qilingan qonunlarning bor-yo‘g‘i 11 tasini yaxlit va yangi qonunlar tashkil etgan bo‘ Isa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 3 barobar oshib, 35 taga yetdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bir sohaga taalluqli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan bir nechta qonunlar o‘rniga, yagona kodeks qabul qilish amaliyoti qaror topmoqda. Jumladan, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks, Saylov kodeksi kabi muhim hujjatlar qabul qilindi.
Shuningdek, o‘tgan ikki yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni qabul qilishni boshladik. Masalan, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi, «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarda havola shaklidagi normalar o‘miga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan qoidalar belgilandi.
Ayni vaqtda hayotning o‘zi, O‘zbekistonning jadal taraqqiyoti bu boradagi faoliyatimizni yangi sifat bosqichiga olib chiqishni talab etmoqda. Jahondagi ilg‘or tajribalar asosida partiyalar o‘z siyosiy manfaatlari, o‘z elektorati manfaatlarini ifoda etadigan qonunlarni qabul qilish uchun parlamentda qizg‘in bahs olib borishlari kerak. Buning uchun parlamentda ko‘pchilikni tashkil etadigan partiya va unga muxolifatda bo‘lgan partiyalar o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘- lishi lozim.
Albatta, Qonunchilik palatasida ham fraksiya o‘zini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. Bu fraksiya qonun birinchi o‘qishda ko4rib
chiqilgunga qadar mazkur masala bo‘yicha qonunning muqobil tahririni kiritish huquqiga ega ekani belgilangan. Lekin, tan olishimiz kerakki, bu institut shu paytgacha samarali ishlagani yo‘q.
Albatta, siz, hurmatli deputatlar tashabbus ko‘rsatish uchun о z ustingizda muntazam ishlashingiz, har bir soha bo‘yicha qabul qilingan qarorda xalq manfaatlari yo‘lida mustahkam zamin yaratishingiz kerak. Saylovchilar sizlardan tashabbus ko‘rsatib, o‘z muqobil fikringizni, qat’iy siyosiy irodangizni namoyon etishingizni kutmoqda. Chunki haqiqat bahs va tortishuvlarda tug‘iladi, degan gapda chuqur hayotiy ma’no bor.
Albatta, har bir deputat ma’lum bir sohaga oid qonunni qabul qilishda shu sohaning mutaxassisi sifatida fikr yuritishga qodir boUishi lozim. Chunki sizlar qabul qiladigan qonun hujjatlari millionlab odamlaming, butun xalqimizning hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Lekin bu ta’sir ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun xalq ishonchini qozongan deputatning xato qilishga, o‘z zimmasidagi yuksak mas’uliyatni unutishga sira haqqi yo‘q.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə