Sifatni boshqarishda standartlashtirish. Reja: Standartlashtirish mahsulot sifatini tashkiliy-texnikaviy asosi sifatida


Standartlashtirish mahsulot sifatini tashkiliy-texnikaviy asosi sifatida



Yüklə 21,67 Kb.
səhifə2/6
tarix11.01.2022
ölçüsü21,67 Kb.
#82790
1   2   3   4   5   6
8-mavzu SM (1)

Standartlashtirish mahsulot sifatini tashkiliy-texnikaviy asosi sifatida

Standartlashtirish — mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umuman va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyatdir (ISO/IES).

Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:

  • mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda "mahsulot" deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;

  • mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;

  • fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;

  • barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan;

  • ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;

  • tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;

  • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;

  • mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan;

  • o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.


Yüklə 21,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə