Sholi yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyasi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#141315
1   2
ШОЛИ (4)

Kalit so‘zlar: import, eksport, madaniylashtirish, subtropik, tropik, mo‘tadil iqlim, agrotexnologiya
Sholi eng muhim don o'smliklargan biridir, chunki u butun dunyo aholising yarimidan ko'pi iste'mol qiladigan mahsulotdir. Arxeologik dalillarga asoslansak sholi miloddan 7000-5000 yillar avval Xitoy, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoda madaniylashtirilgan. O'sha davrda Xitoy imperator va uning oilasidagilar to'rt tur sholi navi ekishi mumkin bo'lgan.
.

Xozirgi kunda dunyo guruchinining 90 foizdan ortigʻi Osiyoda, asosan Xitoy, Hindiston, Indoneziya va Bangladeshda yetishtiriladi. Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika va Avstraliyaning ayrim qismlarida kamroq miqdori yetishtiriladi. Sholi o'simligi tropik, subtropik va mo'tadil mintaqalarda qirg'oq tekisliklari, suv toshqini deltalari va daryo havzalarining suv bosgan joylarida o'stiriladi.





Guruch tarkibida juda ko'p inson va hayvonlar uchun kerakli bo'lgan moddalar uvlevodlar (shakar, giltsidlar, corbohaydrate) oqsil yog'lar bo'ladi.





Shuningdek, Respublikamiz hududlarida 2022-yilda 105.8 ming gekdar maydonga sholi ekilib, 516.9 ming tonna sholi yetishtiriladi. Guruch hisobida esa 310 ming tonna sholi yetishtirdi. Ya'ni, aholi talabiga nisbatan 43ming tonna kam guruch ishlab chiqarigan (2021-yiga nisbatan 48ming tonna ko'p sholi yetishtirilgan). Prizdentimizning 2019 yil 17-iyundagi farmoni 22- avgustdagi va 4-aperdagi qaroriga ko'ra qishloq xo'jaligini rivojlantirish, shuningdek sholi ekin maydonlarini ko'paytirish, suvdan oqilona foydalanish nazarda tutilgan. Xususan viloyatlarimizda hozida 19-dan ortiq turi bor;Bularga Avagard, Alanga, Gulzor, Guliston, Guljahon, Jayhun, Guliston, Istiqlol, Istiqbol, Iskandar, Lazurniy, Mustaqillik, Nokus 2, Nokus-70, Sanam, Sitora, Tantana, Tarona, Uz Ros 7-13 kiradi. Shuningdek eng ko'p ekiladigan sholi navilari bu Alanga navi hisoblanadi.


Yuqorida ta'kidlaganimizdek sholi yetishtirsh hozirgi kunda eng muhim masaladan biri hisoblanadi.Taxlillarga ko'ra, 2022-yilda respublika bo'yicha 8ming tonna guruch import qilingan bo'lsa, 2023-yilda 53.5ming tonna guruch import amalga oshirilgan. Bunda xulosa shuki, hozida O'zbekistonda qo'mita xodimining aytishicha suv omborlarida 97 ta yer konida 64millon kub metr suv zahirasi mavjud. Bu degani suvdan oqilona foydalangan holda sholi yetishtirsh va suv tejab yetishtirsh chora tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Kelgusi yilda sholi navini ko'proq yetishtirsh hamda guruch donini boshqa davlatlarga eksport qilish sa'y harakatlar ko‘zda tutilgan.
Sholining Alanga va Lazer navlari eng ko'p ekiladigan xududlardan biri bu Xorazm viloyatdir. Alanga navi asosan ko'chat usulida ekiladi. Sholidan yuqori hosil yetishtirish yetarli miqdorda sug'orishga, jumladan, to'g'on va suv g'ildiraklarini qurishga, shuningdek, tuproq turi va oziq moddalar bilan ta’minlanish darajasiga bog'liq. SHoli etishtirish uzoq muddatli quyosh nurini talab qiladi. Sholining hosildorligi bu teritoriyalarda gektariga 700 dan 4000 kg gacha oʻzgarib turadi. Etarli sug'orish, ya'ni vegetatsiya davrida ekin maydonlarining etarli chuqurlikdagi qatlamini suv bosishi, erdan unumli foydalanishning asosiy talabidir.


Qishloq ho‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning “Tong Yang Moolsan” kompaniyasining zamonaviy dastgoxlari yordamida sholi ko‘chatlarini ekishning yangi usulini joriy etishni rejalashtirilmoqda.
Rejalashtirilayotgan bu usul sholi hosildorligini an’anaviy usullarga nisbatan sezilarli oshirib, ekilayotgan urug‘lik sholini 70-75 % gacha ishi tejab qolishni ta’minlashi va suvdan 20-25 foyizgacha samarali foydalanish hamda vegetatsion davrni qisqaritirish imkonini beradi.



Ananaviy usulda hozir har gektar yerga sholi ekish o‘rtacha 12 soat vaqtni talab qilsa, bu texnikadan foydalanish yordamida 1,5 ga teng maydonga sholi ekish mumkin.Texnologiya yordamida yetti-sakkiz gektarga ko‘chat ekish, mehnat unumdorligini oshirish mumkin.
Shigit ekish usuliga qaraganda sholi ko‘chatlarini ekish ancha samarali. Bugungi kunda sholining 95 foizdan ortig‘i ko‘chat usulida yetishtirilmoqda. Joriy yilda respublikada 114 ming gektar maydonga sholi ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 57,9 ming gektar asosiy ekin maydonlari, yana 56,1 ming gektari avval g‘alla yetishtirishda foydalanilgan maydonlardir.



Respublikamizning Andijon viloyatida shoining devzira navi ko‘proq ekiladi. Devzira guruch - don qobig'i qisman qoldirilgan, yengil sayqallangan guruch. Guruch taxminan 8 foiz protein va oz miqdordagi yog'ni o'z ichiga oladi va tiamin, niatsin, riboflavin, temir va kaltsiy manbai hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, bunday guruch ko'proq foydali vitaminlar, tolalar va rang beruvchi pigmentlarni - antioksidantlarni o‘zida ko‘p miqdorda saqlaydi. U an'anaviy oq donlardan o'zining yuqori ozuqaviy qiymati, pishirish paytida donalarning yaxlitligini saqlashi, ajoyib ta'mi va xushbo'yligi bilan ajralib turadi. Engil sayqallangan guruch tarkibida barcha muhim aminokislotalar, E, PP, B vitaminlari to'plami bilan yuqori protein miqdori 8-10% ni tashkil qiladi. Devzira guruchni iste'mol qilish saraton xavfini kamaytiradi va gipovitaminozni bartaraf etishga yordam beradi. Bunday guruchni muntazam iste'mol qilish terining, tirnoqlarning va sochlarning holatiga foydali ta'sir ko'rsatadi va gipovitaminozning oldini oladi.



Foydalanilgan adabiyotlar


1.Xamidov Muhammadxon Xamidovich,Suvonov Boymurod Uralovich,Isabayev Kasimbek Tagabayevich"Sug‘orish Melioratsiyasi"o‘quv qo‘llanma.Toshkent 2019
2.(Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi11.12.2019-yil.06.19.5892/4134-son;28.09.2020-y.06/20/6075/1330-son;Qonunchilik malumotlari milliy bazasi,30.04 2021y 06.21.6218.0398-son.07.07.2021y. 0621.6257.0645-son.24.082022y 0622.197.0765-son.
3.Nav mualliflari.Isxakov T.E Saydaxmedova M.Barayev X. Kuziboyev K.Boboniyozov D
Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə