Shaybonilar davrini tashkil topshi



Yüklə 17,55 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü17,55 Kb.
#156951
1   2   3   4
shayboniyxon davlati

Muhammad Shayboniy

  • Oʻzbek ulusi hukmdori Abulxayrxonning (1428—1468) oʻn bir oʻgʻli boʻlib, ulardan biri Shayboniyxonning otasi Shohbudogʻ boʻlgan. Shayboniyxonning onasining ismi Oq Qoʻzi biyim boʻlgan[7].
  • Tarixchi Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shohbudog‘ sulton to‘ng‘ich o‘g‘liga Sulton Muhammad Shayboniy ismini qo‘ygan, taxallusi esa „Shohbaxt“ boʻlgan[8].
  • Manbalarga ko‘ra, Shayboniyxonning nasabnomasi quyidagicha: Chingizxon oʻgʻli Joʻchixon, Joʻchixon oʻgʻli Shaybon, Shaybon oʻgʻli Baniyol Bahodur, Baniyol Bahodur oʻgʻli Yis Buka, Yis Buka oʻgʻli Jochi Bukaxon, Jochi Bukaxon oʻgʻli Shohibekxon, Shohibekxon oʻgʻli Abduloʻg‘lon, Abduloʻg‘lon oʻgʻli Mingtemurxon, Mingtemurxon oʻgʻli Fuladxon, Fuladxon oʻgʻli Ibrohimo‘g‘lon, Ibrohimo‘g‘lon oʻgʻli Davlatshayx o‘g‘lon, Davlatshayxo‘g‘lon oʻgʻli Abulxayrxon, Abulxayrxon oʻgʻli Shohbudogʻxon, Shohbudogʻxon oʻgʻli Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan

Tashqi siyosati

  • Shayboniylarning asosiy geosiyosiy va diniy raqibi va dushmani shialik hukmronlik qilgan Safaviylar davlati boʻlgan. Har ikki davlatda hukmron til fors tili boʻlganiga, turkiy tillarda soʻzlashuvchi sulolalar davlat boshida turganiga qaramay, bu ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar faqat diniy tafovut va qarama-qarshiliklar tufayli keskinligicha qolib kelgan.
  • Usmonli imperiyasi gʻarbdan Safaviylar davlati bilan raqobatlashgan, Shayboniylar davlati bilan Usmonlilar davlati oʻrtasida mustahkam diplomatik aloqalar va ittifoqchilik aloqalari oʻrnatilgan. Usmonli imperiyasi Safaviylar davlatining o‘ta shimoli-sharqiy qismini egallagan Xurosonda hukmronlik uchun kurashda Shayboniylarni qo‘llab-quvvatlagan. Davlatlar oʻrtasida karvonlar, savdogarlar almashinib turgan, har ikki hukmdorning saroyiga elchilar kelib ketgan.
  • Shimoli-gʻarbiy qoʻshni — Xorazm davlati bilan turli munosabatlar kechgan. Turli davrlarda munosabatlar turli hodisalar va omillar taʼsirida yo yaxshilangan yoki yomonlashgan. Shuningdek, Shayboniylar Min imperiyasi bilan aloqalarni saqlab turganlar. Shayboniylar elchilarining 1536-yilda imperator Szyaszin saroyiga kelishi haqida ishonchli maʼlumotlar mavjud. Qozoq xonligi bilan ham, Shirvonshohlar davlati bilan ham iliq munosabatlar saqlanib qolgan

Yüklə 17,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə