Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish


Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#140948
1   2   3   4   5   6
Taqdimot

Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.

Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.

Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi.


Shaxs ijtimoiylashuvi.
Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir.

● Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud:

● Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud:

Ana’naviy - oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shart-sharoitlarni yaratish;

Institutsional - ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;

Shaxslararo - o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;

Refleksiv - o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.

● Shaxsning xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‘lgan obraz – “Men” obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.“Men” - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Demak, o‘z-o‘zini baholash - o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə