Shisha tayyorlash



Yüklə 8,91 Kb.
tarix02.03.2018
ölçüsü8,91 Kb.
#29216

Aim.uz


Shisha tayyorlash


Shisha ishlab chiqarish eng qadimiy sanoat tarmoqlaridan biri bo‘lib, ilk bor eramizdan 4 ming yil oldin Misrda boshlangan. Evropaga shisha ishlab chiqarish sirlari I asrda (Rim) yetib kelgan. Keyinchalik shisha ishlab chiqarish Bogemiyaga (Chexiya) o‘xshash tog‘lik va o‘rmonzor joylarda (1526-yili) rivojlangan.

O‘zbekistonda shisha buyumlari Toshkentdagi «Mikond» zavodi, "Quvasoyshisha» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shisha va G‘azalkent oyna zavodlarida ishlab chiqariladi.

Shishaning asosiy xomashyosi tarkibida temir oksidi 0,02% dan oshmagan kvars qumi hisoblanadi. Tarkibi kremnezyomdan SiO2 iborat bo‘lmish toza qumdan elektr pechlarda tajribaxonalar, laboratoriyalar uchun kolba va probirkalar tayyorlanadi. Ammo elektr pechlarda buyum ishlab chiqarish qimmatga tushganligi sababli bu usulda uy-ro‘zg‘or idishlari ishlab chiqarilmaydi. Qumning erish harorati 1713°C bo‘lganligi tufayli uni 1580°C ga bardosh beradigan shamot va dinasdan yasalgan domna pechlarda eritib bo‘lmaydi. Shuning uchun qumga natriy sulfiti Na2SO3 qo‘shib, erish harorati 1088°C gacha pasaytiriladi, lekin natriy shishaning kimyoviy va termik xususiyatlarini pasaytiradi. Shishaning kimyoviy xususiyati yaxshilanishi uchun xomashyo tarkibiga bo‘r CaCO3 qo‘shiladi. Uning termik xususiyatini oshirish maqsadida eritmaning qotish jarayonini sekinlashtiruvchi dolomit CaCO3•MgCO3 va issiqlikda kengayish darajasini kamaytiruvchi dala shpati Al2O3•2SiO2•2H2O ishlatiladi. Qum tarkibidagi temirning ko‘kimtir ikki valentli oksidini FeO sarg‘aytirish uch valentli oksidga Fe2O3 aylantirib, shishani rangsizlantirish uchun selitra NaNO3 aralashtiriladi.

Rangli shisha olishda xomashyo tarkibiga quyidagi moddalar: to‘q qizil uchun selen va kobalt oksidi aralashmasi, olcha rangga mis oksidi, to‘q pushtiga erbiy oksidi, pushti rangga kaliy xromat, to‘q sariqqa selen, sariqqa xrom oksidi, kadmiy sulfid yoki samariy, xiralashtirilgan sariq rangga natriy sulfat, rux oksidi va ko‘mir, asal rangga oltingugurt hamda koks aralashmasi, kahraboga kadmiy sulfid va selen aralashmasi, limon rangga kaliy xromat, seziy va titan oksidlari ajalashmasi qo‘shiladi. Zumrad rangli shisha olishda neodim oksidi va mis sulfati aralashmasi, oltin tovlanishli yashil rang uchun prazcodim oksidi, yashil rangga mis oksidi yoki kaliy xromat, feruza rangga mis va xrom oksidi yoki kobalt oksidi hamda mis sulfati aralashmasi qo‘shiladi. Ko‘k rangli shisha olishga kobalt oksidi, to‘q zangori rangga kaliy xromat, mis sulfati, kobalt oksidi aralashmasi, havo rangga mis va kobalt oksidlari aralashmasi, binafsha rangga marganes, kobalt oksidlari aralashmasi, qizg‘ish binafshaga marganes oksidi, kulrang uchun nikel, kobalt va mis oksidlari aralashmasi, qora rangga ko‘p miqdorda marganes oksidi va sut rangga qalay yoki rux oksidi aralashtiriladi. Nodir metallar shisha qalinligiga qarab turlicha tovlanishi uchun ko‘proq ishlatiladi.

Shishalar tarkibi bo‘yicha ohakli-natriy (tarkibi 75% kremniy, 13,5% natriy, 6,5% kalsiy, 2,5% kaliy, 2% magniy va 0,5% alumin oksidlaridan iborat), kam qo‘rg‘oshinli billur (tarkibi 66% kremniy, 8% qo‘rg‘oshin, 14% kaliy, 1,5% natriy va 0,5% kalsiy oksidlaridan iborat), og‘ir billur (tarkibi 57% kremniy, 24% qo‘rg‘oshin, 16% kaliy, 3% bor bilan rux oksidlaridan iborat), qo‘rg‘oshinsiz billur (tarkibi 74% kremniy, 14% kaliy, 6% kalsiy, 4% natriy va 20% rux oksidlaridan iborat), bariyli billur (tarkibi 58% kremniy, 18% bariy, 16% kaliy, 5% rux va 3% natriy oksidlaridan iborat) va olovbardosh borli (tarkibi, asosan, kremniy, bor, rux va titan oksidlaridan iborat) lurlarga bo‘linadi.

Ohakli natriy shishasi tayyorlash uchun shamot yoki dinas toslarida, rangli va billur shishalar olishda xumlarda ustidan gaz yoqib eritiladi. Boshida 900°C da xomashyo kaliy, kalsiy, natriy va boshqa metallar silikatidan iborat yaxlit bo‘tqaga aylanadi. 1200°C da eriydi, 1500°C da pufakchalardan va erimay qolgan moddalardan xoli bo‘lib tinadi. Eritma 1200°C gacha sovitilib, qolip yoki puflash naychalari yordamida shakllantiriladi. Birinchi usulda shakllantirilgan buyumlar qalin, naqshdor va konussimon bo‘ladi. Puflash usulida murakkab shakldagi yupqa idishlar tayyorlanadi. Idish qurama usulda tayyor-lansa, yuzasida qolipning choki qoladi. Shakllangan buyumlar issiq-sovuqqa chidamli bo‘lishi uchun pech bilan birgalikda 530-580°C gacha sovitiladi.




Aim.uz


Yüklə 8,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə