Shaxsning o'z-o`zini anglashi masalasi borasidagi nazariyalar tahlili. Reja



Yüklə 119,02 Kb.
səhifə14/15
tarix27.09.2023
ölçüsü119,02 Kb.
#123951
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4 Shaxsning o\'z-o`zini anglashi masalasi borasidagi nazariyalar tahlili.

mavjud bo‘lganlarni (mavjud, tajribada ma’lum bo‘ladigan) va rivojlanayotgan shaxsda maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sirlar sharoitida mavjud bo‘lishi mumkinlarni aniqlash kiradi. Bu shaxs shakllanishini o‘rganishga psixologik yondoshuvdir; 2) shaxs shakllanishi maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya sifatida. Bu shaxs shakllanishiga doir masalalarni va usullarni hal etishga bo‘lgan pedagogik yondoshuv. Pedagogik yondoshuv jamiyatning ijtimoiy talablariga mos kelishi uchun  shaxsda shakllanishi kerak bo‘lganlarni aniqlashtirish zarurligini belgilaydi.
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, unga aylanadi. Shaxs taraqqiyoti bo‘ysunadigan qonunlarga doir turli nuqtai nazarlar mavjud. Turli xil shaxs nazariyalari ko‘pchilikni tashkil etadi, ularning har birida shaxs taraqqiyoti muammosi o‘ziga xos holatda ko‘rib chiqiladi. Psixologik tahlil nazariyasi rivojlanishni insonning biologik tabiatini jamiyatdagi hayotga moslashuvi, insonda ehtiyojlarni qondirishning ma’lum himoya mexanizmlari va usullarining ishlanmasi sifatida tushuntiradi. Xususiyatlar nazariyasiga ko‘ra, shaxs xususiyatlari hayoti davomida shakllanadi, ularning hosil bo‘lish, o‘zgarish va barqarorlashtirish jarayonlari nobiologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy ta’limot nazariyasiga ko‘ra, shaxs taraqqiyoti jarayoni odamlar o‘zaro ta’sirlashuvi ma’lum usullarining shakllanishi sifatida o‘rganiladi. Umuminsoniy va boshqa noyob hodisalar bilan bog‘liq nazariyalar «men»ning vujudga kelish jarayoni sifatida tushuntiradilar.
Shaxs taraqqiyoti uning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi jarayonida sodir bo‘ladi. Mavjudligining birinchi kunlaridan boshlaboq, inson o‘ziga o‘xshaganlar qurshovida bo‘ladi, turli xil ijtimoiy munosabatlar va o‘zaro harakatlarda qatnashadi. Birinchi ijtimoiy tajribani oilasi sharoitida orttiradi, so‘ngra turli jamoalar sharoitida shaxsining ajralmas qismiga aylangan sub’ektiv tajribani to‘plab boradi. Bu jarayon, shuningdek, individ tomonidan ijtimoiy tajribaning faol tarzda ishlab chiqarilishi 
Yüklə 119,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə