"Sinf soati" mashg‘ulotlarining o‘quv-mavzu rejasi



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#154430
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
2-Sinf soati

 
MMIBDO`:
 
 
 
 
 
______________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
 
______________ 
 
Sana __________________ 
Mavzu : O’zbekiston Respublikasi madhiyasi
 
(10 dekabr – O`z. Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
 
I.Kirish: 
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi :
 
“O`zbekiston Respublikasi madhiyasi” mualliflari bilan tanishtirish.
 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. 
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga 
o’zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni 
bilish va bir-biridan farqlash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi :
 


Abdulla Oripov va Mutavakil Burxonov suratlari va ularning asarlaridan namunalar.
 
Tashkiliy qism : 
 
Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish. O`zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash. 
 
II.Asosiy qism : 
O`qituvchi : Bolalar bugun biz sizlar bilan O`zbekiston Respublikasi madhiyasi mualliflari bilan chuqurroq tanishamiz. 
“Madhiya”so`zi – Madh so`zidan kelib chiqqan bo`lib, maqtov, ulug`lash sharaf ma`nolarini bildiradi.Har bir 
davlatning madhiyasida o`z xalqi, yurti va milliy boyliklarimi madh etilgan. Madhiyamiz matni O`zbekiston xalq 
shoiri Abdulla Oropov qalamiga mansub bo`lib, shoir unda yurtimizning go`zalligi va boyliklarini juda zo`r
ta`riflagan. 
 
Sizlar bilan bugun Abdulla Oripov va Mutal Burhonov
hayoti va ijodi bilan tanishamiz.A. Oripov 1941 yilda 
Qashqadaryoda tug`ilgan. O`rta maktabni a`lo baholarga 
tugatib, Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika 
fakultetiga o`qishga kirdi. Oliygohni muvaffaqiyat bilan 
tugatib, Yozuvchilar yuyshmasida mehnat faoliyatini 
boshladi.Yillar davomida shoirning bir qancha she`riy 
to`plamlari bosilib chiqa boshladi . Bu to`plamlar xalqimizni 
Vatanga, insonlarga mehr- muhabbatli bo`lishga, tabiatni 
sevish va ardoqlashga, imonli va vijdonli kishilarni 
ulug`lashga o`rgatdi. Hozirgi kunda Abdulla Oripov Hamza 
nomidagi Respublika Davlat mukofoti hamda, “O`zbekiston Qahramoni” degan yuksak unvon egasidir.
 
Deb boshlangan she`rlari har bir o`zbek farzandining qalbidan mehr va faxr ila joy olgan.
 
Mutal Burxonov-musiqa, qo`shiqqa qiziqish uyg`onganda 5-6 yoshli bola eda.Otasi va amakisini yo`qlab 
musiqachi do`stlari tez-tez ularning uylariga yig`ilib turishardi.Hovlilarida tonggacha musiqa ,kuy- qo`shiq yangrab 
turardi. Kichkinagina Mutalning bu qiziqishini ko`rgan amakisi uni “kichkina sozanda ” deb , unga tanbur sovg`a 
qilibdi.Tanburdan chiqayotgan navolar shunchaki qiziqish emas, balki uning doimiy mashg`ulotiga aylanib qoldi.
 
Yillar o`tib “Ozbekiston xalq artisti” unvoniga ega bo`lish va har tong o`zbek xalqini tantanavor bir qo`shiq bilan 
uyg`otish ulkan baxt edi.O`zbekiston madhiyasi dunyodagi eng yoqimli madhiyalar safidan o`rin egalladi. Bu 
muvaffaqiyatga erishishning sababi o`zbek xalqi ohanglarini yaxshi bilganidan va chuqur musiqavriy bilimga ega 
bo`lganligidan edi. Davlat madhiyasi Mutal Burxonovni yashashga, kurashga, el-u –yurt manfaati uchun xizmat 
qilishga undadi.
 
III Yakuniy qism :
Bugun ijodlari bilan tanishgan shoir va bastakorning she`r va qo`shiqlaridan namunalar topib kelish vazifasi 
topshiriladi. 
 
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi. 

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə