Sifatni boshqarishda standartlashtirish. Reja: Standartlashtirish mahsulot sifatini tashkiliy-texnikaviy asosi sifatida



Yüklə 21,67 Kb.
səhifə6/6
tarix11.01.2022
ölçüsü21,67 Kb.
#82790
1   2   3   4   5   6
8-mavzu SM (1)

Me’yoriy xujjat toifalari:

  • Xalqaro standartlar. XS ISO/MEK

  • Mintaqaviy standartlar. ES

  • O‘zbekiston Respublikasi standartlari.(GOST)UzRST.

  • Tarmoq standarti. OST.

  • Texnik shartlar. TU.

  • Korxona standarti.

  • Boshqa me’yoriy xujjatlar.

Me’yoriy xujjat turlari:

  • Umumiylashgan standart.

  • Tashkiliy uslubiyat.

  • Umumiy texnikaviy mahsulot uchun standartlar.

  • Nazorati usullari uchun standartlar.

  • Jarayon, ish va xizmatlar uchun standartlar.




  1. Mahsulot sifatini metrologik ta’minoti

Mahsulot sifati metrologik ta’minotiga xos masalalar soniga:

  • o‘lchash, sinash, nazorat qilish paytida baholanishi kerak bo‘lgan tavsiflarni tanlash;

  • o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini rejalash, o‘lchash, sinash va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyalash;

  • o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini tegishi o‘lchash vositalari bilan ta’minlash;

  • o‘lchash vositalarini metrologik to‘g‘ri holatda ushlab turish;

  • o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini bajarish va natijalarini ishlash;

  • o‘lchash, sinash va nazorat natijalarini olish va foydalanish bilan bog‘liq mutaxassislarni tayyorlash va ular malakasini oshirish;

  • korxonadagi metrologik ta’minot zamonaviy texnik darajali va yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarishga mosligini aniqlash maqsadida loyiha, konstruktorlik va texnologik xujjatlarni metrologik ekspertizasidan o‘tkazishlar kiradi.

Metrologik ekspertiza paytida quyidagi asosiy masalalar ko‘riladi:

  • nazorat paytida o‘lchanadigan tavsiflar nomenklaturasini aniqlash;

  • tanlangan tavsiflarning optimal (zaruriy) aniqligini joriy qilish;

  • o‘lchash vositalari tanlanishi to‘g‘riligini baholash va o‘lchash uslubiyatlariga bo‘lgan talablar to‘g‘riligini aniqlash;

  • unifikatsiya qilingan va avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari qo‘llanganda o‘lchashning berilgan aniqligini ta’minlash;

  • o‘lchash natijalarini ishlash usullarini aniqlash, o‘lcham birliklari to‘g‘ri qo‘llanganligini aniqlash;

  • mahsulotni nazorat qilishga yaroqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish, ya’ni tavsiflarini o‘lchash imkoni borligini tahlildan o‘tkazish.

Metrologik ekspertiza konstruktorlik xujjatlarni ishlab chiqish va texnologik jarayonni tayyorlash bosqichlarida metrologik xatolarni bartaraf qilishga imkon beradi. Agar bu xatolar o‘tib ketsa va aytib o‘tilgan xujjatlarga kirib qolsa, o‘lchash va nazorat qilishdagi xatoliklardan iqtisodiy talafotlar va yo‘qotishlar paydo bo‘lishi extimoli oshadi.
Takrorlash uchun nazorat savollari

  1. Standartlashtirishning mazmuni va mohiyati nimadan iborat?

  2. Standartlashtirishni mahsulot sifati va raqobatbardoshligiga qanday ta’sir etadi?

  3. Standartlashtirish natijasida iqtisodiyot samaradorligining o‘zgarishi nimada ko‘rinadi?

  4. Iqtisodiyotda standartlashtirishning vazifasi nima?

  5. Standartlashtirish ishlarini tashkil etishni yoritib bering?

  6. Standartlashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlik nima beradi?

  7. Metrologik ta’minot nima?

  8. Mahsulot sifatining metrologik ta’minot bilan bog‘liq masalalariga nimalar kiradi?

Yüklə 21,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə