Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə57/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

О zbekiston Respublikasi Prezidenti hitzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig ‘ilishidagi nutqdan 2020-yil 10-yanvar
MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH
BIZ UCHUN UMUMMILLIY MAQSADGA,
UMUMXALQ HARAKATIGA AYLANISHI ZARUR

Assalomu alaykum, hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!
Xabaringiz bor, yana sanoqli kunlardan keyin mamlakatimizda yangi o‘quv yili boshlanadi. Ushbu muhim voqea arafasida umumta’lim maktablaridagi ahvol, sohada olib borilayotgan islo- hotlami chuqurlashtirish, ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlanti- rish masalalarini har tomonlama muhokama qilib, oldimizda turgan eng muhim vazifalami belgilab olishimiz lozim.
Shuning uchun ham bugungi yig‘ilishda nafaqat rahbar va mutasaddilar, balki ushbu sohada faoliyat yuritayotgan tajribali, fidoyi va jonkuyar muallimlar, ziyolilar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etayotgani bejiz emas.
Yaqin tariximizda Prezident rahbarligida hech qachon bunday yig‘ilish o‘tkazilmagan.
Bugungi muhokamani shunchaki oddiy bir majlis emas, balki Davlat rahbarining sizlarga, butun xalqimizga va yoshlarimizga murojaati, deb qabul qilishingizni istardim. Chunki maktab masala- si - bu kelajak masalasi, hayot-mamot masalasi. Uni davlat, Hukumat va hokimlaming yolg‘iz o‘zi hal qilolmaydi. Bu - butun jamiyatning ishiga aylanishi kerak.
Afsuski, o‘tgan salkam 30 yil mobaynida biz bu masalaga yetarlicha e’tibor bermadik. Natijada nima bo‘Idi? Maktabni barbod qildik, o‘qituvchini ham yo‘qotdik. Bolalarda o‘qishga havas va intilish susaydi. Eng yomoni, maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy mu- hit yo‘qoldi.
О qituvchilik kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketdi. Oqibatda maktabdan erkak о qituvchilar ketib qoldi. O‘qituvchilaming mod- diy ahvoli, mehnat sharoiti haqida bosh qotirmadik. Ulami paxtaga, ко cha supurishga, ularga xos bo‘lmagan ishlarga jalb qilib, obro‘- e’tiborini tushirdik.
Ta lim haqida pastdagi ahvolni oTganmay, haqiqiy vaziyatni bilmay yarim-yuluq qabul qilgan dasturlarimiz ko‘p hollarda chalachulpa bajarildi.
Yangi davr o‘qituvchilarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalari, kreativ yonda- shuvlar haqida deyarli o‘ylaganimiz yo‘q.
Katta kuch va mablag‘ hisobidan barpo etilgan, lekin hayotda o‘zini oqlamagan kollej tizimiga zo‘r berib, maktabni butunlay esimizdan chiqarib qo‘ydik. Holbuki, ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori - bu maktab emasmi? Maktabni maktab qiladigan kim? O‘qituvchi emasmi?
Dunyodagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda barcha islohotlar maktabgacha ta’lim tizimidan, ya’ni bog‘chadan, maktabdan, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. O‘tgan asr boshida jadid bobolarimiz shu­tting uchun ham maktab masalasini eng birinchi o‘ringa qo‘ygan edilar.
Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir», degan so‘zlarida qanday chuqur ma’no bor. Biz esa sirti yaltiroq, ichi qaltiroq kollejlarimizga mahliyo bo‘lib, shuncha vaqtni bekorga boy berdik.
Yaqin o‘tmishda ham otalarimiz, akalarimiz, opa-singillarimiz juda hashamatli maktablarda o‘qimagan. Lekin ulaming bili- mi, malakasi, g‘ururi yuqori bo Igan, el-yurt taqdiriga betarq boMmagan.
Afsuski bugungi kunda bolaning qalbida ma’naviyat va ma’rifat cho‘g‘ini uyg'otadigan haqiqiy maktablar va o'qituvchilar nihoyatda kam.
Mana, Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi birinchi ixtisoslashtirilgan maktabga xalqaro maqom berdik. Chunki uning о quvchilari matematika fani bo‘yicha jahon miqyosiga chiqdi. Uning binosini, moddiy-texnik bazasini ko‘rsangiz, boshqalardan oshib-toshib ketgan joyi yo‘q. Lekin o‘qituvchilari, direktori zo‘r, о qitish metodikasi zamonaviy, tarbiyaviy ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.
Ming afsuski, maqtanib ko‘rsatadigan bunday maktablarimiz va namunali o‘qituvchilarimiz barmoq bilan sanarli. Qaysi viloyat, tuman va shahar hokimi o‘zining falon sonli maktabini yoki fanlar bo‘yicha biror-bir o‘qituvchisini namuna qilib, g‘urur bilan maqtana oladi? Ming afsuski, yo‘q. Chunki hali hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan, to‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, umuman shug‘ullanayotgani yo‘q.
Bugun chet eldan qancha-qancha investitsiyalar olib kelyapmiz. Qancha-qancha yangi korxonalar quryapmiz. «Aqlli shaharlar», «Aqlli uylar» qurish rejasini tuzyapmiz. Atom elektr stansiyasi barpo etishni boshladik. Bulaming hammasida ishlash uchun yuksak bi- limli, xorijiy tillami, zamonaviy texnologiyalami chuqur egallagan yoshlar kerak. Agar maktablarimiz ahvoli shunday bo‘lsa, qayerdan topamiz bunday kadrlami?
Biz o‘tgan davrda yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklarimizdan xulosa qilib, ota-onalar, jamoatchilikning istak va talablarini ino- batga olib, mamlakatimizda 11 yillik maktab ta’limi tizimini tikladik.
O‘tgan davr mobaynida xalq ta’limi tizimini isloh etish bo'yicha Prezidentning 6 ta farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi- ning 21 ta qarori qabul qilindi. Maktablaming moddiy-texnik bazasini, sohaning kadrlar salohiyatini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Yurtimizda ulug‘ allomalar — Mirzo Ulug‘bek va Muso Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, atoqli adiblarimiz - Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vbhidov, Abdulla Oripov, Ibroyim
Yusupov, Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, «Temurbeklar maktabi», Prezident maktablari, xususiy maktablar singari mutlaqo yangicha mazmun va shaklga ega bo Igan ta lim muassasalari ham barpo etilmoqda.
Xususiy maktablarga litsenziya berish tartibi soddalashtirildi, ular tomonidan attestat berilishiga ruxsat etildi. Natijada bunday maktablar soni so nggi 2 yilda 4 barobar ko‘payib, 89 taga yetdi.
Shu о rinda buyuk fransuz adibi Viktor Gyugoning «Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek bo‘ladi», degan so‘zlarini eslatmoqchiman. Bu nima degani? Maktab, ta’lim-tarbiya bor joyda bolalar yomon yo‘lga kirmaydi, jinoyat sodir etmaydi, demak, qamoqxonaga zarurat qolmaydi, deyapti ulug‘ yozuvchi.
Men bu hikmatli so‘zlarga qo‘shimcha qilib, nafaqat maktab ochgan, balki maktabda fidoyi bo‘lib ishlayotgan har bir o‘qituvchi, har bir ustoz ham mana shunday sharafli maqomga munosib, deb aytmoqchiman.
Bugungi uchrashuvda ishtirok etayotgan hurmatli muallimlari- miz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini biz el-yurti- mizning tayanchi va suyanchi, deb bilamiz va sizlar kabi mo‘tabar zotlar bilan doimo faxrlanamiz.
Biz bundan buyon ham maktablar tizimini rivojlantirish uchun mablag‘ni ham, imkoniyatni ham aslo ayamaymiz.
So‘nggi 3 yilda yurtimizda 157 ta umumta’lim maktabi yangidan qurildi.
O‘tgan o‘quv yilida maktablardagi o‘quvchilar soni 5 million 822 ming nafami, pedagoglar - 443 ming nafami tashkil etgan.
Agar statistikani keltiradigan bo‘lsak, maktab o‘qituvchilarining 70 foizini ayollar tashkil etayotganiga guvoh bo‘lamiz. Keyingi yillarda ta’lim-tarbiyada erkak o‘qituvchilaming alohida okmi va ta’sirini hisobga olib, ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida xalq ta’limi tizimiga qariyb 13 ming nafar erkak o'qituvchi qaytdi. Lekin bu hali juda ham kam.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə