Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə34/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Oltinchidan, Senatning mahalliy kengashlar bilan hamkorligini, ular faoliyatiga amaliy va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozim.
Afsuski, bugungi kunda yuqori palatamizning bu boradagi faoliyati sustligicha qolmoqda. Eng achinarlisi, mahalliy kengashlar hududlardagi dolzarb masalalar yechimini topishda o‘z vakolatlaridan deyarli foydalanmayapti.
Ma’lumki, so‘nggi davrda, ayniqsa, oxirgi uch yilda mahalliy kengashlaming nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, hokim, hokim o‘rinbosarlari, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq va sog‘liqni saqlash idoralari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qo‘yildi.
Qonunchilikda mahalliy kengashlarga bunday keng vakolatlar berilgan bo‘lsa-da, amalda ulaming natijasi ko‘rinmayapti. Senat qo‘mitalari mahalliy kengashlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ymagani ham bunga sabab bo‘lmoqda.
Kengashlar faoliyat samaradorligini oshirishda men, birinchi navbatda, siz, muhtaram senatorlarga suyanaman. Shuning uchun do- imiy asosda ishlaydigan senatorlami mahalliy kengashlarga birikti- rishni nazarda tutadigan yangi tizim yaratish lozim. Buni saylovlarda kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar vakillari ham tavsiya etishgan.
Aslida senatorlar hududlar manfaatini himoya qiladilar. Shu­ning uchun senatorlarimiz har oyda bittadan mahalliy kengashni namunaviy ishlaydigan qilib bersalar, albatta xalqimiz ulardan rozi bo‘ladi.
u un°$a at bilan mahalliy kengashlarda senatoming j<a me mi as i etish о rinli bo‘ladi. Shu bilan birga, Senat Raisi, |1U u ar a arc a senatorlamijalbqilganholda, mahalliy kengashlar deputat arming tizimli о quvini tashkil etish amaliyotini joriy etishi lozim.
Senat av at boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda, mutlaqo yangi bo Igan tizimni, ya ni Senatorlar maktabini shakllantirishi kerak. Chunki, joylarda deputatlar korpusi qanchalik kuchli bo‘lsa, mahalliy kengashlar va albatta Senat ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Hurmatli senatorlar, men sizlaming har biringizni ko‘pni ko‘rgan, xalq ichida katta obro‘-e’tiborga ega, joylardagi muammolami va ulami hal qilish yo‘llarini yaxshi biladigan odamlar deb bilaman. Barchangiz fidokor va tashabbuskor bo‘lib, o‘z amaliy ishlaringiz bilan senator sifatida mamlakatimiz tarixida nom qoldirishingizni i stay man.
Endi ijro hokimiyati yomon ishlamoqda, deb nolib o‘tiradigan vaqt o‘tdi. Ijro organi faoliyati ustidan kim nazorat olib borishi kerak? Awalo, senatorlar emasmi?
Quyi kengashlar qanchalik faol bo‘lsa, Senatning ishi shuncha samarali bo‘ladi. Joylardagi ijro organlarini faol ishlatish ko‘p jihatdan senatorlarimizgabog‘liq.
Senatorlar joylardagi rahbarlar hisobotini eshitishi, mamlakatimiz darajasida hal qilinadigan masalalami Senat muhokamasiga kiritib borishi kerak. Ushbu faoliyatni samarali tashkil etish va mahalliy kengashlaming ish sifatini oshirish maqsadida ularda doimiy asosda ishlaydigan kotibiyat tashkil etishni taklif qilaman.
Shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, Kengashlarga vazirlik va idoralar hududiy tuzilmalari rahbai larining o‘z lavozimiga lovialiei vuzasidan taklif kiritish vakolatini bersak, nima deysizlar?
MaUumki, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida>>gt qonunda Kengashlaming ,«.» zid ’""l" °"’' “
lomonidan helgilangan МЫ. Ьеко, ф1»Л nazarda iuidgan.
Biroq, shu kunga qadar ushbu normani amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilmagan.
Senat hududiy vakillik palatasi ekanini inobatga olib, Kengashlaming qonunga zid qarorlarini bekor qilish vakolatini yuqori palataga berish to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə