Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 450,5 Kb.
səhifə10/75
tarix01.06.2023
ölçüsü450,5 Kb.
#115031
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Si minor messasi.

Baxning eng mashhur asarlaridan biri - Si minor tonalligida yozilgan messadir. Bu asar kompozitorning avlodlarga qoldirgan eng buyuk obidalaridan biri. Uni kompozitor bir necha yil davomida 1733-1738 y. yaratgan. Si minor messasi jahon musiqa madaniyatining eng ulug’vor asarlaridan hisoblanadi. Unda ifodalangan falsafiy fikrlarning chuqur va teranligi jihatdan Baxning boshqa xech bir asari bu messaga teng kelolmaydi. Bax messadagi an’anaviy har bir qismni bir necha nomerlardan iborat qilib yozdi va bu nomerlar sonini 24tagacha etkazdi. Si minor messasi 15 ta xor, oltita ariya va uchta duet nomerlaridan iborat. Bu asar diniy mavzuda yozilgan bo’lsa ham, uni faqat cherkov asari deb hisoblash noto’g’ri. Buni Bax hayotligida ham, undan keyingi davrda ham messaning cherkov ibodatlari paytida ijro etilmagani ham tasdiqlaydi. Si minor messasi juda katta va ijrosi murakkab asar bo’lgani uchun uni oddiy qo’shiqchilar va o’rtamiyona cherkov xori ijro etishi qiyin. Bu asar kontsertda ijro etiladigan asar bo’lib buni amalga oshirish uchun katta kasbiy ijrochilik mahorati kerak.


Messa Bax uchun juda katta g’oyalarni va falsafiy chuqur obrazlarni ifodalash uchun juda qulay janr bo’ldi. Bu asarda ko’rsatilgan insonning qayg’usi, azoblari, orzu-umidlari va quvonchini to’laqonli ifodalagan.
O’lim va hayotga muhabbat tuyg’ularining qarama-qarshi qo’yilishi asarning asosiy g’oyasidir. Bu g’oyaning turli jihatlari asarning mazmunini tashkil etadi.


Tayanch iboralar.



  1. Injil – Isoning hayoti haqida bayon qiluvchi ilk xristian dini asari nomi.

  2. Iso –xristian dini asoschisi. Islom diniga ko’ra payg’ambarlardan biri.



Nazorat savollari:



  1. Bax qanday vokal asarlar yozgan?

  2. Bax yaratgan vokal asarlar asosan qanaqa mazmunda?

  3. Messa qanaqa asar?



Topshiriqlar.



  1. Ma’ruza matni asosida konspekt yozing.

  2. Si minor messasining asosiy qismlari nomini yod oling.



Adabiyotlar.



  1. Xubov G. Bax. M.1963 g.

  2. Galackaya V. Muzikalg’naya literatura zarubejnix stran ch.1. M. 1985 g.




Yüklə 450,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə