Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish


Yosh krizislari yoki “rivojlanishning normativ krizislari”



Yüklə 31,7 Kb.
səhifə6/6
tarix28.05.2023
ölçüsü31,7 Kb.
#113709
1   2   3   4   5   6
32463-SHAXS TARAQQIYOTINI DAVRLARGA BO (1)

Yosh krizislari yoki “rivojlanishning normativ krizislari” singari o‘ziga xos tushunchalar kiritgan. “Krizis” tushunchasi – muvozanat buzilish holati, yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi, shaxs motivatsion sohasining qayta qurilishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Unga mos biologik hamda sotsial qonunlarni bilish, qaysi yosh davrida mazkur jamiyatdagi individ u yoki bu muammolar bilan to‘qnashishi, bu muammolar qanday qilib o‘zaro aloqador bo‘lishi, qaysi faktorlarga ko‘ra muammo davom etishi va u qanday echimlarga ega ekanligi bilish mumkin bo‘ladi. SHaxs hayotidagi hech bir psixofiziologik (masalan, jinsiy etilish) yoki sotsial-psixologik (masalan, maktabga chiqish yoki turmush qurish) hodisalar quyidagi omillarsiz kechmaydi: a) individning xronologik yoshi; b) individning tug‘ilish sanasi; s) tarixiy davr va kalendar sanasi.
Ameriklik olimlar L.R.Sherrod va O.G.Brim insonning hayot yo‘li haqidagi tasavvurlarini quyidagi shaklda taqdim etishadi:

  1. Rivojlanish jarayoni ham, uning natijasi ham plyuralistik hisoblanadi: u ikkalasi bir tomonlama bo‘lmay, yakuniy natija ham bir xil bo‘lmaydi.

  2. Rivojlanish homila davridan to o‘limgacha davom etib, uning plastiklik va o‘zgarishga bo‘lgan qobiliyati butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Rivojlanishning turli jarayonlari hayotning turli vaqtida boshlanishi, davom etishi va tugashi mumkin. Turli jabhalardagi rivojlanish albatta, o‘xshash traektoriya yoki qonuniyatga ega bo‘lishi shart emas7.

  3. Turli insonlardagi rivojlanish bir xilda kechmaydi. Individlararo farqlar o‘z ichiga jinsiy, sotsial-sinfiy va boshqa xususiyatlar kabi biosotsial jarayonlar differensiatsiyasini olishi mumkin.

  4. Rivojlanish turli hayot faoliyati sohalari omillari tomonidan boshqarilishi va bu sohalar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin: ular bitta-yagona ta’sit tizimiga kirmaydi. Masalan, biologiya (rivojlanish etilishning sodda jarayoni emas) yoki muhit (rivojlanish tarbiya va ta’limning sodda jarayoni emas).

Hayotiy jarayonlar va perspektivalarning tizimli talqini – bu hayotiy reja bo‘lib, u o‘zida hayot strategiyasini namoyon etadi. Hayotiy taktikalar jamlanmasi hayot ssenariysini yaratadi. Hayot yo‘lini yaratish jarayonini tushuntirishning ikki yondashuvi mavjud bo‘lib, ulardan biri rejalashtirish, ikkinchisi ssenariy talqinidir.
Birinchi yondashuvni S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev va boshqa olimlar o‘z ishlarida ko‘rsatishgan bo‘lib, unga ko‘ra, shaxs ongli ravishda hayot jarayonini tanlaydi va boshqaradi. Bunda boladagi hayot yo‘li maqsadlari va tizimlari haqidagi qarashlarning shakllanishida ota-onaning roli muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. S.L.Rubinshteynning fikricha, “shaxs hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zi belgilaydi”.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlari (A. Adler, K. Rodjers, E. Bern va b.) shaxs hayot rejasini va hayot ssenariysini ongsiz ravishda tanlaydi va bu jarayon bola umrining dastlabki yillarida sodir bo‘ladi deb hisoblashadi8. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra, hayotiy reja shaxsiy hayot prognoz qilish va uni tasavvurlar va hissiyotlar orqali amalga oshirish sifatida ko‘riladi. Hayot ssenariysi esa shaxs hayot bo‘shlig‘ini cheklovchi hamda tizimlashtiruvchi, sekin-astalik bilan kengayuvchi hayotiy reja hisoblanadi. Hayot ssenariysini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar sifatida bolaning oilada tug‘ilish tartibi, ota-ona, buva va buvisining ta’siri (ularning xaddi-harakatlari, beradigan bahosi, emotsional qo‘lab-quvvatlashi yoki deprivatsiyasi va b.), bola tomonidan o‘z ismi va familiyasining qabul qilinishi, tasodifiy ekstremal holatlar va boshqalarni misol keltirish mumkin.


1 Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р.173

2 Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 555.



3 Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 556.

4Boeree C. G. Jean Piaget/ Personality Theories. Psychology Department Shippensburg University. 1997. – Р.3-10



5 Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 555.



6 Boeree C. G. Alfred Adler/Personality Theories. Electronic textbook/PsychologyDepartment Shippensburg University. 1997. – p. 6

7 Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 224

8 Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 553-593.



Yüklə 31,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə