Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ii bob. Shaxs
www.ziyouz.com kutubxonasi


58
erkinligining hissiy-buyumlashgan tarzda namoyon bo‘lishidir. bunda 
oxir-oqibatda shaxs bilan sotsium manfaatlarining uyg‘unligi masalasi 
alohida ahamiyatga ega.
shaxs va u mansub bo‘lgan tuzilma – jamiyat manfaatlari 
muammosi, shaxs erkinligi masalasi borasida bir-birini istisno 
qiladigan ikki xil qarashlar mavjud. ulardan birida inson shaxsi 
manfaatlarini rivojlanishning belgilovchi omili hisoblanib, mut-
laqlashtiriladi. ikkinchisi esa, aksincha, insonga shunchaki bir unsur 
sifatida qarab, uning manfaatini ijtimoiy manfaatlar oldida ahamiyatsiz 
qilib qo‘yadi. tashqaridan qaraganda bu nuqtayi nazarlar bir-biriga 
qarama-qarshi turadi. amalda esa ularning har ikkalasida ham 
manfaatlar nisbati to‘g‘risida gap boradi.
shaxs mohiyatining ko‘pgina muhim 
qirralari, uning tabiatidagi qator jihatlari, 
imkoniyati, bajarishi lozim bo‘lgan va-
zi falari va hokazolar qadimgi davrlardan boshlab insoniyatning 
butun tarixi davomida kishilar hayoti jamiyat tarzida qanday tashkil 
qilinganiga, siyosiy hokimiyatning o‘rniga hamda amaldagi huquqiy 
tizimlar qay tarzda mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. boshqacha qilib 
aytganda, shaxs jamiyatning demokratiyaviylik darajasiga bog‘liq 
holda shakllanadi.
demokratiyaning ilk ko‘rinishlari sivilizatsiya tongidayoq 
qa ror topgan bo‘lib, insoniyatning buyuk qadriyati hisoblanadi. 
biroq insoniyat rivojlanishining butun bosqichlarida demokratiya 
yo sahnadan ancha vaqtda tushib ketib, yo qisqa vaqtda tiklanib, 
mutafakkirlarning o‘y-fikrlari markazida inson bilan inson, inson 
bilan jamiyat uyg‘unligini ta’minlaydigan ijtimoiy muhit shakllarini 
topishga urinish yotadi. sharq uyg‘onish davrida Forobiy va boshqalar 
antik davrning demokratiyaga doir qarashlarini rivojlantirib, ancha 
ilgarilab ketgan edilar. movarounnahrda jamiyatni, kishilar hayotini 
tashkil etish va boshqarishning o‘z davri uchun tipik jihatlari dastlab 
xorazmshohlar, keyinroq amir temur davrida rivoj topdi. bularda 
(masalan, «temur tuzuklari»da) jamiyat va shaxsning siyosiy huquqiy 
maqomlari aks etgan edi.
shaxs erkinliklari, uning davlat oldidagi 
burch va majburiyatlari demokratiyaviy 
konstitutsiyalarda qonunlashtirilgan 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə