195
bir xil yechimga ham ega emas. insoniyat bularni hal etish choralarini
tinimsiz izlamog‘i lozim. hozirgi zamon tafakkuri darajasida
mulohaza yurituvchi ko‘pgina mutaxassislarning
hisoblashicha,
global buhronlarni bartaraf etishning dastlabki sharti – bu ma’naviy
yuksaklik, uning insoniylashgani bo‘ladi. zamonaviy insonparvarlik
eng kamida uchta asosga: globallashuvni anglashga, zo‘ravonlikdan
voz kechishga va adolatlilikka tayanadi. bularning hammasi inson
huquqlarini tan olishga va insoniyatning yaxlit ma’naviy-axloqiy
takomili tizimini yaratishga borib taqaladi.
xalqaro kuch-g‘ayratlarni birlashtirish
global muammolarni
hal etishning muhim omili hisoblanadi. shu yo‘l bilan savdoni
rivojlantirish, barcha sohalarda aloqalarni
mustahkamlash mum-
kin.
global muammolar xalqlar, mamlakatlarning xususiy va umumiy
manfaatlari bilan aloqador Rio-de-Janeyroda 1992-yili bo‘lib o‘tgan
xalqaro anjumanda ham alohida ta’kidlangan edi.
davlatlar va
hukumatlar boshliqlari ishtirokida o‘tgan bu anjumanda
«barqaror
rivojlanish konsepsiyasi»
qabul qilinib, unda ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarning yechimini
atrof-muhitni himoya qilish, hozirgi
avlod hayotiy ehtiyojlarini qondirishni
kelajak avlod uchun ham
shunday imkoniyatlar qoldirish bilan qo‘shib olib borish ko‘rsatib
o‘tildi.
Asosiy tushunchalar
•
Baynal i
jtimoiylik
– insoniyatning asosiy ijtimoiy birlik lari
o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
•
Etikologiya
– kishilar ma’naviyati
sofligini saqlash va uni
tanazzuldan asrashni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: