Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə36/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

To‘qqizinchidan, Senat davlat idoralarining jamiyatda xotin- qizlar rolini oshirish borasidagi faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirishi lozim.
Xotin-qizlami va oilani qo‘llab-quwatlashga qaratilgan davlat dasturi doirasida qator chora-tadbirlar belgilangan. Barcha daraja- dagi rahbarlarga ayollar, ayniqsa, yosh qizlaming bandligini ta’minlash va ulami zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatishni asosiy vazifa sifatida belgiladik.
Ana shu vazifalar ijrosini tashkil etish va nazorat qilishda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo mitasi muayyan ish olib bormoqda. Kelgusida ham mazkur qo mita gender tenglik- ni ta’minlash, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlami manzilli qo’llab-quwatlash va ulaming bandligiga ko’maklashtshga oid vazifalar ijrosini muntazatn o’rganib borishi zarur. Buning; nattja- si bo‘yicha mas’ul idoralar rahbariarmmg h^obot.m eshttilo, Ear­ning faoliyat samaradorligini oshinshga ко maklashis
Albatta, Senatda bu borada ozmi-ko‘pmi ishlar qilinmoqda. Lekin, afsuski, mahalliy kengashlarda bu masala bo‘yicha e’tiborga loyiq muhokamalar deyarli o‘tkazilmagan.
Ijro organlarida, vazirlik va idoralarda gender tenglikni ta’minlash, muhtarama opa-singillarimizga mas’ul lavozimlami ishonib topshi- rish bo‘yicha ko‘p ish qilishimiz kerak. Nega deganda, ayollarimiz hayotiy muammolami boshqalardan ko‘ra chuqurroq bilishi, fido- yiligi, kuchli mas’uliyat tuyg‘usi, mehnatsevarligi bilan barchaga o‘mak bo‘ladi.
O‘ninchidan, Senat faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlami yanada kuchaytirish zarur.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, yuqori palatamiz jamoatchilik, ayniqsa, ommaviy axborot vositalari bilan uzviy hamkorlikda ish olib bormoqda. Senat faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etildi va yuqori palataning maxsus veb- portali yaratildi.
So‘nggi paytlarda Senat majlislarini jonli efir orqali namoyish qi- lish amaliyotining joriy etilishi xalqchil parlamentni shakllantirish- ning muhim omili va xalq oldida hisobot berishning samarali vositasiga aylanmoqda. Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlami tizimli ravishda davom ettirish zarur. Shuningdek, Senatda bu boradagi ijobiy amaliyotni mahalliy kengashlar faoliyatiga ham joriy etish yaxshi natija beradi, deb o‘ylayman.
Navbatdagi dolzarb vazifa - parlament palatalarining qonun ijod- korligi jarayonidagi hamkorligini mustahkamlashdan iborat.
Bu borada muhim bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman.
Ikki palatali parlament tashkil etilganidan boshlab hozirgi kunga qadar jami 9 ta qonun Senat tomonidan rad etilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2005-yildan bugungi kungacha qabul qilingan barcha qonunlaming atigi 1,5 foizini tashkil etadi. Mazkurko‘rsatkichaksariyatrivojlangan davlatlarda bundan bir necha bor yuqori ekanini qayd etmoqchiman.
Biz qonunning Senat tomonidan rad etilishiga salbiy holat deb emas, aksincha, sifatli qonunlami qabul qilishga qaratilgan demokratik jarayon sifatida baho berishimiz lozim.
Yana bir muhim masala - qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish Senatning konstitutsiyaviy vakolati hisoblanadi.
Ay ri m ho 1 lai da qonunlami amalga oshirish mexanizmi bo‘ Imagani ulaming to liq ishlamasligiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, bunday mexanizm qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ularda o‘zaro muvofiq kelmaydigan holatlar mavjud.
Davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish bevosita Adliya vazirligining vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, Adliya vazirligining bu boradagi faoliyati parlament nazoratining markazida bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, parlament faoliyatini sifatli axborot-tahliliy material- lar bilan ta’minlash maqsadida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tashkil etilganedi. Islohottalablaridan kelib chiqib, mazkur institut faoliyatini yanada kuchaytirishimiz, uni deputat va senatorlaming chinakam ko‘makchisiga aylantiri- shimiz lozim. Xususan, qonun loyihalarining qizg‘in muho- kamasini o‘tkazish va qabul qilingan qonunlaming amaliyot- dagi ta’sirchanligini baholash bo‘yicha institut faoliyatining samaradorligini oshirish talab etiladi. Shu boisdan ham parlament mazkur institut faoliyatini tubdan takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiqdir.
Yana bir muhim masala - xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlar- ni rivojlantirishda yuqori palataning rolini yanada kuchaytirish lozim.
0‘zbekistonning obro‘-e’tiborini yuksaltirish, xalqaro aloqalarini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish Senatning muhim vazifasi bo‘lib qoladi. Senatning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati samarasini kuchaytirish maqsadida har yili aniq bir mavzuga bag'ishlangan xalqaio konferensiyalar, uchrashuv va forumlar o'tkazish uchun rejalar ishlab chiqish va ularni Tashqi ishlar vazirligi bilan birgali kda amalga oshirish lozim. Masalan, demokratik islohotlarni chuqurlashtinsh, .nson huquq va erkinliklarini ta’minlash, sud-huquq tizimini takom.llashtinsh, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va boshqa dolzarb masalalarni keng muhokama qilish maqsadga muvofiqdir.
Senat xorijiy davlatlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha har yili dasturlar qabul qilib, ijrosini qat’iy nazoratga olsa, bu yaxshi amaliyot bo‘lgan boMardi. Shu maqsadda Parlament diplomatiyasi konsepsiyasini qabul qilishni tezlashtirish kerak.
Shu bilan birga, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi bilan o‘zaro hamkorlikni aniq va uzoq muddatli ish rejalari asosida davom ettirish lozim. Bundan tashqari, Oliy Majlis a’zo bo‘lishi kutilayotgan Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi va boshqa xalqaro parlament tuzilmalari doirasida ham hamkorlikni kuchaytirish kerak.
Bu borada bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman.
Ma’lumki, O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchilarini tayinlash Senatning vazifasi bo‘lib, bu jarayonda ulaming kelgusi faoliyati uchun belgilab olgan dasturlari eshitiladi. Lekin, undan ke­yin-chi? Senat bilan elchilaming o‘zaro aloqalarini rivojlantirishga zarurat bormi? Albatta, bor. Shu sababli Senatning tashqi siyosiy va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi vazifalarini amalga oshirishda yuqo- ri palatada 0‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yishimiz kerak.
Hurmatli senatorial
Endi kun tartibiga kiritilgan tashkiliy masalaga o‘tadigan bo‘lsak, avvalo, Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishimiz zarur.
Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 93-moddasiga muvofiq, Senat Raisligiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilishi belgilab qo‘yilgan. Ana shu normaga asosan, ko‘p- chilik, jumladan, tajribali senatorlar bilan maslahatlashib, chuqur o‘ylagan holda, men Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator
Tanzila Kamalovna Narbayeva nomzodini taqdim etmoqchiman.
Tanzila Kamalovna so‘nggi 30 yilda turli mas’uliyatli rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilib kelmoqda. 1995-2010-yillarda


raisi,
Vazirlar Mahkamasida onalik va bolalik, sog'liqni saqlash, ijtimo- iy muhofaza masalalari bilan shug'ullangan. 2010-2016-yillarda 0‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi 2016-2019-yillarda Bosh vazir o'rinbosari — 0‘zbekiston Xotin- qizlar qo mitasi raisi lavozimlarida samarali mehnat qildi. Oxirgi olti oyda Senat Raisi sifatida katta ishlami amalga oshirdi.
Tanzila Kamalovna boshqaruv, jamoat ishlarida katta tajriba to‘plagan malakali rahbar kadrlarimizdan biri, desak, mubolag‘a boTmaydi.
Muhtaram senatorlar!
Bugun barchangiz ushbu nomzodni to‘liq qo‘llab-quvvat- laganingiz va o‘z hurmatingizni bildirganingiz Tanzila Kamalovnaga katta ishonch va g‘ayrat bag‘ishlashi shubhasiz.
Hurmatli Tanzila Kamalovna, Sizga mas’uliyatli faoliyatingizda yangi omadlar va ulkan zafarlar tilayman.
Endi Senat Raisining o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar haqida gapiradigan bo‘lsak, men bu vazifalarga quyidagi nomzodlami tavsiya etmoqchiman.
Senat Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Solihovich Safoyev nomzodini tavsiya etaman.
Bu kishi salkam 30 yil davomida tashqi siyosat va tashqi iqti- sodiy masalalar sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Turli yillarda tashqi ishlar vaziri, O‘zbekistonning Germaniya va AQSHdagi Favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlagan. 2005-2016-yillarda Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi, 2016-yildan buyon esa Senat Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Sodiq Solihovichni barchangiz mohir diplomat, xalqaro maydonda tanilgan jamoat arbobi sifatida yaxshi bilasiz. Bu rahbar ham o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalami munosib ado ettshiga tilakdoshman. _ . ,
Senat Raisi o'rinbosari lavozimiga senator Musa Tajetdmov.ch Emiyazov nomzodini tavsiya etaman.
Bu olijanob inson, oqsoqolimiz o‘z faoliyatini qurilish sohasidan boshlab, keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. Qoraqalpoq elining katta hurmat va ehtiromini qozonib, 2002-yildan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, bir paytning o‘zida Oliy Majlis Senati Raisining ©‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.
O‘tgan yili mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkam- lash, islohotlar jarayonlaridagi fidoyiligi, ibratli faoliyati uchun Musa Tajetdinovichga O‘zbekiston Qahramoni degan yuksak unvon berilganidan barchangiz xabardorsiz.
Bu ko‘pni ko‘rgan, tajribali va tashabbuskor rahbar, kamtarin va mehnatkash inson bilan senatorlar birgalikda samarali ishlaydilar, deb ishonaman.
Senat Raisi o‘rinbosari lavozimiga senator Zayniddin Mahamatovich Nizamxodjayev nomzodini tavsiya etaman.
Tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Mahamatovichni bu zalda ©‘tirganlaming hammasi yaxshi taniydi, deb o‘ylayman. Uzoq yillar davomida xalqimiz- ning sihat-salomatligi, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalari taraqqiyoti yo‘lida katta ishlami amalga oshirib kelmoqda. Bu kishi oxirgi 5 yilda Oliy Majlisning tegishli qo‘mitasi raisi sifatida faol ish olib bordi.
Zayniddin Mahamatovich yangi mas’uliyatli lavozimda sizlar bilan yaqin hamkorlikda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga ishonaman.
Hurmatli Senat a’zolari!
Albatta, hozir aytib o‘tilgan vazifalar barcha senatorlardan yuksak mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilikni talab etadi. Ushbu vazifalaming samarali amalga oshirilishi Senatni kelgusida professional palataga aylantirish borasida dastlabki muhim qadam bo‘ladi, deb ishonaman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə