Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Mavzu: I.S.Baxning organ ijodi



Yüklə 450,5 Kb.
səhifə8/75
tarix01.06.2023
ölçüsü450,5 Kb.
#115031
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Mavzu: I.S.Baxning organ ijodi.


Rejasi.

1. Organ cholg’u sozi haqida.


2. Baxning organ asarlari.


Bayoni.

Organ klavishli damli cholg’u sozi bo’lib, qadimgi Misr, Greciya va Rimda keng tarqalgan edi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida VII asrda paydo bo’lgan. Avval boshida organ cherkovda ibodat paytida kuylayotganlarga jo’r bo’lardi. Asta-sekin yakka tarzda ijro etadigan sozga aylandi. Uni "cholg’u sozlari qiroli" deb atashgan. Organning tuzilishi doimiy ravishda murakkablashib kelgan. Hozirgi kunda birinchi o’rinda kontsertlarda yakka tartibda chaladigan soz sifatida qo’llanmoqda.


Zamonaviy organ bir necha mingdan ortiq turli o’lchamdagi yog’och va metall trubalar, havo xaydovchi mexanizm va boshqarish apparatidan iborat. Organda beshtagacha klaviatura bo’lishi mumkin. Pedallar ham ko’p bo’lib, ular ham klaviatura tartibida joylashtirilgan. Shuning uchun oyoqlar ham ijroda muhim rol o’ynaydi. Klavishlar bosilganda kerakli trubalardagi havo harakatga kelib tovushlar hosil bo’ladi. Maxsus richaglarning holati o’zgartirilganda organ tovushi orkestrdagi turli cholg’u sozlarining ovoziga o’xshab chiqishi mumkin. Shuning uchun organda ijro etish katta mahorat talab qiladi.
Organ Baxning sevimli cholg’u sozi bo’lgan. O’zi ajoyib, mohir organ ijrochisi bo’lgani uchun bu soz uchun juda ko’p asarlar yozdi. Misol tariqasida xoral prelyudiyalarini, xorallar, fantaziyalar, prelyudiyalar, tokkatalar va fugalarni keltirish mumkin. Organ uchun asarlarni kompozitor butun ijodiy yo’li davomida yozgan, lekin yetuk asarlari Veymar davrida yaratilgan. Lya minor tonalligida yozilgan prelyudiya va fuga, sol minor tonalligida yozilgan fantaziya va fuga, re minor dagi mashhur tokkata va fuga kabi asarlar bu fikrni isbotlaydi.


Tokkata va fuga.

Re minor tonalligida yozilgan tokkata va fuga asari Bax organ musiqasining eng taniqli namunasidir. Organ uchun yozilgan asarlar orasida tokkata va fuga chuqur dramatizmi, obrazlarning boy va xilma-xilligi hamda tovush kuchi bilan ajralib turadi.


Tokkata improvizacion (badiha) janridagi asar bo’lib, bunday asarlar yozgan kompozitorlar ijrochilik texnikasiga katta e’tibor berar edilar. Bax tokkata janrini chuqur mazmun bilan boyitdi va shakliga ham o’zgartirishlar kiritib klassik janr darajasiga etkazdi. Boshqa asarlardagi kabi bu ikki qismdan iborat bo’lgan turkum asarda ham tokkata fugadan oldin kelib, fugaga kirish vazifasini bajaradi. Ya’ni murakkab asar bo’lgan fugani tushunishga zarur bo’lgan muhitni yaratadi. Tokkataning musiqiy materiali dramatik elementlarga boy. Kuyning boshidayoq dahshatli chaqiriq ohanglarini eshitish mumkin.
Tokkataning mazmuni va janrning o’ziga xos xususiyatlari fugaga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Fuganing musiqiy mavzusi ham tokkatadan kelib chiqqan va uning davomiday ko’rinadi. Tokkata xarakteri fuganing o’ziga xos xususiyatlarini belgiladi. Shuning uchun bu ikki asarni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Bu ikki qismdan iborat bo’lgan turkum asarni yaratishda Bax kompoziciyaning yaxlitligiga erishgan.



Yüklə 450,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə