Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə30/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Beshinchi. Parlament faoliyatiga aholini keng jalb etish maqsa­dida «Mening fikrim» veb-portali ishini takomillashtirish darker.
Ma’lumki, biz bu portalni davlat va jamiyat hayotiga oid muhim masalalarda xalq fikrini atroflicha o‘rganish va fiiqarolar tashabbusini har tomonlama qo‘llab-quwatlash maqsadida tashkil etgan edik. Lekin hozirgi kunda xalqdan tushayotgan takliflami chuqur o‘rganish va ulami muhokama qilish ishlari samarali yo‘lga qo‘yilganmi?
Bu savolni o‘rtaga qo‘yayotganimiz bejiz emas. Chunki, hozirgi kunga qadar tushgan takliflaming atigi 11 tasi keng muhokamadan o‘tkazilib, ular bo‘yicha palataning qarorlari qabul qilingan.
Umuman olganda, jamiyat hayoti uchun dolzarb muammolar ko‘tariladigan bo‘lsa, ulami keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilishning muqobil usullarini amaliyotga kiritish zarur.
Bu borada «Mening fikrim» veb-portaliga tushayotgan muroja- atlami televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida
deputatlar, mutaxassislar, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uc un ко rsatuv va eshittirishlar tashkil etish maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman.
Yana bir muhim masala shuki, Qonunchilik palatasining xalqaro parlamentlararo tashkilotlardagi ishtirokini faollashtirish lozim.
Bugungi kunda quyi palataning xalqaro aloqalari kengayib borayotgani hammamizga yaxshi ma’lum. Masalan, 2015-yilda palatada xorijiy davlatlaming parlamentlari bilan hamkorlik bo‘yicha 9 ta parlamentlararo hamkorlik guruhi faoliyat korsatgan bo‘lsa, 2019-yilda ulaming soni 28 taga yetdi, shundan 24 ta guruh Senat bilan birgalikda tuzilgani e’tiborga molik. Xalqaro munosabatlardagi samarali faoliyat natijasida o‘tgan davrda parlamentda 24 ta chet el delegatsiyasi qabul qilindi.
Milliy parlamentimiz qisqa muddatda ko‘plab nufuzli xalqaro parlamentlararo birlashmalaming faol ishtirokchisiga aylandi. Parlamentlararo ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tash- kilotining Parlamentlararo assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Parlamentlararo assambleyasi shular jumlasidan bo‘ lib, bizning deputatlarimiz ham mazkur nufuzli tashkilotlaming rahbarlik lavozimlariga saylandilar.
Xalqaro parlamentlararo aloqalami tizimli ravishda rivojlantirib borish bundan keyin ham deputatlaming doimiy e’tibor markazida bo‘lishi zarur.
Yana bir jihatga alohida e’tiboringizni qaratishni istar edim. Afsuski, partiyalarimiz o‘z siyosiy maqsad va dasturlarini ilgari surish va saflarini kengaytirish haqida faqat saylov arafasidagina eslab qoladilar. Asosan shu davrda ular o‘z a zolari bilan ishlab, ulaming sonini ko‘paytirishga intiladi. Bunday yondashuv, vaqtinchalik va rasmiyatchilik uchun qilinadigan ishlar qanchalik to g ri? Bu albatta noto‘g‘ri.
Aslida siyosiy partiyalar o‘z a’zolari sonini ko'payt.nsh ustida doimiy ishhshi dasturlarini hamisha takomillasht.nb, undag! maqsad va g‘oyalami kundalik hayotga tatbiq etib bonslu kerak emasmi? Shundagina partiyalaming januyatdag. va .jt.mo.y
hayotimizdagi o‘mi va ta’siri mustahkam bo‘ladi. Shuning uchun siyosiy partiyalar va ulaming fraksiyalari rahbarlari o‘z faoliyatini jonlantirishi, elektorat ichiga chuqur va tizimli ravishda kirib borishi lozim.
Yangi saylangan Spikeming birinchi o‘rinbosari, katta tajribaga ega huquqshunos olim sifatida ham, siyosiy partiyalar va fraksiya- larga o‘z faoliyatini takomillashtirishida doimiy amaliy ko‘mak va tavsiyalar berib borishi zarur.
Hurmatli do‘stlar!
Bugungi kunda jonajon O‘zbekistonimiz o‘z taraqqiyot yo‘lidan jadal ilgarilab bormoqda. O‘tgan uch yil davomida amalga oshirgan islohotlarimiz o‘zining dastlabki mevasini bera boshladi. Jahon hamjamiyatida O‘zbekistonga qiziqish va e’tibor, mamlakatimizning kuch va imkoniyatlariga, lining kelajagiga bo‘lgan ishonch tobora ortib bormoqda. Bu esa taraqqiyotning yangi bosqichiga chiqish, ko‘zlagan maqsadlarimizga yetish uchun mustahkam zamin yaratmoqda, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Ana shunday ulkan imkoniyatlami qo‘ldan bermasdan, yo‘limizdan og‘ishmasdan, yanada qat’iy ilgarilab borsak, ezgu maqsadlarimizga albatta yetamiz. Bu yo‘lda Qonunchilik palatasi, hurmatli deputatlarimiz yetakchi kuch bo‘lib maydonga chiqishlari kerak.
Xalqimizning eng sara vakillari sifatida sizlar buning uchun yetarli salohiyat va sharoitlarga egasizlar. Umuman olganda, deputatlarimiz o‘zining yurish-turishi, madaniyati, odobi va etikasi bilan barchaga ibrat va namuna bo‘lishi lozim. Spiker va uning o‘rinbosarlari bu muhim masalani o‘zining alohida nazoratiga olishi shart.
Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda deputatlaming malakasini doimiy oshirib borish yuzasidan yangicha tizim - deputatlik o‘quvlarini joriy etishni taklif qilaman.
El-yurtimiz sizlarga haqli ravishda katta umid va ishonch bilan qaramoqda. «Parlament xalq irodasining haqiqiy ko‘zgusi bo‘lishi zarur» degan ulug‘vor g‘oyani amalda namoyon etishingizni kutmoqda. Ana shunday ishonch, hurmat va e’tiborga munosib bo‘lish - bu juda katta baxt. Bag‘rikeng, mehnatkash va olijanob
хэ qimizning ana s u ishonchini har birimiz o‘z joyimizda amaliy ish ar i an oq as imiz kerak. Bu bizning nafaqat fuqarolik, balki, eng avva o, ona atanimiz oldidagi farzandlik burchimizdir.
Ishonaman i, yangi parlament tarkibida o‘z faoliyatini boshlayotgan barcha hurmatli deputatlarimiz ana shu talabni chuqur anglab, samarali faoliyat olib boradilar
Sizlami Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylanganingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat- salomatlik, kuch-g ayrat, faoliyatingizda yutuq va omadlar tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.
О ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj Us i Qonunchilik palatasining birinchi majlisidagi nutq
2020-yil 20-yanvar
SENATORLIK TASHABBUSKORLIK VA
FIDOYILIK DEMAKDIR

Assalomu alaykum, hurmatli Senat a’zolari!
Qadrli do‘stlar!
Avvalo, sizlami saylovlarda g‘olib bo‘lib, senator degan yuksak nomga sazovor bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi imkoniyatdan foydalanib, Oliy Majlis yuqori palatasining awalgi tarkibida samarali faoliyat olib borgan senatorlarga barchamizning nomimizdan minnatdorchilik bildiraman.
Albatta, oliy vakillik organi a’zosi bo‘lish har bir senator uchun nafaqat katta sharaf, balki ulkan mas’uliyat ham ekanini barchangiz yaxshi tushunasiz.
Senator - bu awalo xalq va davlat ishonchini qozongan inson. U chuqur bilim, boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, tinimsiz meh- nat qilib, tashabbus ko‘rsatib yashaydigan, xalq manfaatlarini doimo birinchi o‘ringa qo‘yib, o‘z taqdirini el-yurt taqdiri bilan chambarchas bogliq holda ko‘radigan shaxsdir.
Biz sizlaming timsolingizda ana shunday yetuk va faol shaxslami tasavvur qilamiz.
Ta’kidlash joizki, Senatning yangi tarkibi ancha yuqori professional darajada shakllandi. Buni Senat a’zolarining 20 nafarini iqtisodchilar, 19 nafarini muhandislar, 13 nafarini pedagoglar, 7 nafarini huquqshunoslar, 6 nafarini tibbiyot xodimlari, 5 nafarini agronomlar, 4 nafarini jumalistlar hamda 12 nafarini jamoat tashkilotlari vakillari tashkil etgani, ulaming orasida 16 nafar fan doktori, 12 nafar fan nomzodi mavjudligi ham tasdiqlaydi. Shuning- dek, Senat a’zolarining salkam 25 foizi xotin-qizlardan iborat bo‘lib, bu esa yuqori palataning faoliyati yangicha yondashuv va qarashlar asosida tashkil etilishidan dalolat beradi.
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Jonajon О zbekistonimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo ygan keyingi uch yil Senat uchun ham o‘ziga xos tub yangilanish va о zgarishlar davri bo‘ldi. Senat tomonidan ko‘rib chiqilgan qonunlar soni qariyb 230 taga yetgani va shundan 190 ta qonun so nggi uch yilda ma’qullangani ushbu yo‘nalishda katta ish qilinganini ко rsatadi. Bu boradagi ijobiy o‘zgarishlar nafaqat qonunlarning soni, balki ulaming sifati bilan ham bog‘liq, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Shu о rinda Senat qo‘mitalari tomonidan muhim tashabbuslar ilgari surilgani va ular ko‘plab dolzarb masalalar yechimiga xizmat qilganini ta’kidlash lozim. Miso! uchun, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining sug‘urta bozori samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflari mazkur sohani takomillashtirishga oid muhim qarorlarda o‘z ifodasini topdi.
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi ham keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflami inobatga olib, muhim tashabbusni ilgari surdi. Hozirgi vaqtda shu asosda to‘y va marosimlar o‘tkazishni tartibga solish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar hayotga jo- riy etilmoqda. Eng muhimi, ulami xalqimiz qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bundan tashqari, Senatda ichki ishlar va tashqi ishlar vazirlarining axborotlarini eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Senatning yalpi majlislarida viloyat hokimlarining hisobotlarini eshitish tartibi jo- riy etilgani parlament nazorati sohasidagi katta amaliy natija, deyish mumkin.
Shuningdek, xalqaro munosabatlar sohasidagi о zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorlik ifodasi sifatida Senatda 25 ta parlamentlararo guruh va 2 ta komissiya faoliyati yo Iga qo yildi.
Hurmatli senatorlar!
Yuqori palata ishining samaradorligini oshirish maqsadida yaqin va uzoq istiqbolda quyidagi muhim vazifalami amalga oshirish zarur,


muammolami hal etishning
deb hisoblayman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə