Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish


D.B.Elkonin bo‘yicha bola rivojlanish davr va bosqichlari



Yüklə 31,7 Kb.
səhifə5/6
tarix28.05.2023
ölçüsü31,7 Kb.
#113709
1   2   3   4   5   6
32463-SHAXS TARAQQIYOTINI DAVRLARGA BO (1)

D.B.Elkonin bo‘yicha bola rivojlanish davr va bosqichlari:
- ilk bolalik davri ikki bosqichdan iborat: go‘daklik tug‘ilish krizisi bilan (shaxsning motivatsion-ehtiyoj sohasi), va ilk yosh davri, 1 yosh krizisi bilan (operatsion-tenik soha);
- bolalik davri 3 yoshlar krizisi bilan boshlanib, maktabgacha yosh davrini o‘z ichiga oladi (shaxsning motivatsion-ehtiyoj sohasi). Ikkinchi bosqich 7 yoshlar krizisi bo‘lib, unga kichik maktab yoshi davri kiradi (operatsion-tenik soha);
- o‘smirlik davri 11-12 yoshlar krizisi bilan boshlanadigan o‘smirlik (shaxsning motivatsion-ehtiyoj sohasi) va 15 yoshlar krizisi bilan bog‘liq ilk o‘spirinlik davrlariga bo‘linadi (operatsion-tenik soha). D.B.Elkoninning fikricha, 3 va 11-12 yoshdagi krizislar munosabatlar krizisi hisoblanib, uning natijasida shaxs munosabatlarida yangi orientatsiyalar shakllanadi. 1, 7 va 15 yoshdagi krizislar dunyoqarash bilan bog‘liq bo‘lib, olamdagi narsalarga bo‘lgan orientatsiyalarni o‘zgartiradi.
Zamonaviy yosh davrlari psixologiyasi bolaning psixik rivojlanishini davrlashtirishda etakchi sifatida D.B.Elkonin davrlashtirishini qabul qilishgan. Lekin ushbu davrlashtirish faqat ilk yosh davrlarini o‘z ichiga olgan. SHunga ko‘ra zamonaviy psixologiya oldida turgan asosiy muammolardan biri katta yoshdagi shaxslarning psixik rivojlanishini davrlashtirishdir.
3. Insonning hayot yo‘li va hayot tarzi
Hayot davri yoki uning davomiyligi tug‘ilish va o‘lim orasidagi vaqtinchalik intervalni anglatadi. Hayot davomiyligi muhim sotsial va psixologik natijalarga ega: unga ko‘p holatlarda avlodlar yashash davomiyligi hamda bolalarning dastlabki ijtimoiylashu jarayonlari bog‘liqdir. Shunga qaramasdan, “Hayot davri” formal tushuncha bo‘lib, shaxsning hayot mazmuniga bog‘liq bo‘lmay, individual mavjudligining xronologik doirasini anglatadi.
Hayot sikli shuni taqazo qiladi-ki, hayot yo‘li ma’lum qonuniyatga bo‘ysunadi, uning bosqichlari (“hayot yoshi”, “hayot davrlari”) esa doimo o‘zgarib turadi. A.Adler hayot yo‘li tushunchasining o‘rniga hayot uslubi tushunchasini ishlatgan. Uning qarashicha, hayot uslubi insonning olamga va o‘z-o‘ziga beradigan e’tibori bo‘lib, maqsadlari intilishlari tomon yo‘nalgan bo‘ladi. A.Adlerning fikricha, hayotdagi mohiyat shaxsning 4-5 yoshlarida anglab bo‘lmas hissiyotlar orqali erishiladi. 5 yoshlarning oxiriga borganda, bola turli muammo va vazifalarga nisbatan amalga oshiriladigan xaddi-harakat va shaxsiy uslubining namunasiga ega bo‘ladi6. Individual rivojlanishni tavsiflash uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan zamonaviy ilmiy termin – bu “Hayot yo‘li”dir. Bu termin shaxs rivojlanish jarayonini bildirib, unda hayotiy jarayonlarni va shaxs shakllanishini boshqarish amalga oshadi. Oxirgi paytlarda hayot yo‘lini tizimli o‘rganish va biografik metod rivojlanish psixologiyasida muhim o‘rin egallagan. Zamonaviy fan rivojlanishdagi sifatiy siljishlar, sakrashlar hamda krizislar muammosiga katta e’tibor qaratmoqda. Modomiki, turli krizis davrlari va sotsial o‘zgarishlar – ba’zida kasallik holatlari – psixologik qayta tiklanish shaklida kechadi. Shunga ko‘ra, rivojlanish psixologiyasi “
Yüklə 31,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə