Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə32/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Ikkinchidan, islohotlarimizning bugungi bosqichi Hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda hokimliklar oldiga keskin talablar qo‘ymoqda. Bu talablar qonunlarda, Prezident farmonlari va qarorlarida, turli davlat va hududiy dasturlarda o‘z ifodasini topgan.
Shuning uchun vazirlik va idoralar rahbarlari ko‘proq hududlarda bo‘lib, joylardagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlami belgilab olmoqda. Lekin, ular- ning ijrosini kim nazorat qiladi? Albatta, xalq ishonchiga sazovor bo‘Igan senatorlarbuborada asosiy tashabbuskoi bo lib, mas uliyatni o‘z zimmasiga olishlari zarur.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Senat vazirlik va idoralar rahbarlari, hokimlaming mazkur chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hisobotini muntazam muhokama qilib borishi lozim. Bu jarayonda
hisobot shunchaki hisobot uchun bo6lib qolmasligi kerak. Aksincha, hisobotlar muhokamasidan so‘ng muayyan soha yoki hududda aniq о zgarishlar bo‘lishi zarur.
O‘ylaymanki, parlament nazorati natijalari asosida faoliyati qoniqarsiz, deb topilgan rahbarlaming lavozimda qolish yoki qolmaslik masalasi bo‘yicha Senat tomonidan Hukumat oldiga masala qo‘yadigan va ta’sirchan choralar ko‘radigan vaqt keldi.
Amaldagi qonunlarga asosan Senat parlament nazorati natijalari bo‘yicha hatto Hukumat a’zosini iste’foga chiqarish to‘g‘risida Prezidentga taklif kiritishi mumkin.
Fursatdan foydalanib, siz, hurmatli Senat a’zolariga murojaat qilib aytmoqchiman: aniq tahlil va asoslar bilan kiritilgan takliflami men ko‘rib chiqishga tayyorman.
Uchinchidan, yoshlar va ta’lim masalalari Senatning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerak.
Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo ma mot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir», degan so‘zlarini takror va takror aytishdan charchamayman. Nega deganda, bu fikr bugungi kunda har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz lozim.
Yoshlarimiz kimning avlodlari ekanini chuqur anglashlari kerak. Ayni vaqtda bugungi islohot va o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan bo‘lmayotganini bilishlari zarur.
Yaqinda yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda joriy yilda yoshiarga oid davlat siyosatida tub burilish yasash bo‘yicha ulkan maqsadlami belgilab oldik. Xususan, yoshlami har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ulami ish bilan ta’minlash, zamonaviy bi- lim va kasb-hunarlami egallashi uchun sharoit yaratish, qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ayniqsa, xotin-qizlarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ulaming muammolari bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, qiz bolalami mustaqil hayotga tayyorlash, shuningdek, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalar ijrosini Senat nazorat qilib, mutasaddi rahbarlaming yoshlar muammolarini hal etish borasidagi faoliya- tiga oid hisobotlarini eshitib, tegishli choralar ko‘rib borsa, maqsadga muvofiq boMardi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə