Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə33/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

To rtinchidan, Senat hududiy vakillik palatasi sifatida Davlat budjeti loyihasini ко rib chiqishi va uning ijrosi ustidan parlament nazoratini o‘matishi zarur.
Biz 2020-yil uchun Davlat budjetini birinchi marta qonun bilan tasdiqlash amaliyotini boshladik. Konstitutsiyamizga muvofiq, budjetni qabul qilish va uning ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolati hisoblanadi.
Ammo, qonunlarda budjet ijrosini faqat Qonunchilik palatasi tomonidan nazorat qilish tartiblari belgilangan. Ajratilayotgan mablag‘laming vazirlik va idoralar bo‘yicha, ayniqsa, hududlar kesimidagi ijrosini o‘rganish Senatning ham asosiy vazifasi bo‘lishi lozim. Shu munosabat bilan qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritish maqsadga muvofiqdir.
Sizlarga yaxshi ma’lumki, Qonunchilik palatasida Davlat bud­jeti boshqarmasi tashkil etilgan edi. Bu qisqa muddatda o‘zining dastlabki ijobiy natijalarini ko‘rsata boshladi. Yuqori palatamizda ham ana shunday faoliyatni amalga oshirish maqsadida Senatda alohida tuzilma tashkil etishni taklif qilaman. Ushbu tuzilma Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish jarayonlari ustidan hududlar manfaatidan kelib chiqqan holda nazorat olib borishda senatorlar- ning asosiy ko‘makchisi bo‘ladi, deb ishonaman.
Beshinchidan, jamiyat hayotining turli sohalaridagi dolzarb masalalami hal etishda parlament so‘rovi institutidan samarali foydalanish zarur.
2010-2014-yillarda Senat tomonidan atigi 3 ta parlament so‘ro- vi yuborilgan bo‘lsa, so‘nggi besh yilda 26 ta parlament so rovi va 700 dan ortiq senator so'rovi yuborilgan. Kelgusida parlament so‘rovi alohida viloyat, tuman, shahar miqyosidagi dolzarb masalalami ham qamrab olsa, maqsadga muvofiq bo’lardi. Biroq, senator so‘rovlarining sifati va natijadorligini oshinsh bo'yicha hah oldimizda ko‘p ishlar turibdi.
Afsuski, davlat boshqaruvi organlari tomonidan senatorlaming so‘rovlariga javob bermaslik holatlari ham mavjud.
Ta’kidlab aytmoqchiman, senator so‘roviga bepisandlik - bu xalqqa bo‘lgan bepisandlik, deb baholanishi kerak. Bunday holat- ga yo‘I qo'ymaslik uchun senator so‘rovini hududlar manfaatlari- dan kelib chiqqan holda shakllantirish, uning natijasiga oid axbo- rotni Senatning qo‘mita majlislari va yalpi majlislarida muhokama qilish zarur.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə