Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 450,5 Kb.
səhifə69/75
tarix01.06.2023
ölçüsü450,5 Kb.
#115031
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

"Venger raqslari".

Bramsning fortepianoda ikki kishi ijrosi uchun (boshqacha aytganda "to’rt qo’l uchun") yozilgan 21 ta venger raqslari ko’pchilik musiqa ixlosmandlarining sevimli asarlaridir. Ularning yaratilishiga kompozitorning mashhur vengriyalik skripkachi Ede Remeni bilan qilgan ijodiy hamkorligi sabab bo’ldi. Remeni kontsertlarida Brams fortepianoda jo’rnavoz bo’lib qatnashar edi. Remeni repertuaridan venger qo’shiq va raqslari katta o’rin olgan edi. Bu kompozitorga venger folklori bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berdi va bu qiziqish natijasida "Venger raqslari" va "Venger mavzulari" ga variaciyalar asarlari yaratildi. "Venger raqslari" ni Brams kamtarlik bilan aranjirovkalar deb atadi. Keyinchalik bir suhbatda bu asarlar qanday yaratilganligi haqidagi savolga kompozitor ma’noli qilib xalq kuylariga "romantik ko’z bilan qaradim", - deb javob berdi. Haqiqatdan ham Brams har bir raqsda bir nechta bir biridan farqli kuylarni qayta ishlagan, variaciya qilgan va o’zi yaratgan kuylarni ham qo’shgan. Raqslarning hammasi 2/4 o’lchovda yozilgan. Sekin va tez chalinadigan epizodlar almashib turadi. Sekin chalinadigan epizodlar qo’shiqni, tez chalinadigani esa raqsni eslatadi. Ayniqsa venger xalq raqslaridan chardashga xos xususiyatlar aniq sezilib turadi. Xalq kuylari asosida yaratilgan "Venger raqslari" keyinchalik orkestr, turli ansambllar va yakka cholg’u sozlari ijrosi uchun ham moslandi. Bramsning bu asarlariga rus tanqidchsi V.V.Stasov yuqori baho bergan: "Venger raqslari o’zining buyuk shuhratiga loyiq asarlardir", -deb yozgan edi.




Tayanch iboralar.

1. Intermecco - italyancha so’z, "oraliqdagi", "o’rtadagi" degan ma’noni bildiradi. Fortepiano uchun yoziladigan kichik pesa. Birinchi marta kompozitor R.Shuman ijodida paydo bo’ldi.


2. Kaprichcho - italyancha so’z, "o’jarlik" degan ma’noni bildiradi. Turli davrlarda turli xarakterga ega bo’lgan cholg’u asarlarining umumiy nomi. XIX - asrda fortepiano uchun yozilgan pesa.
3. Aranjirovka – frantsuzcha so’z, «tartibga solish» degan ma’noni bildiradi. Musiqa asarini boshqa sozlar ijrosi uchun moslash yoki shu sozda engilroq tarzda ijro etish uchun yozib chiqish.

Yüklə 450,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə